1. Jadal (shiddatli) marketing.
Buni ko‘pchilik xaridorlar - tovar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan yoki
bo‘lgani ham uning yuqori narxidan ta’sirlanmagan holda ishlatadi. Xaridorlarni jalb
qilish, ularning talabini shakllantirish tadbirlari o‘tkazishga katta mablag‘ ajratish
orqali uyushtiriladi. Tovarning ham narxi yuqori o‘rnatilib ko‘p foyda olish nazarda
tutiladi.
2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi.
208
Uning hajmi katta bo‘lmagan holatda ishlatiladi. Tovar ko‘pchilikka noaniq,
unga yuqori narx qo‘yilsa ham xaridorlar sotib olish mumkin. Raqobatchilar bozorda
juda oz va shuning uchun talabni rag‘batlantirishga kam xarajat qilib ko‘proq foydaga
erishish mumkin.
3. Bozorga keng ko‘lamli kirib borish uslubi.
Bozorning hajmi katta, tovar haqida xaridorlar kam taassurotga ega va uning
narxi balandligiga rozi bo‘lmagan davrda ishlatiladigan uslub. Undan tashqari
raqobat kuchli, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish natijasida uning tannarxi
pasayadi va «narxlar jag‘i»ga imkon yaratadi. Rag‘batlantirishga ko‘proq mablag‘
ajratishga imkoniyat yaratiladi.
4. Sust marketing uslubi
bilan bozorning hajmi katta bo‘lganda, xaridorlar
tovarni yaxshi bilsada, kamroq xarajatlar qilib, pastroq narx orqali, raqobat kam
sharoitda muvaffaqiyatga erishiladi.
Tovar bozorining o‘sish bosqichida bozorga kirgan tovar bilan iste’molchilar
ko‘proq tanishgani tufayli raqobatchilarni siqa boshlaydi. Agar bozor katta bo‘lsa,
raqobatchilar ham bizning tovarga o‘xshash tovar ishlab chiqara boshlaydi.
Raqobatchilarga qarshi bozorga o‘sha tovarning yangi-yangi turlari va yangi
xaridorlari uchun ishlab chiqiladi. SHu davrda, ayrim tovarlarning modelini yangilash
va talabni shakllantirishning har xil tadbirlari o‘tkaziladi.
Reklamada
tovarning
amaliyotdagi
iste’molchilar tajribasida sinalgan
xususiyatlari ko‘proq yoritiladi, imtiyozlar va narxni pasaytirishgacha qo‘llaniladi.
Tovar bozorining etilish (pishgan) davrida tovarning to‘la assortimenti bozorga
kiritilgan va 50 foizdan ortiq xaridorlarga kerakli tovar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Endi tovarni asosan konservativ dunyoqarashli xaridorlar sotib olishadi. Talabni
rag‘batlantirish tadbirlari asosan tovarning foydaliligini yoritishga qaratiladi.
Tovar bozorining to‘yinishi davrida tovar asosan sotilishi, bozorda
iste’molchilarning qaytadan xarid qilishlari hisobiga amalga oshiriladi. Talabni
rag‘batlantirish siyosati samara bermay qoladi. SHuning uchun bozorda yaxshi
talabga ega tovarlar qoldiriladi. Ammo reklama susaytirilmay, aksincha
kuchaytiriladi. Narx pasaytirilib, tovar ko‘pchilik xaridorlarga yaqinlashtiriladi.
209
Tovar bozorining tushkunlik davrida talabni va sotishni rag‘batlantirish
tadbirlari shu tovar uchun to‘xtatiladi. Sotuvchilarga qaratilgan rag‘batlantirish
tadbirlari, asosan tovar sotilishi hajmini ko‘paytirish maqsadida olib boriladi:
•
pul mukofoti berish;
•
qo‘shimcha dam olish kunlari, firma hisobidan sayoxatlarga borish;
•
qimmatbaho sovg‘alar;
•
ma’naviy rag‘batlantirish;
•
korxona faoliyati reklamasi;
•
xayriya ishlarida faol qatnashish va boshqalar.
Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirishda «pablik rileyshnz» tadbirlari
katta yordam beradi. Bu atama «jamoatchilik bilan murosa» ma’nosini beradi,
«pablik rileyshnz»ning turli ta’riflari bor, ulardan eng muvaffaqiyatli chiqqani - bu
atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish maqsadlarida
o‘tkaziladigan tadbirlar majmui deb ta’kidlaydilar. «Pablik rileyshnz» va marketing
bir birini to‘ldiradi. «Pablik rileyshnz» yashirin shakldagi reklamaning bir turi bo‘lib,
maqsadga muvofiqligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi. Agar pasayib borayotgan
talab sharoitida reklama faoliyati to‘xtatiladigan bo‘lsa, «Pablik rileyshnz»ni
firmaning bozorga o‘rnashgan kunidan boshlab to uning bozorda bo‘ladigan oxirgi
kuniga qadar o‘tkazish zarur.
