|
Erimaydigan elektrodlar bilan payvandlash
|
bet | 4/7 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 282,05 Kb. | | #243519 |
Bog'liq erimaydigan elektrodlarrasm. Karbonat angidrid uchun mo ‘Ijallangan У-30 rusumli gaz reduktor chizmasi:
- kiydiriluvchi gayka; 2 va 8 — manometrlar; 3 — membrana;
— rostlovchi vint; 5 va 15 — prujinalar; b — igna; 7 - past bosimli kamera; 9 va 13 - kalibrlangan teshiklar; 10- kanal; 11 va 16- yopuvchi klapanlar; 12 — shtutser; 14- saqlash klapani;
17 - egar; 18 - gaz qizdirgich.
Prujinaning siqilish kuchi vint (4) ni burib rostlanadi. Vint (4) burab kiritilganda prujina siqiladi, vint burab chiqarilganda prujinaning siqilish kuchi kamayadi. Klapan (16) ni yopish uchun prujina
ni batamom bo‘shatish kerak. Reduktorda saqlash klapani (14) mavjud.
Ikkala kameradagi bosim manometrlar yordamida oMchanadi. Agar vint (4) ning qandaydir holatida sarflangan va reduktorga kelgan gaz miqdori teng boMsa, u holda ish bosimi o'zgarishsiz qoladi va membrana (3) bir vaziyatda turadi. Agar reduktordan olinayotgan gaz miqdori unga kelgan gaz miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda kamera (7) da bosim pasayadi. Bunda siquvchi prujina (5) uzaya boshlaydi va membrana (3) ni deformatsiyalaydi; klapan (16) ochiladi, natijada kamera (7) ga keladigan gaz miqdori ortadi. Ishlash jarayonida gaz sarfining kamayishi reduktor kamerasi (7) dagi bosimning oshishiga sabab boMadi, membrana (3) ga ta’sir etayotgan kuch ortadi, membrana qarama-qarshi tomonga bukiladi va prujina (5) ni siqadi.
Klapan (16) bekila boshlaydi va gaz kelishi kamayadi. Shunday qilib, membrana gaz bosimini avtomatik ravishda saqlab turilishini ta’minlaydi.
Argon gazi himoya muhitida payvandlashda АР-10, АР-40, AP-
reduktorlar, karbonat angidrid uchun У-30 reduktori ishlatiladi.
Sarf o'lchagichlar himoya gazi sarfini oMchash uchun moMjallangan. Qalqib turuvchi va drossel turdagi sarf oMchagichlar ishlatiladi. Qalqib turuvchi turidagi sarf oMchagich (rotametr) (1.4.9-a va b rasm) oynali quvurcha (7) shkalasi bilan (5) va konussimon teshigli boMadi.
rasm. Gaz sarf о ‘Ichagichlar: a — qalqib turuvchi turli (rotametr); b - rotametr PC-3; d - drossel turli; 1 - shisha quvurcha; 2 - qalqoviq; 3 - diafragma;
- manometrlar; 5 - shkala.
Rotametr vetrikal holatda keng tarafi pastga qaratilgan holda joylashtiriladi. Quvurchani ichiga bemalol harakatlana oladigan qalqoviq (2) joylashtiriladi. Gaz quvurchadan pastdan yuqoriga qarab o‘tayotganda, qalqoviqni shunday holatgacha ko‘taradiki, quvurcha devori va qalqoviq orasidagi halqali tirqish gaz sharrasi ta’sirida qalqoviqni massasini tenglashtiradi. Gazning sarfi va zich-
112
ligi qanchalik katta bo‘lsa, qalqoviq shuncha yuqoriga ko‘tariladi. Rotametrlarning qalqoviqlari aluminiy, ebonit va po‘latdan tay- yorlanadi va ular turli og‘irlikka ega. Har bir turli rotametrda o‘zining darajali shkalasi mavjud.
Drosselli sarf o'lchagich (1.4.9-d rasm) 3 (Pi va P2) hududlarda bosim o‘zgarishlarini drosellashuvchi diafragmaning dros-sellash- dan oldin va drossellashgandan keyin o‘lchash prinsipi asosida yasalgan, bu esa gaz sarfiga bog‘liq va manometr bilan o‘lchanadi.
Eriydigan elektrod bilan himoya gazlari muhitida payvandlash uchun jihozlar
Eriydigan elektrod bilan himoya gazlarda payvandlash avtomatik yoki yarim avtomatik usulda bajariladi.
Shlangli yarim avtomatlar himoya gazlarda payvandlash uchun mo‘ljallangan (1,4.10-rasm), ular quyidagi asosiy elementlardan iborat: gorelka (1) tutkichi bilan, elektrod simini gorelkaga uzatish uchun shlang, g‘altakdan (3) sim uzatish mexanizmi (2) va yarim avtomatni boshqarish bloki (5). Shu elementlar hamma yarim avtomatlaming turli xil modellarida mavjuddir, lekin konstruksiyasi boshqacharoq bo‘lishi mumkin.
|
| |