• 12-rasm. Simobning asosiy minerallari va ishlatilishi. 1-bo‘yoq tayyorlashda, 2-kimyoviy reaktivlar, 3-termometrlarda
  • Vismut konlari
  • Reja: Volfram konlari




    Download 261,5 Kb.
    bet3/4
    Sana10.06.2024
    Hajmi261,5 Kb.
    #261980
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Volfram konlari Molibden konlari

    Simob konlari
    Sof simob – oddiy sharoitda kumushsimon oq rangdagi yaltiroq og‘ir metall. Simobning klarki 0,000008, muzlash harorati – 38,7 °C, qaynash harorati – 257 °С, solishtirma og‘irligi 13,65. Oddiy sharoitda yengil bug‘lanadi. Simob bug‘lari kuchli zahar hisoblanadi. Simob bir qancha metallarni: Sn, Au, Na, Ag kabilarni eritish xususiyatiga ega.Ayniqsa oltinni yaxshi eritadi. Simob eritmalari «amalgamalar» deb yuritiladi. Simob qizdirilganda kuchli kengayish xususiyatiga ega.Simob xalk xo‘jaligida amalgamalar olishda, tibbiyotda termometrlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Simobdan kemalarning suv osti qismini muhofaza qilish uchun maxsus buyoqlar tayyorlanadi (12-rasm).Simob 20 dan ortiq mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiysi kinovar hisoblanadi (12-rasm). Simobning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 240 ming t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 1100 t simob ma’dani qazib olinadi. Shundan 500 t ni Xitoy, 300 t ni Qirg‘iziston ishlab chiqaradi.

    Simob ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi konlar


    bilan bog‘liq:
    1. Qatlamsimon shakldagi past haroratli gidrotermal konlar Ispaniyadagi Almaden, Ukrainadagi Nikitov konlari.
    2. Gidrotermal konlar – Qirg‘izistondagi Haydarkon, O‘zbekistondagi Qorasuv konlari.
    3. Tomirsimon gidrotermal konlar – Qirg‘izistondagi Chunkuy,
    Rossiyadagi Shayan, Berkut konlari.




    12-rasm. Simobning asosiy minerallari va ishlatilishi.
    1-bo‘yoq tayyorlashda, 2-kimyoviy reaktivlar, 3-termometrlarda,
    4-oltin ajratib olishda, 5-ko‘zgu tayyorlashda, 6-dori-darmon, 7-kunduzgi
    lampalar.


    Vanadiy konlari
    Sof vanadiy – ko‘kishsimon rangdagi cho‘ziluvchan, yaxshi pachaqlanuvchi metaldir. Vanadiyning klarki 0,015. Erish harorati 1900 °С, qaynash harorati 3400 °С, solishtirma og‘irligi 6. Vanadiy suv muhitiga, ayniqsa dengiz suvi muhitiga va asosli eritmalar ta’siriga chidamli. Ishlab chiqariladigan vanadiyning 90 %dan ortiqrog‘i qora metallurgiyada maxsus po‘latlar olish uchun qo‘llaniladi.Vanadiy tabiatda 15 ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari vanadiy-magnetit, uran slyudalari ma’danlaridir. Vannadiyning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 38 mln t, shu jumladan, 14 mln t Xitoyda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 42,5 ming t vanadiy ma’dani qazib olinadi.
    Vanadiy ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi
    konlar bilan bog‘liq:
    1. Magmatik konlar – Rossiyadagi Kusin koni.
    2. Infiltratsion konlar AQShdagi Kolorado rayonining konlari,
    O‘zbekistondagi Uchquduq konlari.


    Vismut konlari
    Vismut-pushtisimon oq rangdagi juda mo‘rt metalldir. Normal haroratda oksidlanmaydi. Vismut asosan erish harorati 100°С dan past bo‘lgan qotishmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday qotishmalar Pb, Sn bilan bo‘lishi mumkin. Vismutning birikmalari optik shishalar tayyorlashda, kimyo va chinni sanoatida hamda tibbiyotda ishlatiladi.
    Vismutning klarki 0,0000007, qaynash harorati 890°С, solishtirma og‘irligi 9,84. Vismutning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005yil ma’lumoti bo‘yicha 680 ming t; shu jumladan 240 ming t Xitoyda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 5200 t vismut ma’dani qazib olinadi. Shundan 2500 t.ni Xitoy ishlab chiqaradi.Vismutning asosiy minerallari-vismutin va sof vismut. Bismut ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari asosan gidrotermal jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, mis konlarida, vismutli polimetall konlarda va vismut konlarida uchraydi.
    Ahamiyati katta bo‘lgan konlarga O‘zbekistondagi Qalmoqqir,
    Ustarasoy, Qozog‘istonda Kounrad, Rossiyada Norilsk konlari kiradi.


    Download 261,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 261,5 Kb.