|
Reja: Volfram konlari
|
bet | 1/4 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 261,5 Kb. | | #261980 |
Bog'liq Volfram konlari Molibden konlari
Nodir metallar
Reja:
Volfram konlari
Molibden konlari
Qalay konlari
Vanadiy konlari
Sof volfram oqish kulrangdagi juda og‘ir va juda qiyin eruvchan metaldir. Volframning klarki 0,0002, erish harorati 3410 °C, qaynash harorati 5500 °С, solishtirma og‘irligi 19,3. Volfram ajoyib xossalarga ega izdirilganda yuqori darajada elektron emissiyaga ega, qizdirilganda deyarli kengaymaydi, ko‘p metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyatlari uchun volfram elektr chiqarishdaishlab chiqarishda, maxsus mustahkam va yuqori haroratga chidamli bo‘lgan qotishmalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi (9-rasm). Bundan tashqari kimyo sanoatida bo‘yovchi modda sifatida,yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishda, katalizator sifatida ishlatiladi.
Volfram 20ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari – sheelit va volframit. Volframning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005yil ma’lumoti bo‘yicha 2,9 mln t, shu jumladan, 1,8 mln t Xitoyda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 76,5 ming t volfram ma’dani qazib olinadi. Shundan 69 ming t ni Xitoy ishlab chiqaradi.
Volfram ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi turlardagi konlar bilan bog‘liq:
Volframli va molibden-volframli skarnlar – Gruziyadagi Tirnauz, O‘zbekistondagi Ingichka, AQSHdagi Pain-Krik va Avstraliya-dagi King-Aylend konlari.Yuqori haroratli gidrotermal konlar – Rossiyadagi Iulta koni.Magmatik konlar – Rossiyadagi Boguta koni.
9-rasm. Volframning ishlatilishi.
1-teri bo‘yashda, 2-qiyin eriydigan qotishma, 3-elektrolampochkalarda,
4-keskichlar, 5-svechalar, 6-klapanlar, 7-rentgenda,
8-rassomlik bo‘yoqlari.
Molibden konlari
Sof molibden – kumushsimon oq rangdagi qiyin eruvchan metall. Uning klarki 0,00011, erish harorati 2620 °С, qaynash harorati 4700 °С, solishtirma og‘irligi 10,2. Ishlab chiqariladigan molibdenning 95 foizdan ortiqrog‘i metallurgiyada maxsus po‘latlar va qotishmalar olish uchun qo‘llaniladi. Molibdenli po‘latlar kesuvchi asboblar tayyorlashda, zanglamaydigan va yuqori haroratga chidamli bo‘lgan qotishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi (10-rasm). Bundan tashqari molibden radiotexnikada, elektr pechlarni ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida maxsus bo‘yoqlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Molibden 20dan ortiqroq mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari: molibdenit va povellit. Molibdenning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 18,4 mln t, shu jumladan, 3,3 mln t Xitoyda, 2,7 mln t AQShda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 163 ming tmolibden ma’dani qazib olinadi. Shundan 60 ming t AQShda ishlab chiqaradi.
Molibden ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi turlardagi konlar bilan bog‘liq:
1. Magmatik konlar – AQShdagi Kleymeks, Rossiyadagi Jiriken
konlari.
2. Gidrotermal konlar – O‘zbekistondagi Qalmoqqir, Rossiyada-
gi Kodjara konlari.
3. Skarn konlari – Kavkazdagi Tirnauz, O‘zbekistondagi Ingich-
ka konlari.
|
| |