• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Eritib payvandlash usullari mohiyati va tasnifi 1-mavzu. Eritib payvandlash usullari tasnifi va mohiyati




    Download 356.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana09.04.2024
    Hajmi356.76 Kb.
    #192516
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5- Маъруза Эритиб пайвантлаш
    1, Avagimov, КТЖК сент 50 та тест ХНШ, Mustaqil ish Mavzu Kuchlanishlar va toklar rezonans fayllar org, Klaviatura, marketing, брокеры книга, 2, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, TOLIBJON , Humoyun nazorat ishi, yangi, geometrik-jismlar-va-ularning-fazoviy-holatlarini-tariflashda-ularning-asosiy-tayanch-manbalarini-hisobga-olish, 9-mavzu. Qalin materiallarni payvantkash


    ERITIB PAYVANDLASH USULLARI MOHIYATI VA TASNIFI 
    1-mavzu. Eritib payvandlash usullari tasnifi va mohiyati 
     
    Reja: 
    1.Kirish.
    2.Eritib payvandlash usullari mohiyati
    3.Eritib payvandlash usullari tasnifi. 
    4.Flyus ostida yoyli payvandlash 
    5.Himoya gazlar muhitida payvandlash 
    Tayanch so‘zlar va iboralar: Payvandlash, metallar, turli materiallar, atomlararo kuchlar, atom va molekulalar, adsorbsiya, suyuq metall, 
    payvandlash zonasi, flyus, himoya gazlar, elektr-shlak payvandlash, plastik deformatsiya. 
    Kirish 
    Eramizdan 8–7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud edi. Asosan mis buyumlar payvandlanar edi, mis avval qizdirilib 
    so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda, o‘ziga xos quyma payvandlash bilan 
    bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar edi va tutushadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metall quyular edi. Temir va 
    uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib so‘ng toblash natijasida buyumlar 
    tayyorlanar edi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun 
    ko‘pgina payvandlash jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan.
    Texnika sohasida keskin o‘zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi 
    bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. 1803-yilda u tomonidan «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangiliklar» kitobida, yoyli 
    zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqliq ma’nbayi va yuqori darajada yorituvchanligi 
    bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki, yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini yetkazib beruvchi manba yo‘q edi. 
    Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davriga elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan edi, 
    elektrotexnik sanoati esa yo‘q edi. 1821-yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit 
    induksiyani ochdi va shu orqali elektryurutuvchi va elektr generatorni qurilmalar prinsipini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi D. Maksvell matematik 
    hisoblashlar bilan jarayonda hosil bo‘ladigan elektromagnit maydon xususiyatlariga tadqiqotlar natijasida tenglama ishlab chiqdi. 
    1870-yilda fransuz olimi Z.T. Gramm mexanik elektromagnit mashina uchun uzukli langar ishlab chiqdi, bu elektr generator vazifasini 
    bajarishi mumkin, uning ishi mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. 1882-yilda rus injeneri N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir 
    elektrod bilan elektryoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. O‘zining ixtirosiga N.N. Benardos «Elektrogefest» nomini berdi. 1886-yilda u «Elektr 
    tok ta’siri yordamida metallarni biriktirish va ajratish usullari» ga rus patentini oldi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand 
    birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchma-uch, ustma-ust va b.), bular hozirgi kunda ham ishlatilmoqda; qalin metallarni payvandlashda u payvand 
    birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qo‘llagan. Yupqa tunuka listlarni payvandlashda, payvand birikmani payvandlashga tayyorlash uchun 
    list chekasi bo‘rtini bukib tayyorlangan. Payvandlash sifatini oshirish uchun ular flyus ishlatishar edi: po‘latlarni payvandlashda esa kvarsli kum, 
    marmar ishlatilar edilar misni payvandlashda esa bura va nashatir qo‘llanilar edi.

    Download 356.76 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 356.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eritib payvandlash usullari mohiyati va tasnifi 1-mavzu. Eritib payvandlash usullari tasnifi va mohiyati

    Download 356.76 Kb.
    Pdf ko'rish