• Xulosalarning obektivlik tamoyili
  • ilmiy asoslanganlik tamoyilida




    Download 375,51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana14.05.2024
    Hajmi375,51 Kb.
    #232218
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Psixologning kasbiy o\'zlikni belgilashning etikaviy tamoyillari. 2

    ilmiy asoslanganlik tamoyilida
    metodikaga 
    validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch 
    imkonini bersin. 
    Ziyon etkazmaslik tamoyilida
    psixologik tashxis natijalaridan hech qachon 
    tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik 
    nazarda tutiladi. 
    Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili
    test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv 
    ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy 
    asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi 
    shart. 
    Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta 
    taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif 
    qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. 
    Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya 
    fanining 
    predmeti, 
    vazifalari, 
    bosqichlari, 
    eksperimentator shaxsiga qo’yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy 
    metodologik tamoyillari bilan tanishdik. 
    Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog 
    o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
    Psixolog maktabda engib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning 
    pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga 
    qo’shilib keta olmasa, o’z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
    Psixolog adaptastion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo’ladi. 
    Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday 


    14 
    yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan 
    salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust bo’lgan 
    o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida 
    idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning 
    maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit 
    beradi.
    Amaliy psixolog statusiga ega bo‘lishni istagan insonga bir qator 
    talablar qo‘yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo‘lishi zarur. 
    Bunday diplom oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali 
    olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, 
    patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, 
    sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor bo‘lishi talab qilinadi. U albatta bolalar 
    bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat 
    sirlaridan habardor bo‘lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda 
    ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo‘ladi va shu bilan birga 
    u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo‘lishi talab qilinadi. U mijoz bilan 
    suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur 
    bo‘ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta 
    psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab 
    qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab 
    qilinadi. Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson 
    muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u 
    suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi 
    zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik 
    ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi 
    talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan 
    psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning 
    shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab 
    qilinadi. Ularning axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak: 
    1. Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli 
    bo‘lishi zarur. 2. Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u 


    15 
    atrofdagilarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur. 3. Psixologning vazifasi 
    mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo‘ysunmaydi. Uning psixologik 
    nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi zarur. 4. Psixologning qarorini 
    inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega ular yuqori malakali 
    mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan. 5. Psixolog haqqoniy va 
    samimiy bo‘lishi zarur. 6. Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo‘lishi lozim. 7. Psixolog 
    himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o‘z mijozlarining psixologik 
    holatlarini himoya qiladi. 8. U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga 
    oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo‘lishi zarur. 9. Agar psixolog mijozining haq- 
    huquqlar poymol qilinayotgan bo‘lsa, u buni yuqori tashkilotlarga yetkazish 
    imkoniyatiga egadir. 10. U siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan, falsafiy 
    fikrlardan xoli bo‘lishi zarur. 11. Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokorreksion, 
    psixterapevtik natijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas. 
    12. U insonlarga zarar ko‘rsatadigan holatlardan uzoqroq bo‘lishi talab qilinadi. 13. 
    Psixolog o‘zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi kerak. 
    14. Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida 
    tafsilotlarni bermasligi zarur. 15. U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlarida 
    qo‘llash huquqidan mahrumdir. 16. Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u 
    mijozining sirini xech kimga aytmasligi zarur. 17. Psixologik maslahatda albatta o‘z 
    me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi. 18. Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa 
    albatta uning hatti-harakatlari amaliy psixologlar kollegiyasida ko‘rib chiqiladi va 
    tegishli jazo qo‘llaniladi.
    Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan o’zaro teng 
    munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib ko’rsatmasligi, eng 
    muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, 
    o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida 
    qabul qilsinlar.
    Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat 
    doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini 
    tushuntirishi lozim.


    16 
    O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik 
    muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan 
    qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota-onalar bilan aloqa o’rnatish
    juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan 
    ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va 
    soatlarni ajratishi lozim.
    Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog: 
    1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan 
    munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi. 
    2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash 
    ekanini doim yodda saqlashi.
    3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
    diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni 
    tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi. Jahon psixologiyasi 
    fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy 
    ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. 
    O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan 
    mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. 
    Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog 
    maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda. 
    Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil 
    qobiliyatlarga egalar? Ruh nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar insonlarni 
    asrlar davomida qiynab kelgan, ular o‘zlarining savollariga javob topa boshlashgan. 
    Insonni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning yana bittasi B.G. Ananev 
    tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u inson psixikasini o‘rganishda yangi metodologik 
    uslubni ishlab chiqqan. U insonga xos bo‘lgan to‘rtta asosiy sifatlarni ajratgan: 
    individ, sub’ekt faoliyati, shaxs va individullik. 


    17 
    Umuman, bugungi kunda xalq orasida psixologlar haqida turli xil mulohazalar 
    uchramoqda. Biz ularni ba’zilarini tahlil qilishga harakat qilamiz: 
    1. 

    Download 375,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 375,51 Kb.
    Pdf ko'rish