• 11.1-jadval Chakana savdo do‘konlarining turlari № Do‘kon turi Assortiment Narx darajasi Izoh
  •  Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

     
    11.2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish
    tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar 
    Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish bilan 
    bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar 
    assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari 
    to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni 
    o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari 
    bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va 
    xizmat ko‘rsatishlari bilan turlanadi.


    187 
    Chakana savdoning moddiy - texnika asosini do‘konlar, univermaglar, 
    maxsuslashgan do‘konlar, supermarketlar, oshxonalar va ko‘pchilik mayda 
    shahobchalar tashkil etadi.
    Xizmatlar. 
    So‘nggi yillarda Respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi 
    sifatida xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 
    2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy tadbirlarni 
    amalga oshirilishi o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Barcha hududlarda xizmatlar 
    sohasi o‘sishining yuqori sur’atlari qayd etildi. Bu hududlarda bank-moliya 
    xizmatlari, aloqa xizmati va axborotlashtirish hamda transport xizmatlarining 
    barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq.
    Chakana savdo do‘konlarining turlari quyidagi rasmda keltirilgan (11.1-jadval). 
    11.1-jadval 
    Chakana savdo do‘konlarining turlari 
    № 
    Do‘kon turi 
    Assortiment 
    Narx darajasi 
     
    Izoh 
     
    1.
    Maxsus
    Maxsuslashtirish 
    doirasida chuqur bo‘ladi 
    Turli - tuman 
    Turlari:
    -cheklangan 
    assortiment bo‘yicha; 
    -tor maxsus; 
    -juda yuqori 
    maxsuslashtirilgan. 
    2.
    Universam
    Keng (oziq – ovqatlar va 
    uy uchun tovarlar) 
    Uncha yuqori 
    bo‘lmagan savdo 
    ustamalari 
    O‘z-o‘ziga xizmat 
    ko‘rsatish tamoyili 
    3.
    Univermag 
    Keng (kiyim va poyafzal, 
    maishiy texnika, uy 
    ro‘zg‘or buyumlari) 
    Turli - tuman 
    4.
    Supermarket
    Juda keng (oziq – ovqat 
    va nooziq-ovqat 
    tovarlari) 
    Asosan uncha 
    yuqori emas 
    5.
    Gipermarket(savd
    o kompleksi)
    Juda keng 
    YUqori emas 
    Supermarketlarni, 
    do‘kon-omborlarini va 
    past narxli do‘konlarni 
    xususiyatlarini 
    birlashtiradi. 
    6.
    Past narxli do‘kon 
    (diskaunter) 
    Turli – tuman (standarti 
    tovarlar yig‘indisi) 
    Past
     
    Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi: 


    188 
    1.
    do‘konning jihozlari 
    2.
    mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi 
    3.
    tovar assortimenti 
    4.
    savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra farqlanadi. 
    Xizmat ko‘rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‘liq. Kundalik talabdagi 
    tovarlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun 
    chegaralangan xizmat ko‘rsatish; yuqori tovarlarga to‘liq xizmat ko‘rsatiladi, bu o‘z 
    ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan 
    maslahat berishni oladi. 
    Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya 
    jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste’mol tovarlarini ishlab 
    chiqarish korxonasidan iste’molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash 
    va aholining shu tovarlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur 
    shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga 
    savdo xizmati ko‘rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi 
    texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‘liqdir, 
    shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu 
    vazifaga bo‘ysundiriladi. 
    Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni 
    bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari 
    ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir: 

    chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib 
    taklif etadi; 

    katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi; 

    yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur 
    o‘rganadi; 

    tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; 

    ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, 
    ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar. 


    189 
    Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, 
    agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. 
    Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki 
    firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. 
    Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo 
    bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‘shma va 
    davlat mulkiga asoslangan bo‘lishi mumkin. 
    Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm). 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish

    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish