56
Genetika
B) Xromosoma irsiyati
C) Genom irsiyati
D)
Sitoplazmatik irsiyat
5. Bakteriyalarda halqasimon D N K molekulalarida nimalar
aniqlangan?
A) plazmidlar B) rezus omil C) gen D) xromosoma
6. Irsiyatning sitoplazmada joylashgan faktorlari nima deb ataladi?
A) Plazmon yoki sitotip
B) Plazmogen
C)
Plazmid
D) Plastogen
7. Irsiyatning sitoplazmada joylashmagan faktorlarini nima deyiladi?
A) Plazmon yoki sitotip
B) Plazmogen
C) Plazmid
D) Plastogen
8. Qorako‘l qo‘ylarida gomozigotli dominant genga ega bo‘lgan
qo‘chqorchalar qachon o ‘ladi?
A) Ona sutini emizish to‘xtatilganda
B) Tug‘ilmasdan
C) Bunday genotipli qo‘chqorchalar
uzoq yashaydi
D) Barcha javoblar xato.
IV
B O B
O ‘zgaruvchanlik
O ‘zgaruvchanligi tirik organizmlarning fundam ental xusu-
siyatlaridan biridir. Irsiyatga qaram a-qarshi ravishda o ‘zgaruv-
chanlik bir turga kiruvchi organizmlar belgilari va xususiyatlarining
xilma-xilligini ta ’minlaydi. Bunday xilma-xillik asosida irsiy
axborotning o ‘zgarishi yoki genlarning m uhitning har xil sharoit-
larida har xil nom ayon b o ‘lishi kabi sabablar yotadi.
Irsiy va
irsiy bo‘lmagan o ‘zgaruvchanlik kuzatiladi.
Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni fenotipik, modifikatsion
yoki paratipik o ‘zgaruvchanlik deb ham ataladi.
Irsiy o‘zgaruvchanlik — kombinativ (meyozda krossingover
natijasida yoki rekombinatsiya jarayonida) va
mutatsion b o ‘lishi
mumkin. O ‘zgaruvchanlik xillari
quyidagi jadvalda ifodalangan (7-
jadval).