|
Erimaydigan elektrodlar bilan payvandlash
|
bet | 3/7 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 282,05 Kb. | | #243519 |
Bog'liq erimaydigan elektrodlarrasm. Gazni elektr qizdirgich chizmasi:
- korpus; 2 -g‘ilof; 3 - quvurli spiralsimon isitgich; 4 — issiqlikni saqlash izolatsiyasi; 5 - qizdiruvchi element; 6 - qisqichlar.
Gazni elektr qizdirgichi korpusdan (1), gMlofdan (2), quvurli spiralsimon isitgichdan (3), issiqlikni saqlash izolatsiyasidan (4) va qizdiruvchi elementdan (5). Qisqichlarga (6) o'zgarmas (20 V) yoki o‘zgaruvchan (36 V) kuchlanishlar uzatiladi. Gaz quvurli spiralsimon isitgichdan (3) o‘tib, 10...15°C haroratgacha qiziydi.
Quritgichlar karbonat angidrid gazida mavjud boMgan namlikni yutish uchun moMjallangan (1.4.7-rasm). Yuqori (1.4.7-a rasm) va past (1.4.7-b rasm) bosimli quritgichlar ishlatiladi. Ular korpus (1), panjara (2), filtrlar (3), namyutgichlar (4) va qopqoqlar (5) dan iborat. Bundan tashqari, yuqori bosimli quritgich prujina (6) ga ega. Prujina namyutgichni zichlash uchun moMjallangan. Filtrlar (3) gazdan qattiq jismlami ajratish uchun xizmat qiladi. Namyutgich sifatida silikagel yoki alumoglikol, kam hollarda misli kuporos va kalsiy xlorid qoMlaniladi. Silikagel va misli kuporos namlik bilan
b)
to‘yintirilgan pechlarda 250...500°C haroratda 1-2 soat davomida quritiladi.
rasm. Quritgichlar chizmasi: a -yuqori bosimli; b - past bosimli; 1 - korpus; 2 -panjara;
- filtrlar; 4 - namyutgich; 5 - qopqoq; 6 -prujina.
Yuqori bosimli quritgich reduktorgacha o‘matiladi. U kichik oMchamlarga ega va shuning uchun namyutgichni tez-tez almash- tirib turish kerak boMadi, bu esa ish vaqtida noqulayliklar tug‘diradi. Past bosimli quritgich reduktordan keyin o‘matiladi. U katta oMchamlarga ega va shuning uchun namyutgichni tez-tez almashti- rishni talab etmaydi. Uni asosan markazlashtirilgan gaz tarqatishda ishlatish maqsadga muvofiq boMadi.
Reduktor ballondagi yoki tarmoqdagi gaz bosimini ish bosimi- gacha pasaytirish hamda ballon yoki tarmoqdagi gaz bosimidan qat’i nazar, ish bosimini avtomatik ravishda o‘zgarmas kattalikda saqlab turish uchun xizmat qiladi (1.4.8-rasm).
Reduktorda ikkita: yuqori bosim va past bosim (7) kamerasi bor. Yuqori bosim kamerasi bevosita ballonga tutashadi va undagi gaz bosimi ballondagi gaz bosimiga teng. Birinchi va ikkinchi ka- meralar orasida klapan (16) boMib,‘unga prujinalar (15) va (5) ta’sir qiladi. Gaz klapan (16) dan o‘tib, katta qarshilikni yengadi va bosimni yo‘qotadi. Bu prujinalar siqish kuchlarining nisbatiga qarab klapan yopiq (prujina (15) kuchi prujina (5) kuchidan katta) yoki ochiq (prujina (5) kuchi prujina (15) kuchidan katta) boMadi. Prujina
qancha ko‘p siqilgan boMsa, klapan (16) shuncha katta ochiladi va kamera (7) dagi bosim shuncha yuqori bo‘ladi.
110
|
| |