9
chatishtirilsa
digibrid, ko‘p belgilar bilan farq qiluvchi organizmlar
chatishtirilsa
poligibrid chatishtirish deyiladi.
Monogibrid chatishtirish bilan tanishamiz. Sariq va yashil
n o ‘xotlarni chatishtirsak, birinchi avlod duragaylari ham masi bir
xil, ya’ni sariq rangda b o ‘ladi. Bu tajribadan
birinchi avlod dura-
gaylarining bir xilligi qonuni kelib chiqadi. Birinchi avlodda yuza
ga chiqqan belgi
dominant (lotincha “dom inans” — “ustinlik qi
lish”) m a’nosini beradi, nam oyon b o ‘lmagan belgi esa
retsessiv
(lotincha recessus — chekinish) deb ataladi. M endel yashagan
davrda irsiyatning moddiy asosi aniqlanmagan edi. M endel ularni
«irsiy omillar» deb atadi. Hozirgi zam on fanida bu tushuncha gen
m a’nosini anglatadi. Bir juft belgi genlari bir xil harf bilan dom i
nant belgi geni katta, retsessiv belgi geni esa kichik harf bilan bel-
gilanadi. Bizning tajribamizdagi sariq belgini yuzaga chiqaruvchi
gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi bilan belgilanadi. Bir-
birini inkor etuvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar —
allel
genlar deyiladi. U lar gomolog xromosomalarning bir xil lokuslari-
da (joylarida) joylashadi. Bir xil dom inant (AA) yoki retsessiv (aa)
allellardan tashkil topgan organizm
gomozigotali deyiladi va bir xil
gam etalardan tashkil topadi. H ar xil allellardan (bitta dom inant va
bitta retsessiv — Aa) tashkil topgan organizm
geterozigotali deyila
di va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Duragaylash natijasini sxematik ko‘rinishda yozish qabul qilin-
gan. Tajriba uchun olingan shakllarni P harfi bilan (lotincha “pe-
rentes” — “o ta-ona” m a ’nosini beradi), birinchi avlodni Fi,
ikkinchi avlodni F
2
(lotincha “filii” — “bolalar” m a’nosini beradi)
harflari bilan belgilash qabul qilingan. Erkak organizm O, urg‘ochi
organizm esa
belgilari bilan belgilanadi. Chatishtirish X belgisi
bilan ifodalanadi. Avval urg‘ochi organizm genotipi, keyin erkak
organizm genotipi yoziladi. Shunday qilib, birinchi qatorga ota-
ona genotiplari, ikkinchi qatorga hosil b o ‘ladigan gametalar,
uchinchi qatorga esa birinchi avlod genotiplari yoziladi.
Yuqoridagi tajribani quyidagicha ifodalash mumkin:
P:
O AA
X
O aa
Gametalar: A
A
a
a
F1:
Aa:
Aa:
Aa:
Aa: