Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/89
Sana27.11.2023
Hajmi2,96 Mb.
#106166
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
Genetika

variatsion qatorni
yoki belgining o ‘zgaruvchanlik qatorini tuzish 
talab qilinadi. Ayrim son ko‘rsatkichlar 
variantlar
deyiladi. 
Variantlar (masalan, ayrim shaxs tanalarning og‘irligi) ko‘payib 
yoki kamayib borishi tartibida joylashtiriladi. M a’lum tartibda joy- 
lashtirilgan variantlar yig‘indisi 
variatsion qator
deyiladi. Lekin bir 
qator qilib joylashtirilgan variantlar yig‘indisi o ‘zgaruvchanlikning 
to ‘liq tasavvurini bera olmaydi. Buning uchun variantlarni guruh- 
larga bo‘lib chiqiladi. So‘ngra har bir guruhning o ‘rtacha ko‘rsat- 
kichi, uchrash tezligi aniqlanadi. Variatsion qatordan foydalanib 
belgining o ‘zgaruvchanligini grafik ravishda tasvirlash mumkin.
Variatsiyalarning tebranish kengligini va ayrim variantlar 
uchrashi tezligini (chastotasi) aks ettiruvchi belgi o ‘zgaruvchan- 
ligining grafik ifodalanishi — variatsion egri chiziq deyiladi. Har xil


------------------------------ ------------------------------- V
14-r a s m.
Ketle qonunining grafik ko‘rinishida tasvirlanishi (V — belgilar 
variantlari, P — belgilar variantlarining uchrash tezligi (chastota).
variantlarning variatsion egri chiziqda joylashuvi Ketle qonuniga 
bo‘ysunadi. Bu qonunga binoan belgining o‘rta variantlari chet 
variantlariga nisbatan ancha ko‘p uchraydi. 
(14-rasm).
Belgining qanchalik rivojlanganligini ifodalash uchun uning 
o‘rtacha miqdorini aniqlash lozim. Buning uchun har bir guruh- 
ning o ‘rtacha ko‘rsatkichi shu guruhning uchrash tezligiga 
ko‘paytiriladi va bu ko‘rsatkichlarning hammasini bir-biriga 
qo‘shib, so‘ngra variantlarning umumiy soniga bo‘linadi. O ‘rtacha 
arifmetik miqdorini aniqlash uchun quyidagi formuladan foy- 
dalaniladi.
M = ^
Bu yerda M — o‘rtacha miqdor, 6 — yig‘indi (summa) belgisi, 
n — umumiy variantlar soni, V — variant ko‘rsatkichi, p — o‘sha 
guruhning uchrash tezligi (chastota).
Variatsion egri chiziq grafik usulda ifodalanadi. Buning uchun 
absissalar o ‘qiga (gorizontal chiziq) guruhlar o‘rtacha ko‘rsatkichi 
(masalan, tana og‘irligini), ordinatalar o‘qiga esa (vertikal chiziq) 
har bir guruhning uchrash tezligi (chastota) joylashtirib chiqiladi. 
So‘ngra hamma nuqtalar chiziq bilan birlashtirilsa 

Download 2,96 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov

Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish