• 11.4-rasm. Chakana savdoni do‘kondan tashqari shakllari
  •  Savdo qilishning yangi turlari va usullari




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    11.3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari 
    Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin. 
    Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi 
    hisoblanadi. Juda ko‘p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. 
    Iste’molchilar o‘zlariga kerakli mahsulotni o‘zlarining kompyuteri orqali buyurtma 
    berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu 
    birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab 
    chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
    To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketingning quyidagi shaklllari mavjud: 
    -to‘g‘ridan – to‘g‘ri pochtali marketing (direct mail); 
    -katalog bo‘yicha marketing; 
    -telefon orqali marketing; 
    -televizion marketing; 


    194 
    -elektron marketing. 
    Do‘kondan tashqari savdo turlariga quyidagilar kiradi (11.4-rasm). 
    11.4-rasm. Chakana savdoni do‘kondan tashqari shakllari 
    Elektron marketing internet-reklama, internet-do‘kon va boshqalar orqali tovar 
    va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi. 
    To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir. 
    Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib 
    hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, 
    nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish 
    va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % qismi 
    franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi. 
    Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 

    tovarni peshtaxta orqali sotish; 

    tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish; 

    tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish; 

    tovar na’munalarini ko‘rsatib sotish; 

    tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 
    Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda 
    xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: 
    Do'kondan 
    tashqari 
    savdo
    to'g'ridan-
    to'g'ri
    marketing
    to'g'ridan-
    to'g'ri sotish
    savdo 
    avtomatlari 
    orqali sotish


    195 
    tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va 
    haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. 
    Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni 
    devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar 
    bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o‘zlari 
    solishlari mumkin, tovarning haqi do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob 
    joyida to‘lanadi. 
    Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol 
    borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o‘zlariga 
    kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 
    Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni ochiq 
    yoyib qo‘yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‘la tayyor holda 
    chiqariladi. 
    Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo 
    maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda 
    yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni 
    bevosita do‘kondan oladi yoki qo‘shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma 
    beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv 
    mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin. 
    Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga kerakli 
    tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, 
    dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan 
    buyurtma beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud 
    buyurtmada ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat 
    mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi 
    qishloq aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan 
    savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin. 
    Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish 
    hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini 
    ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish 


    196 
    iste’molchi xukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda 
    zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala 
    hisoblanadi. 
    Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib Treyd marketing hisoblanadi. 
    Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‘rsatiladi: 

    sotuvni rag‘batlantirish, 

    maxsus hodisalar, 

    merchandayzing. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Savdo qilishning yangi turlari va usullari

    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish