|
Eritmalarning termodinamik nazariyalari asosida kollegativ xossalarini aniqlash usullarini mustaqil o'zlashtirish
|
bet | 2/4 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 8,78 Kb. | | #254787 |
Bog'liq Reja eritmalarning termodinamik nuqtai nazardan tavsiflanishi E-fayllar.orgShunday qilib, eritmalar hosil bo’lishi o’z-o’zidan sodir bo’ladigan jarayondir. Bunda sistemaning tartibsizligi, entropiyasi ortadi. Eritmalarni hosil bo’lishi dinamik jarayon. Erigan moddaning zarrachalarini (molekula, ion) bir qismi eritmaga o’tsa, bir qismi qayta eriydigan moddaga o’tadi. Eriydigan Moddalr To’yingan eritma va eruvchanlik Pirovardida, berilgan harorat uchun erigan moddaning to’yingan kontsentratsiyasi doimiy bo’lib qoladi. YA’ni eritmaga o’tayotgan va eritmadan vaqt birligida ketayotgan zarrachalar soni tenglashadi. Dinamik, muvozanat vujudga keladi: G=0; Xosil bo’lgan eritma to’yingan eritma deyiladi. Bunda erishilgan to’yingan kontsentratsiya - ushbu moddaning eruvchanligidir. Eruvchanlik ko’pincha molyar yoki erituvchining massa birligi (kg) orqali ifodalanadi. Agar eritma kontsentratsiyasi to’yingan eritma kontsentratsiyasidan yuqori bo’lsa, hosil bo’lgan eritma o’ta to’yingan eritma bo’ladi. Bunday eritma beqaror muvozanatda bo’ladi. G>0. Bunday eritma o’z-o’zidan yoki ozgina tashqi ta’sir (silkitish, kristallar tashlash va b.) natijasida to’yingan eritmaga xos chin muvozanat holatiga o’tadi Eruvchanlik. Agar eriydigan modda GH = TS Moddani u yoki bu erituvchida erish qobilyati eruvchanlik deyiladi. Son jixatidan moddaning eruvchanligi uning to’yingan eritmasi kontsentratsiyasiga teng. Eruvchanlik xuddi kontsentratsiya kabi o’lchov birliklarida ifodalanadi. Masalan, 1l to’yingan eritmadagi erigan modda miqdori (mol/l), yoki 100 g to’yingan eritmada erigan modda massasi (gramm) orqali ifodalashi mumkin. Keyingi ifoda, ya’ni 100 g to’yingan eritmadagi erigan modda massasiv(gramm) ko’pincha eruvchanlik, 100 g erituvchini to’yintiradigan erigan modda massasi bilan ifodalanadi. Bu qiymat - erish koeffentsenti deb yuritiladi. Eruvchanlik eriydigan modda va erituvchi tabiatiga, haroratga, bosimga, eritmada boshqa moddalar borligiga bog’lik. 3 Suyultirilgan eritmalarning kollegativ xossalari.
|
| |