Etikaviy tamoyillari




Download 375,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana14.05.2024
Hajmi375,51 Kb.
#232218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologning kasbiy o\'zlikni belgilashning etikaviy tamoyillari. 2

 
.
 


36 
Xulosa 
Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson 
muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u 
suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi 
zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik 
ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi 
talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan 
psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning 
shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab 
qilinadi.Psixologik bilimlar haqida so‘z ketar ekan, albatta mutaxassis psixolog va 
qiziquvchi psixologlar o‘rtasida tafovutlar mavjuddir. Insonlar qiziqish doirasida bir 
biriga yordam qo‘lini cho‘zishlari mumkin, bu esa yaxshigina samara berish 
imkoniyati hisoblanadi. Unda mutaxassis psixologlarning nima zarurati mavjud. Bu 
savol hammaga berilishi mumkin. Ko‘pincha birinchi va ikkinchi kurs talabalari 
o‘zini psixolog sanash mumkinligi yoki yo‘qligi haqida o‘ylanib qolishadi. 
Mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlarning orasida bir qator farqlar 
mavjuddir.Agar psixolog nazariyotchi - psixologlarning seminarlariga doimo 
qatnashib, turli xil psixologik assostiastiyalarga a’zo bo’lsa, bularning bari uning 
mutaxassis sifatida o’sishiga, maktab hayotidagi odatiy faktlarga yangicha 
qarashning shakllanishiga olib keladi. Maktab psixologi nashr qilingan ishlarni 
o’qib, eksperimental tadqiqot natijalari bilan qiziqib tanishishi mumkin. Maktab 
amaliyotiga yaqin faktlarni bilish dunyoqarashni kengaytiradi, maktabdagi ishlarni 
va o’z muvaffaqiyatlarini to’g’ri baholash imkoniyatini beradi. Psixodiagnostika 
bilan shugullanuvchi psixologga qo‘yiladigan talablar: 
1.Psixodiagnostikaning metodik vositalarini bilish. 
2.Axloq qoidalariga amal qilish. 
3.Zarur kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish. 
4.Psixologik muammoni qo‘ya bilish. 
5.Sinaluvchilardan zarur ma’lumotlami ola bilish. 
6.01ingan ma’lumotlami sinaluvchi qiziqishlariga mos tarzda qo'llay bilish. 


37 
Psixodiagnostika mutaxassisi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar: 
■ Empatiya qobiliyati 
■ 0 ‘z-o‘zini nazorat qilish 
■ Kasbiy odoblilik(takt) 
■ Mas’uliyatni his qilqish 
■ Refleksiya qobiliyati 
Psixologning kasbiy ish faoliyatining ajralmas va muhim jihati bu-
psixodiagnostika qilish sanaladi. Bunday faoliyatda psixolog shaxsining ma'naviy 
axloqiy tomoniga katta e'tibor beriladi. “Axloq” va “ma'naviyat” tushunchalari 
shunday meyor va prinsiplami o‘z ichiga oladiki, ular individlaming o‘zaro va 
jamiyat o‘rtasida qiziqishlarini tartibga solish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu meyorlar 
insonlaming yaxshilik va yomonlik tushunchalariga mos ravishda xulqlarini tartibga 
solishga yo‘naltirilgan va shaxsiy fikr, urf-odatlar, tarbiya, jamiyat fikri bilan qo‘llab 
quwatlanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu tushunchalar 
shaxsning kasbiy ish faoliyatida o‘zini tutishi va fikrini tartibga solib turadi. Shaxsiy 
prinsiplar u yoki bu kasbning ma'lum sharoiti va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqadi va asosan mutaxassislarga nisbatan axloqiy kodeks talablar bilan 
ifodalanadi. 
Psixologning kasbiy etikasi uning kasbdoshlari bilan, ilmiy jamiyat bilan o‘zaro 
aloqasi, shuningdek, tekshirayotgan shaxslar, respondentlar (psixologik yordam 
so‘rab kelsak) bilan o‘zaro munosabatlarida ko‘rinadi. “Psixologning etika kodeksi” 
bu etikaning asosi bo‘lib kelgan. 

Download 375,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 375,51 Kb.
Pdf ko'rish