• Tovarning raqobatbardoshligi
  • Firmaning marketing muhiti
  • Tovarni bozorda joylashtirish




    Download 3.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/163
    Sana09.11.2022
    Hajmi3.25 Mb.
    #29604
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
    Bog'liq
    маркетинг
    3.53.10.08-Tikuvchi, 3f60573946be8c03b72e81db9fc54d7e, Telegram, UYGA VAZIFA
    Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini 
    ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga 
    oshiriluvchi harakatlar. 
    Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to 
    bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt 
    davri; sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. 
    Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni 
    ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, 
    tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, etuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning 
    susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi. 
    Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi 
    raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx 
    tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo‘lib xarid 


    299 
    qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish 
    va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) 
    korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining 
    muhim ko‘rsatkichi. 
    Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi 
    hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan 
    muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish 
    mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va 
    mikromuhitdan tarkib topadi. 
    Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan 
    iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat 
    yoki ne’matlar turi. 

    Download 3.25 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




    Download 3.25 Mb.
    Pdf ko'rish