226
sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning
ahamiyati ortib boradi.
Yirik korporatsiyalar narxni tushirish yordamida raqobatchisini bozordan o‘zi
ziyon ko‘rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo‘lganidan, u bozordagi
vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni
kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. SHu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham,
narxlar barqarorligicha qolaveradi.
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‘rin egallaydi, chunki:
1) narxni pasaytirish tovar sotishni ko‘paytirish imkonini bermaydi, chunki
raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday
ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo‘liga o‘tiladi, bu bilan
tovar sotishni ko‘paytirish mumkin;
2) yirik firmalar kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni
modernizatsiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.
Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarining qo‘llanishi o‘zaro kurashda
narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‘proq yashirin tus olmoqda, ya’ni
tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi.
Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‘llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon
bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po‘lat, gazlama,
elektronika, kimyoviy va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir.