• Marketing tadqiqoti quyi tizimi
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari




    Download 0,65 Mb.
    bet34/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi.

    Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashadilar. Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‘sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.


      1. Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo‘lishi tabiiydir.




      2. Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‘plangan ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisini tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag‘ sarflanadi.

    Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:


    1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.


    2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.)


    3. Tashkilot mas’uliyati bo‘yicha izlanishlar.


    4. Bozor tahlili.


    5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.)



    Marketing axboroti

    Natija va


    qarorlar

    Download 0,65 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari

    Download 0,65 Mb.