• Katta hajmdagi zaxiralar
  • Esse Qimmatli qogʻozlar




    Download 18,3 Kb.
    bet2/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi18,3 Kb.
    #257906
    1   2   3
    Bog'liq
    Qimmatli qogʻozlar

    Bozorning kapitallashuvi : Bozor qoplami - kompaniyaning umumiy fond bozori . Buni hissa narxini ulushdagi aktsiyalar soniga ko'paytirish yo'li bilan hisoblashingiz mumkin.
    Boz idishining uchta sektori mavjud:
    Kichkina qimmatbaho qog'ozlar 2 mlrd. Dollar yoki undan kamroq bozor kassasiga ega. Ular tez o'sishi mumkin, lekin xavfli.

    • Katta qimmatli qog'ozlar bozor qiymati 2 milliard dollardan 10 milliard dollargacha bor.

    • Katta hajmdagi zaxiralar 10 milliard dollar va undan ortiq bo'lgan bozor kepasiga ega. Ular asta-sekin o'sib chiqadilar, lekin ular xavfli emas.

    Horijiy davlatlarning me‘yoriy hujjatlarida qimmatli qog‘ozlar "hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulqiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati sifatida" ancha qisqa ta‘riflanadi.
    Huquqiy nuqtai nazardan, an‘anaviy tarzda qimmatli qog‘ozlar ancha keng ma‘noda ko‘rib chiqiladi –ya‘ni bular "mulqiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish
    yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi". Bu ma‘noda qimmatli qog‘ozlarga "quyidagilar kiradi: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar".Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan "Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida"gi qonun hamda "Fuqarolik kodeksi"dagi qimmatli qog‘ozlarning ta‘rifi bir –biridan jiddiy tarzda farq qiladi.
    Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng ma‘noda ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari, yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada, lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, qimmatli qo
    g‘ozlar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular ko‘pgina hozirgi ta‘riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha asosiy belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Gap, albatta, pul haqida borayapti.

    XX asrning 90–yillari o‘rtalarigacha qimmatli qog‘ozlarning huquqiy asoslari haqidagi masala bu qadar keskin turmagan edi. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, o‘sha yilda qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan bozori yo‘q edi. Bundan tashqari, qimmatli qog‘ozlar sovet siyosiy iqtisodiyot fanida qalbaki kapital bilan bog‘lanardi, 90–yillargacha unga nisbatan juda salbiy munosabatda bo‘lindi.
    Qimmatli qog‘ozlarning boshqa yana bir qancha ta‘riflari mavjud. Masalan, odatiy qo‘llanishda ham,
    shuningdek, mutaxassislar ichida ham qimmatli qog‘ozlarga nisbatan atamaviy chalkashlik ko‘zatiladi: "qimmatli qog‘oz", "qimmatli qog‘oz sertifikati", "qimmatli qog‘ozga sertifikat", "qimmatli qog‘oz blanki", "sertifikat blanki" va h.k. An‘anaviy rusiyzabon iqtisodiy tushunchalar tizimida qimmatli qog‘ozlar deganda aynan qog‘oz, ma‘lum huquqiy munosabatlarni rasmiylashtiruvchi hujjat tushuniladi. Iqtisodiy qonunlarning deyarli barcha jumlalarida qimmatli
    qog‘oz –bu hujjat. Biroq jahon amaliyoti bilan tanish bo‘lgan har bir mutaxassisga shu narsa ma‘lumki, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi qimmatli qog‘ozlar aynan qog‘ozlar, blanklarni talab qilmaydigan naqdsiz shaklda chiqariladi. Ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, hisobga olish va ularning harakati to‘liq ixtisoslashtirilgan korxonalar va banklarning hisobraqamlari bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
    O‘zbekistonda ham, masalan, aktsiyalarning katta miqdori naqdsiz shaklda, shuningdek, keng tarqalgan davlat qisqa muddatli 5 obligatsiyalari esa, mutlaqo qog‘ozsiz shaklda chiqariladi. Qimmatli qog‘ozlar –bu hujjat (blankli) shaklida yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (depozitariylar)dagi hisob–raqamlarda yozuvlar ko‘rinishida alohida usul bilan tasdiqlanadigan, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan qarz yoki aktsiyadorlik kapitali shaklida jalb etiladigan mablag‘larni jalb qilish, qayta taqsimlash va qaytarib to‘lash sohasidagi mulqiy hamda u bilan bog‘liq nomulqiy huquqlardir. Mulqiy huquq –bu u bo‘yicha iqtisodiy o‘zaro munosabatlar sub‘ektlari mol –mulkka, tovar–moddiy boyliklariga, pul mab lag‘lariga da‘vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan huquqdir. Nomulqiy huquq –bu, masalan, aktsiyadorning kompaniyanipg umumiy yig‘ilishida ovoz berish, emitentning faoliyati haqida axborot berilishini talab qilish va h.k. huquqidir.

    Qimmatli qog‘ozlarning asosiy (fundamental) xususiyatlariga aylanuvchanlik, likvidlilik va xatar kiradi.



    Download 18,3 Kb.
    1   2   3




    Download 18,3 Kb.