• Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi
  • Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi»
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari




    Download 0,65 Mb.
    bet18/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Birinchi davr - «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi» -
    «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz».
    Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
    Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
    XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. SHunga ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan.
    Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga -
    «bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
    Quyidagi 2.3-rasmda sotish va marketing konsepsiyasi berilgan.

    Download 0,65 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari

    Download 0,65 Mb.