ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.11.2023
Hajmi0,81 Mb.
#100257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
neft-mahsulotlarini-gidrotozalash-jarayoniga-ta-sir-etuvchi-asosiy-omillar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Avtomobil transportini sifatli yoqilg’i bilan ta’minlash maqsadida yurtimizda 
ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg’ilarining sifatini EURO-5 ekologik standartlari 
talablariga qadar yaxshilash va yoqilg’ining ekologik – ekspluatatsion xossalarini 
yaxshilovchi import o’rnini bosuvchi prisadkalarni mahalliy xomashyolar asosida olish 
bugunning eng ustivor yo’nalishlaridan biridir. Avtomobilsozlik sanoati sohasidagi 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 785
taraqqiyot to’g’ridan-to’g’ri ishlatiladigan yoqilg’i sifatiga bog’liq. Maqbul 
uglevodorod tarkibli va ekspluatatsion xususiyatlari yuqori bo’lgan yoqilg’ilarni olish 
birinchi navbatda yuqori sifatli xomashyoni tanlash, texnologiyani takomillashtirish va 
hozirgi kunda prisadkalar va qo’shimchalar kiritish bilan hal etiladi. Bunda neft 
mahsuloti tarkibidagi keraksiz komponentlarni ajratsih talab etilib, asosan 
gidrogenizatsion usullar keng qo’llaniladi. Gidrogenizatsion jarayonlarda maqsadli 
reaksiyalarning unumini boshqarish va nazorat qilishda bir qancha omillar ta’sir qiladi. 
Ularga quyidagilar kiradi: katalizatorlarning ta`siri (ilgari ko’rib chiqilgan edi), хom 
ashyoning хossalari, harorat, bosim, VGS ning aylanib turish karraligi va issiqlik 
effekti.
Sanoatda qo’llaniladigan alyumokobaltmolibdenli katalizator yuqori tanlash 
qobiliyatiga ega. Uning ishtirokida 𝐶 − 𝐶 bog’larning uzilishi yoki aromatik 
halqalarning to’yinish reaksiyalari deyarli sodir bo’lmaydi. 𝐶 − 𝑆 bog’larning uzilish 
reaksiyalarida katalizator yuqori faolligi va yaхshi termik barqarorligi bilan 
xarakterlanadi. Shu sababli uzoq хizmat muddatiga ega. Bu katalizatorning muhim 
afzalligi uning potensial katalitik zaharlarga barqarorligidir. Bundan tashqari katalizator 
to’yinmagan birikmalarni to’yintirish, uglerod-azot, uglerod-kislorod bog’larning 
uzilish reaksiyalarida ma`qul faollik bilan farq qiladi va amaliyotda barcha neft 
fraksiyalarini gidrotozalash uchun qo’llaniladi.
Alyumonikelmolibdenli katalizatorning to’yinmagan birikmalarni to’yintirish 
reaksiyalarida faolligi kamroq, ammo aromatik uglevodorodlarni to’yintirish jihatidan 
(AKM ga nisbatan 10-50 % ga ko’p) va azotli birikmalarni gidrogenlash jihatidan 
(AKM ga nisbatan 10-18 % ga ko’p). Shu bilan birga u o’zining dastlabki yuqori 
faolligini tezroq yo’qotadi. 
Tiniq neft mahsulotlarini gidrotozalashining hozirgi zamon katalizatorlari 3-6 
yilgacha faolligini yo’qotmasdan ishlaydi.
Ishlagani sari katalizatorda koks (katalizator massasining 17 − 20 %) va 
oltingugurt (katalizator massasining 0,5 − 1,5 %) to’planib, katalizatorning faolligi 
pasayadi. Bug’ yoki gaz havoli aralashma bilan koks va oltingugurtni kuydirib uning 
faolligi tiklanadi. Odatda gidrotozalash katalizatorlari uchtadan kam bo’lmagan 
regenerasiyaga bardosh beradi. 
Katalizatorning faolligi faol komponent yo’qolganda pasayishi mumkin. Bu 
harorat 600 
0
𝑆 gacha ko’tarilganda va molibden uch oksidining bug’lanishi sodir 
bo’lganda regeneresiya paytida sodir bo’lishi mumkin. Harorat 760 
0
𝑆 dan yuqori 
bo’lganda faol alyuminiy oksidi faol bo’lmagan nikel’ alyuminatiga aylanadi
katalizatorning qizib biriktirilishi sodir bo’lib buning natijasida uning faol yuzasi 
kamayadi.
Aniqlashlaricha, molibdendisulfidi va aralash nikel sulfidi (𝑁𝑖𝑆 + 𝑁𝑖
2
𝑆) eng 
yuqori faollikka ega. ANM va AKM katalizatorlari dastlabki oltingugurtlanishga 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish