|
Mavzuni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta'lim metodlari
|
bet | 5/8 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #141810 |
Bog'liq Bmi Sharipbayev M 14 12 23Mavzuni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta'lim metodlari:
1. “Aqliy hujum” metodi
2. “Tezkor test” metodi
3. “BBB” metodi
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
|
Mavzuga tadbig’i:
|
1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi.
3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
|
1. Transformator nima?
2. Transformator nima uchun qo‘llaniladi?
3. Transformatorning vazifasi nimadan iborat?
4. Transformatorning qanday turlarini bilasiz
|
Mavzuga tadbiq etilgan interfaol metodlar ishlanmasi
Mavzuga tadbiq etilgan interfaol metodlar ishlanmasi “Tezkor test” metodi
“Tezkor test” metodi o‘quvchilarga yangi mavzu tushuntirilgandan so‘ng qo‘llaniladi va o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha egallagan bilimlari tekshiriladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilarga tarqatma material sifatida 4-5 ta test savollari beriladi va o‘quvchilarning bilimi test usulida tezkorlik bilan aniqlanadi.
“Tezkor test” metodining mavzuga tadbig’i:
1. Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish (quruq) tizimi quvvati necha kVA gacha bo‘lgan transformatorlarda qo‘llaniladi?
A) 1600 kVA B) 6400 kVA C) 16000 kVA D) 32000 kVA
2. Transformatorlarda yong‘in o‘chirish avtomatikasi necha yilda bir marotaba sinovdan o‘tishi kerak?
A) 1 yilda B) 2 yilda C) 3 yilda D) 4 yilda
3. Moy bilan tabiiy sovitish (M) tizimi quvvati necha kVA gacha bo‘lgan transformatorlarda qo‘llaniladi?
A) 16000 kVA B) 64000 kVA C) 125 000 kVA D) 80000 kVA
4. Transformatorlardagi ДЦ sovutish tizimi necha MVA quvvatdan boshlab ishlatiladi?
A) 63000 kVA B) 32000 kVA C) 25 000 kVA D) 16000 kVA
|
| |