|
Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi.b
|
bet | 3/4 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 8,78 Kb. | | #254787 |
Bog'liq Reja eritmalarning termodinamik nuqtai nazardan tavsiflanishi E-fayllar.orgUshbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi.b Bu mavzuda erituvchiga nisbatan eritmaning termodinamik xossalarini o’zgarishi ko’riladi: bug’ bosimini pasayishi, qaynash haroratini ortishi, muzlash haroratini pasayishi, osmotik bosim. Bu xossalar kollegativ (kollektiv) xossalar, ya’ni bir-biriga bog’liq xossalar deyiladi. Ular umumiy bitta sabab - erigan modda zarrachalarining soni bilan ifodalanadi. Eritmaga biron bir modda solinsa, faqat erigan moddaningemas, balki erituvchining ham xossasi o’zgaradi. Bu erigan modda va erituvchi molekulalarining ta’sirlanishiga, erituvchi molekulalarining kamayishiga va erigan modda zarrachalari soniga bog’liq. Erituvchini xarakterlash uchun ideal eritmalar tushunchasi ishlatiladi. Suyuqlik erishining kollegativ xossalariBinar suyuq aralashmalar. Agar ikkita suyuqlik bir-birida aralashtirilsa, uchta xol ro’y beradi:
Cheksiz erish
Chegarali erish
Butkul bir-birida erimaslik
Raul qonuni (1830-1901). Erigan moddaning erituvchining fizik xossalariga ta’siriga oid. Bu qonunlar termodinamikkaning ikkinchi qonunidan kelib chiqadi. YA’ni, G=0 termodinamik muvozanatdagi fizikaviy jarayonlar uchun ta’luqlidir. Bunda molekulyar kinetik muloxazalar ham muxim rol o’ynaydi. Agar yopiq idishga toza erituvchi solinsa, bug’lanish va kondensatsiya sodir bo’ladi. Ma’lum vaqdan so’ng sistemada dinamik muvozanat G=0 hosil bo’ladi. YA’ni suyuq satxdan bug’lanayotgan zarrachalar (vaqt birligi) gaz muxitidan suyuqlikka o’tayotgan zarrachalar soniga teng bo’ladi. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug’ to’yingan bug’ deyiladi. Bunday toza erituvchining bug’ bosimi yoki to’yingan bug’ uprugosti R0 deyiladi. Berilgan haroratda toza erituvchining to’yingan bug’ bosimi (R0) doimiy qiymatga ega va erituvchining termodinamik xarakteristikasi hisoblanadi. Haroratni ortishi Le-Shatele printsipiga muvofiq erituvchi ustidagi bug’ bosimini oshiradi. Bug’lanish endotermik jarayon Hbug’l>0.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi.b
|