7
uchraydigan irsiy kasalliklarni genoterapiya usuli bilan davolash
usullari yaratilmoqda.
Hozirgi davrda genetika fanida genlar nafis tuzilishini o ‘rga-
nish, genomika — shaxsning individual rivojlanishi jarayonida gen-
lar faoliyatining boshqarilishi kabi murakkab m uam m olar ustida
ilmiy izlanishlar o ‘tkazilmoqda.
O ‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishiga m ashhur
olimlar Y o.T.To‘raqulov, J.Q.Ham idov, J.A.Musayevlar katta hissa
qo‘shdilar, jum ladan Y o.X.To‘raqulov rahbarligida irsiy kasalliklar
rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari o ‘rganildi. Akademik
J.H .H am idov o ‘z shogirdi A.A.Abdukarimov bilan tireoid gormon-
lar ta ’sirining genetik mexanizmlari haqida m uhim m a’lumotlar
oldilar. Atoqli olimlarimiz N.M .M ajidov, Sh.Sh.Shomansurovlar
asab kasalliklari patogenezida irsiy omillar rolini o ‘rgandilar.
1971-yilda Toshkent Tibbiyot institutida O ‘rta Osiyo respub-
likalarida birinchi m arta J.H .H am idov va A.T.Oqilovlar rahbarligi
da tibbiyot genetikasi b o ‘limi ochilib, irsiy kasalliklar tarqalishining
oldini olishga qaratilgan ishlar olib borildi. Hozirgi davrda geneti-
ka fanini, xususan tibbiyot genetikasini yanada rivojlantirish, uning
yutuqlarini inson manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida tibbi
yot institutlari qoshida tibbiyot genetikasi kafedralari yoki kurslari
ochilgan b o ‘lib, b o ‘lajak shifokorlarning tibbiy genetikaga oid bi-
limlarini oshirishga xizmat qilmoqda. 1999-yilda “Sog‘lom avlod
u ch u n ” xayriya jam g‘armasi tashabbusi va Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan Toshkent shahrida Respublika skrining markazi
tashkil qilinib, irsiy va tug‘m a kasalliklar ularni erta aniqlash,
davolash va oldini olish, aholi salomatligini yaxshilash, barkamol
avlodni dunyoga keltirishda genetika fani yutuqlaridan keng foy-
dalanilmoqda.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar