Erimaydigan elektrodlar bilan payvandlash




Download 282,05 Kb.
bet5/7
Sana19.05.2024
Hajmi282,05 Kb.
#243519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
erimaydigan elektrodlar

-rasm. A-1197 shlangli yarim avtomat chizmasi:

  1. - gorelka; 2 - sim uzatish mexanizmi; 3 - g ‘altak; 4 - elektrod simi; 5 -yarim avtomatni boshqarish bloki.

Yarim avtomatning ishchi qismi - bu gorelka. Gorelkaning konstruksiyasi misolida yarim avtomat gorelkasi (1.4.11-rasm) xiz-
mat qilishi mumkin, ular kukunli simlar va yaxlit kesimli simlar bilan payvandlash uchun moMjallangan. Gorelka o‘tish vtulkasi (2) va uchlik (6) bilan egilgan mundshtukdan, ishga tushirish tugmasi bilan dasta (1), himoya qalqoncha (7) va soplo (8) dan tashkil topgan. Soplo payvandlash zonasi atrofida himoya atmosferasini tashkil etadi.
Himoya gazlarda avtomatik payvandlash uchun, yoy siljishi va elektrod simini uzatish mexanizmi bilan bajarilganda, maxsus qurilmalar yoki payvandlash traktorlari ishlatiladi. Payvandlash avtomati (1.4.12-rasm) 500 A gacha toklarda 0,8-2,5 mm diametrli simlarda payvandlash uchun moMjallangan.
U traktordan, boshqaruv pulti (6), ta’minlash manbai va rostlash apparaturalari shkafidan iborat. Shayinning (2) bir tomonida gorelka va uzatuvchi roliklar, ikkinchi tomoniga - uzatish mexanizmi (7) va sim uchun g‘altak (5) o‘rnatilgan. Harakatlanish mexanizmining aravachasi (9) shtamplangan korpusni tashkil etadi, unga traktor harakatlanishi uchun yuritma o‘matilgan. Harakatlanayotgan yuza bo‘yicha yaxshi ilashishi uchun yengil traktoming hamma yugurdaklari harakatlantiruvchi qilib o‘rnatilgan, buning uchun oldingi va orqa o‘qlar shamirli zanjir yuritmasiga bogMangan.






  1. -rasm. Shlangli yarim avtomat gorelkasi chizmasi:

1 - dasta; 2 -o ‘tishi vtulkasi; 3 - soploga gaz о ‘tishi uchun tirqish;

  1. - ishga tushirish tugmasi; 5 - mundshtuk; 6 - uchlik; 7 - himoya qalqoncha; 8 — soplo; 9 — himoya atmosferasi.

  1. rasm. Payvandlash avtomati:

1 - gorelka; 2 - shayin; 3 - qaydlagich; 4 - vertikal to ‘g ‘rilagich;

  1. g ‘altak; 6 — boshqaruv pulti; 7 - uzatish mexanizmi;

8 -ко ‘ndalang to 'g'rilagich; 9 - harakatlanish mexanizmi
aravachasi.
Elektrod simini uzatish mexanizmi shayinda joylashgan val va aylanish tezligini rostlovchi o‘zgarmas tokli elektryuritgichdan tash­kil topgan. Valning oxirida sim uzatishni yetakiovchi roliki joy­lashgan. Reduktor ikkita tezliklar uzatish diapazoniga ega. Diapa- zonlarga almashtirish reduktomi qayta rostlash bilan bajariladi. Har bir diapazonda uzatish tezligi avtotransformator yordamida ravon o‘zgaradi. Suv bilan sovitiladigan payvandlash gorelkasi ikki siqib turuvchi halqa bilan o‘matilgan soplodan iborat. Payvandlash toki rezina quvurcha ichida joylashgan sim kabel bilan uzatiladi, shu rezina quvurchadan sovituvchi suv aylanadi.

  1. Erimaydigan elektrod bilan himoya gazlari muhitida payvandlash uchun jihozlar

Erimaydigan elektrod bilan himoya gazlari muhitida payvand­lashni dastakli, yarim avtomatik va avtomatik usulda bajarish mumkin.

Dastakli payvandlash gorelka yordamida bajariladi. Argon-yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan payvandlash gorelkalarida (1.4.13-rasm) tok va argon oqimi elektrodga bir vaqtda keltiriladi. Gorelka ventili (5) bor korpus (8), trubka (3), soplo (10) va kallak (2) dan iborat. Argon nippel (7) ga kiygaziladigan shlangdan keladi va ventil (5) orqali quvurdan kallakka o‘tadi. Argon soplo (10) dan sanga (9) ga mahkamlangan elektrod (1) uchini yalab chiqadi. Gorelka diametri (2), (3) va (4) mm elektrodlarni mahkamlash uchun almashma sangalarga ega. Tok egiluvchan kabel (6) dan kelib, sanga qisqichlari orqali elektrodga o‘tadi. Argon sarfi maxovik (4) li, ventil (5) yordamida rostlanadi. Tunuka fibradan tayyorlangan qalqoncha (11) payvandchi qo'lini yoy issiqligidan saqlaydi.
Eritib qo‘shiladigan sim bilan volfram elektrod yordamida payvandlashda shlangli yarim avtomat ishlatiladi. Uning gorelka tutkichi 1.4.14 - rasmda ko‘rsatilgan. Volfram elektrod (1) kallak (2) ga mahkamlanadi, vtulka (4) va egiluvchan shlang (5) dan esa alohida o‘rnatilgan uzatish mexanizmi yordamida uzatiladigan eritib qo‘shiladigan sim (3) yuboriladi.


Download 282,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 282,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erimaydigan elektrodlar bilan payvandlash

Download 282,05 Kb.