Shuningdek, ko‘rgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali
vositalari sanaladi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni uning
haqiqiy kiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Ko‘rgazma ham, yarmarka
ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning o‘rtasidagi farq shundan
iboratki, ko‘rgazma istalgan shaharda har xil sabablar bilan, hatto tovarsiz tashkil
etish mumkin. Yarmarka esa, qat’iy sur’atda va muntazam ravishda bir joyda
o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ko‘rgazma garchi unda bitishuvlar o‘tkazilgan bo‘lsa
ham o‘z ruhiga ko‘ra asosan ma’rifiy-targ‘ibot yo‘nalishiga ega, ko‘p hollarda unda
«kelajak tovarlari» ham namoyish qilinadi. Yarmarka esa, birinchi navbatda tijorat
210
yo‘nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan qolmagan «eski» tovarlar ham
bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat qiluvchi, bozor ya’ni belgilangan
muddatlarda bir joyda muntazam to‘planadigan bozordir. Yarmarkaning maqsadi -
uning ishtirokchilariga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini ko‘rsatishga
imkoniyat yaratib berish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va
texnik kamolatni namoyish qilishdan iborat. Savdo-sanoat ko‘rgazmalari bir yoki bir
qancha mamlakat ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalarida, fan va texnika
sohasida erishgan ilmiy-texnika yutuqlarini ko‘rsatish maqsadlarida tashkil etiladi.
O‘z ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy
ahamiyatga ko‘ra, ko‘rgazma hamda yarmarkalar milliy va xalqaro turlarga bo‘linadi.
O‘z mamlakatida o‘tkaziladigan milliy ko‘rgazma va yarmarkalarda chet el
xaridorlari ham qo‘yiladi, lekin tovar sotish huquqi milliy firmaga qat’iy berilgan
bo‘ladi.
Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning hukumati yoki sanoat
birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy ko‘rgazmalarda o‘z
mamlakatining yutuqlari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish qiladi.
O‘tkazish muddati va usullariga ko‘ra, ular quyidagi turlarga bo‘linadi: qisqa
muddatli ko‘rgazmalar, ko‘chma ko‘rgazmalar, namunalar doimiy ko‘rgazmasi,
savdo markazlari, savdo haftaliklari.
Qisqa muddatli ko‘rgazmalar uch haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda
o‘tkaziladi. Bunday ko‘rgazma yo umumiy mazmunda, ya’ni o‘z mamlakatining
barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuqlarini namoyish etadi yoki
ixtisoslashgan bo‘lib, biron bir tarmoq yutuqlarini ko‘rsatadi.
Ko‘chma ko‘rgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib, tomoshabinlar
doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi. Keyingi yillarda yirik kemalarda
ko‘rgazmalar tashkil etish tobora keng rasm bo‘layotir. YAponiya, Angliya,
Shvetsiyada bunday ko‘rgazmalar yirik kema bortlarida tashkil etiladi, kema bir
qancha davlatlarning savdo shaharlarida bo‘lib, qo‘yilgan tovarlarni namoyish etadi,
shuningdek savdo-sotiq ham qiladi.
211
Namunalar doimiy ko‘rgazmasining aksariyati o‘z mamlakatining chet ellardagi
diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil etiladi, chet ellardagi
ehtimol tutilgan xaridorlarga namunalar bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun eksport
mahsulot namunalari namoyish etiladi. Milliy tashkilotlar tomonidan chet ellar
tashkil qilinadigan doimiy savdo markazlari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday
markazlar o‘zlari joylashgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar tashkil
etish bo‘yicha keng faoliyat olib boradi: ekspotsent firmalarga bepul ko‘rgazma
maydonlari beradi, o‘z hisobidan ko‘rgazmani loyihalash va rasmiylashtirish,
ochishni amalga oshiradi, ko‘rgazma ishtirokchilariga bozordagi holatlar haqida
axborot etkazib beradi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo haftaliklari nomini oldi. Bunday
tadbirlar odatda yirik shaharlardagi universal do‘konlarda iste’mol tovarlarini
namoyish tatbiq sotish uchun tashkil etiladi.
Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat ko‘rsatadi. Ularda
har qanday mamlakat firmalari xech qanday cheklashlarsiz ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkaning eng ustun tomoni - ularda turli mamlaktlarda
ishlab chiqariladigan juda ko‘p tovarlarning namunalari to‘planadi. Bu esa, xaridorga
qisqa
vaqt davomida bozorda
mavjud takliflar bilan tanishib chiqish,
mutaxassislardan kerakli maslahatlarni qiyoslash, muzoqaralar o‘tkazish, tijorat
shartlarini kelishib olish va eng muhimi, shartnoma imzolash imkonini beradi.
Namoyish etiladigan eksponatlar xarakteriga ko‘ra, xalqaro ko‘rgazma va
yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi. Universal ko‘rgazma va
yarmarkalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruhlari bilan chegaralanmaydi. Ularda
barcha yoki ko‘pgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari namoyish qilinishi mumkin.
Ixtisoslashgan ko‘rgazma va yarmarkada esa, faqat bir yoki bir necha turdosh sanoat
tarmoqlari tovarlari, ba’zan biron bir amaliy fan yutuqlari namoyish qilinadi.
|