www.scientificprogress.uz




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana17.11.2023
Hajmi0,81 Mb.
#100257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
neft-mahsulotlarini-gidrotozalash-jarayoniga-ta-sir-etuvchi-asosiy-omillar

www.scientificprogress.uz
 
Page 790
Reaksion zonadan ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun reaktorga 
katalizator qatlamlari orasiga sovuq aylanib turadigan gazni yoki sovuq gaz va 
gidrotozalashning suyuq beqaror mahsulotning aralashmasining yetkazib turishni 
qo’llaydilar. 
Vodorodning sarfi. Gidrotozalashda vodorod gidrogenlash, eritish va puflashga 
sarflanadi. Gidrogenlashga vodorodning sarfi yuqori darajada хom ashyoga 
to’yinmaganlar hamda smolalarning miqdoriga bog’liq bo’ladi va to’g’ri haydalgan 
benzinga 0,1 % dan, kokslash benzini yoki vakuumli gazoylga 1,3 % gacha o’zgaradi. 
Suyuq mahsulotlarda eritishdagi vodorodni yo’qotishlar tozalanadigan mahsulot 
molekulyar massasasining va sistemadagi umumiy bosimning ko’tarilishi bilan oshadi.
Gidrotozalash jarayonida toza vodorodni emas balki vodorodning hajmiy miqdori 
50-95 % ni tashkil qiluvchi qolgan qismi esa metan, etan, propan va butandan iborat 
vodorod saqlovchi gaz ishlatiladi. Gidrotozalash reaksiyalari natijasida vodorod 
yutiladi, uglevodorodli gazlar, vodorodsulfidi va suv hosil bo’ladi. Shuning uchun 
vodorodning vodorod saqlagan gazdagi miqdori reaktorga kirishda chiqishdagiga 
qaraganda yuqori.
MUHOKAMA
Хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi deganda хom ashyo va 
gidrogenizatda oltingugurt miqdori farqining хom ashyodagi oltingugurt miqdori 
nisbatining % dagi ifodasi tushiniladi. 
Riforming qurilmasidan ortiqcha vodorodsaqlagan gazning chiqishi va tarkibi 
qayta ishlanadigan хom ashyoning turiga, jarayonni olib borish sharoitiga
qo’llaniladigan katalizatorlarga bog’liq bo’ladi. Riforming jarayonida hosil bo’ladigan 
vodorod saqlagangaz motor yoqilg’isini gidrotozalash jarayonida bevosta ishlatilishi 
mumkin, shu bilan birga uning tannarхi maхsus ishlab chiqarishning (masalan, katalitik 
konversiya usuli bilan olinadigan) vodorodiga qaraganda 10-15 marta kamdir. 
Dizel yoqilg’isini gidrotozalash jarayonida ancha miqdorda parchalanish gazlari 
ajralib chiqadi. 28 % (mas.) gacha, shuning uchun vodorodning miqdori 
vodorodsaqlagan gazda 50,0 % (hajm) bo’lgan holda qo’llanganda gaz puflab olish 
zaruriyati tug’iladi. Parsial bosim reaktorga yetkazib berilayotgan vodorodsaqlagan 
gazning tarkibi bilan bog’liq bo’ladi. 
Neft mahsulotlarining ekologik tavsiflariga qo’yiladigan talablarning va qazib 
olinadigan neftning og’irlashuvi bilan gidrokatalitik jarayonlar neftni qayta ishlashda 
katta rol o’ynaydi va neftni qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli 
termogidrokatalitik jarayonlar kelgusida ahamiyatini yo’qotmaydi va uning rovojlanish 
istiqbollari yangi samarali katalizatorlarni, reaktorlarning mukammal ichki 
moslamalarini tanlash, kapital mablag’larni minimallashtirish va ekspluatatsion 
xarajatlarni pasaytirishdan iborat.

Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish