2.5.5-chizma. Skype orqali arzon muloqot.
Skypeni boshqa dasturlardan farqi (ICQ, QIP yoki Jabber) shundaki, chatda o’zingiz taklif qilgan kishilar bilan xuddi bir kishi bilan gaplashganidek, gapirishingiz mumkin. Xuddi boshqa dasturlardagi kabi fayllarni qayta yuborish, yon daftarga yuritish, yangiliklarni olish, mavzusi sizga qiziqarli bo’lgan boshqa konferenstiyalarga kirish. Hamda Google asboblar paneli yordamida, dasturni yopmay turib axborot izlashni amalga oshirish imkonini beradi (asboblar paneli dasturni o’rnatgan paytda sozlanadi).
Skype dasturini ishlab chiqaruvchilar ko’pchilik foydalanuvchilar uchun ko’p qulayliklar yaratganlar. Dastur eng mashhur platformalar: Windows, Linux, Mac OSX, Pocket PCda ishlaydi.
Skypeni ishlatish.
Dasturni ishlab chiqaruvchilar saytidan (htpp: // www. Skype. com /intel/ru/) platformangiz uchun dasturni yuklab olishingiz kerak bo’ladi. O’rnatish fayli Skype setup.exe ni ishga tushirasiz, keyin tilni tanlaysiz, “listenziyalangan shartlarni qabul qilaman” haqida belgi qo’yasiz”.
2.5.6-chizma. Skype dasturini o’rnatish.
.
Shu oynada turib, sozlash tugmasini bosasiz. Bunda siz dastur o’rnatiladigan direktoriyani ko’rishingiz va har safar operastion tizim ishga tushgan vaqtda, dasturni ishga tushirish haqidagi ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin.
2.5.7-chizma. Skype dasturini o’rnatish.
Keyingisi “O’rnatish” tugmasini bosish orqali Google asboblar paneliga o’rnatish yoki o’rnatmaslikning tanlaysiz (axborotni izlash uchun)
2.5.8-chizma. Skype ni o’rnatishni keyingi bosqichi.
Keyingi tugmasini bosish orqali dasturni o’rnatish davom etadi.
2.5.9-chizma. Skype dasturida ishni boshlash.
Ishchi stolida Skype belgisi paydo bo’ldi Dasturda ishni boshlashdan oldin sizda mikrofon, veb-kamera o’rnatilganini va naushnik mavjudligini tekshiring.
Dasturni o’rnatgandan so’ng quyida ko’rsatilgan oyna ochiladi.
|