Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/89
Sana27.11.2023
Hajmi2,96 Mb.
#106166
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
Genetika

14. Odam terisining pigmentatsiyasi dominant holatdagi qaysi geni- 
ga bog‘liq.
A) Melanin B) Intermidin C) Insulin D) Epistaz
15. Poligen belgilarning rivojlanishi nimaning ta ’siriga bog‘liq?


52
Genetika
A) Irsiyatga B) muhit omillariga C) mutatsiyaga D) F
1
ga
16. Odam terisining pigmentatsiyasi 3 ta allelmas dominant genlar 
tomonidan belgilanadi. Negrlarning genotipi qanday?
A) &
1
&
1
&
2
A
2
&
3&3
B) &1&1&2a2&3&3 C) A
1
&
1
A
2
&
2
A
3
A
3
D) A
1
A
1
A
2
A
2
A
3
A
3
17. Odam terisining pigmentatsiyasi 3 ta allelmas dominant genlar 
tomonidan belgilanadi. Oq tanlilarning genotipini k o ‘rsating.
A) &
1
&
1
&
2
A
2
&
3&3
B) &1&1&2a2&3&3 C) A
1
&
1
A
2
&
2
A
3
A
3
D) A
1
A
1
A
2
A
2
A
3
A
3
18. Negr va oq tanlilar avlodi nima deyiladi?
A) Mulatlar B) Sambolar C) Xindular D) Abrogenlar.
1 1 -§ . Pleyotropiya. Sitoplazm atik irsiyat
Pleyotropiya — bir genning bir necha belgilarni nazorat qilishi 
yoki ko‘p tom onlam a ta ’siridir. Bu xususiyat tabiatda keng tarqal- 
gan. Odamda pleotropiyaga bog‘liq kasalliklar ko‘p uchraydi. 
M asalan, araxnodaktiliya (o‘rgimchak barmoqlilik) kasalligida 
pleotrop gen ta ’sirida ko‘z gavharining n o to ‘g ‘ri tuzilishi, yurak- 
qon tom irlari tizim ida va biriktiruvchi to ‘qimada o ‘zgarishlar kuza- 
tiladi.
Birlamchi pleyotropiyada gen ta ’sirida bir necha belgilar bir 
vaqtning o ‘zida yuzaga chiqadi. M asalan, irsiy kasalliklarning biri- 
da gen mutatsiyasi ichakda triptofan aminokislotasini so‘rilishi 
buzilishiga, buyrak kanalchalarida uning qayta so‘rilishi buzilishi- 
ga, ichak va buyrak epitelial hujayralari m em branalari o ‘zgarishla- 
riga sabab b o ‘ladi.
Ikkilam chi pleyotropiyada mutatsiya gen ta ’sirida avval bitta 
belgi, keyin ketm a-ket ravishda bir qancha belgilar yuzaga chiqa- 
di. Masalan, odam da kamqonlikning bir turida gemoglobin buzi- 
lishi natijasida eritrotsitlar shakli o ‘zgaradi, ularning yopishqoqligi 
ortadi, kamqonlik rivojlanadi, buyrakda, yurakda, miyada o ‘zga- 
rishlar kuzatiladi.
Quyida birlam chi va ikkilamchi pleotropiya jadvali keltirilgan 
(6-jadval).


53
6
-j a d v a l
Sitoplazm atik irsiyat. Y adrodan tashqari, xrom osom aga 
bog‘liqmas o ‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. Irsiyatning bu shakli 
o ‘z -o ‘zidan ko‘payuvchi sitoplazma organoidlariga bog‘liq.
M a’lumki mitoxondriyalar, plastidalar o ‘z DNKsiga ega. 
Sitoplazmatik irsiyat shu organoidlarga bog‘liq, lekin yadro D NKsi 
nazoratida yuzaga chiqadi.
Masalan, o ‘simliklarda olachiporlik belgisi ona avlodi orqali 
irsiyatlanadi. Bunday o ‘simliklarda plastidalarning ayrimlari xloro- 
fil pigm entini hosil qilmaydi. Hujayralar b o ‘linishi jarayonida plas- 
tidalar notekis taqsimlanadi, natijada birlarda mozaik ravishda oq 
dog‘lar paydo b o ‘ladi. Agar tuxum hujayrada anomal plastidalar 
b o ‘lsa, ulardan rivojlanuvchi o ‘simliklarda olachiporlik belgisi 
kuzatiladi.
Zam burug‘ hujayralari mitoxondriyalarida nafas fermentlari 
genlari va antibiotiklarga chidamlilik genlari aniqlangan.


54
Genetika
Bakteriyalarda halqasimon D N K molekulalari — plazmidalar 
aniqlangan. U lar tarkibida erkaklik jinsiy F faktori, antibiotiklarga 
chidamlilik R faktori mavjud.
Patogen (kasallik keltirib chiqaruvchi) bakteriyalar va ichak 
bakteriyalari (kasallik keltirib chiqarmaydi, R faktori mavjud) 
orasida konyugatsiya kuzatilishi mumkin. Bunda ichak bak- 
teriyalarini R faktori patogen bakteriyalarga o ‘tib, ularda antibio­
tiklarga chidamlilikni hosil qiladi.
Irsiyatning sitoplazmada joylashgan faktorlarini plazmogenlar, 
ularning majmuasini esa plazmon (plazmotip) yoki sitotip deyiladi.
Odam da ko‘p irsiy kasalliklar mitoxondriya genlariga bog‘liq 
va ular faqat onadan o ‘g ‘il va qizlariga o ‘tadi.
Sitoplazmatik irsiyat organizmlar moslanuvchanligini ta ’min- 
lashda katta ahamiyatga ega. Sitoplazmatik irsiyat tufayli mitoxon- 
driyalar, xloroplastlar, plazmidalar tashqi m uhit — sharoitlariga 
bevosita moslashadi va organizmning o ‘zgargan sharoitlarga tez 
javob reaksiyasini ta ’minlaydi.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
1. Pleyotropiyaning mohiyati.
2. Birlamchi pleyotropiya nima? (misollar keltiring).
3. Ikkilamchi pleyotropiya nima? (misollar keltiring).
4. Sitoplazmatik irsiyatning mohiyati.
5. Plazmogenlar nima?
6
. Plazmon, plazmotip va sitotip tushunchalarini izohlang.
7. Bakteriyalarda antibiotiklarga chidamlilikning kelib chiqishini 
tushuntirib bering.
8
. Nima uchun sitoplazmatik irsiyat ona orqali irsiylanadi.
9. Sitoplazmatik irsiyatning ahamiyatini tushuntiring.
Masalalar
1. 
Qorako‘l qo‘ylarda A geni pleyotrop xususiyatiga ega. Bu 
dominant gen junning kulrangligini belgilaydi, gomozigot holatda 
(AA) oshqozonning sut rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. AA genotipli 
qo‘zichoqlar ona sutini emizishni to ‘xtatilgandan keyin nobud bo‘ladi. 
Retsessiv a geni gomozigot holatida qora rangni keltirib chiqaradi. 
Geterozigot (Aa) genotipli qo‘zichoqlarda oshqozon normal rivojlana- 
di va qo‘zichoqlar tirik qoladi. Shu bilimlarga amal qilib quyidagi 
masalalarni yeching.


55
a) Ikki kulrang qo‘yning chatishtirish natijasida qanday fenotipli 
qo‘zichoqlarni olish mumkin?
b) Hamma qo‘zichoqlar yetuk holatigacha rivojlanishini ta’min- 
lash uchun kulrang urg‘ochi qo‘yni qanday qo‘chqor bilan 
chatishtirish lozim?
2. 
Tovuqlar zotlaridan birida oyoqlari kalta bo‘ladi (bunday 
tovuqlar polizni titkilamaydi). Bu belgi dominant xarakteriga ega. 
Dominant gen tovuqlar tumshug‘ining kalta bo‘lishiga ham ta’sir qila­
di. Gomozigot jo ‘jalarda tumshug‘ juda kalta bo‘lgani uchun ular tu- 
xumni yorib chiqa olmaydilar va natijada nobud bo‘lishadi.
Faqat kalta oyoqli tovuqlarni ko‘paytiruvchan inkubatorda 3000 
jo ‘ja ochib chiqqan bo‘lsa, ular orasida qanchasi kalta oyoqli jo ‘jalar 
ekanligini aniqlang.
Test topshiriqlari

Download 2,96 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov

Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish