|
-rasm. Molibdenning ishlatilishi
|
bet | 2/4 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 261,5 Kb. | | #261980 |
Bog'liq Volfram konlari Molibden konlari10-rasm. Molibdenning ishlatilishi.
1-turbina disklari, 2-radiolampalar, 3-avia-avtodvigatel qismlari,
4-shesternyalar, 5-o‘q otar qurol stvollari va snaryadlar.
Qalay konlari
Qalay – yengil eriydigan, cho‘ziluvchan, kimyoviy ta’sirga chidamli bo‘lgan va turli metallar bilan qotishmalar hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan oq kumushsimon rangdagi metalldir. Qalayning asosiy qismi oq tunuka tayyorlashda, tipografik qotishmalar olishda va turli emallar olishda qo‘llaniladi (11-rasm). Qalayning erish harorati 231°С, qaynash harorati 243 °С, solishtirma og‘irligi 7,3. Qalayning klarki 0,0025. Qalayning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 11 mln t Bir yilda dunyo bo‘yicha 261,9 ming t qalay ma’dani qazib olinadi. Shundan 116,2 ming t Xitoy ishlab chiqaradi.
Qalay 20 ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylarikassiterit, stanin (11-rasm). Qalayning asosiy konlari quyidagilarga mansubdir:
1. Pegmatit konlar – Zairda (Manono-Kitotolo).
2. Gidrotermal konlar- Rossiyada (Onon, Xrustal konlari), O‘zbekistonda (Qarnob, Lapas konlari).
3. Vulkanogen gidrotermal konlar – Rossiyada (Smirnov, Xapcherang). Boliviya, Meksika, Yaponiya, Xitoydagi konlar.
4. Greyzen konlari – Rossiyada (Chapayev koni), Qirg‘izistonda
(Aqtas koni).
5. Skarn konlari – Markaziy Osiyodagi Mayxura va Rossiyadagi
Smirnov koni.
6. Sochma konlar – bunday konlarining 70 foizi chet ellarda; 30
foizi Rossiyada. Rossiyada Pirkakat, Deputat, Malayziyada Perak.
Perak koni eng ulkan konlardan hisoblanadi.
11-rasm. Qalayning asosiy minerallari va ishlatilishi.
1-konserva bankalari, 2-tunika qoplamalari, 3-quvurlar,
4-qotishmalar, 5-kavsharlash uchun, 6-quymalar, 7-folga.
Surma konlari
Sof surma – oqish kul rangdagi metal. Surmaning klarki
0,00005; erish harorati 630 °С, qaynash harorati 1625 °C, solishtirma
og‘irligi 6,33. Ishlab chiqarishda surmaning asosiy qismi yumshoq
metallar bilan ularni mustahkam qilish uchun qorishmalar sifatida
qo‘llaniladi. Bunday qotishmalar akkumulator plastinkalari ishlab
chiqarishda, tipografik qotishmalar tayyorlashda, kimyo sanoati uchun
quvurlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Surmaning germaniy bilan arashmasi uning yarim o‘tkazgichlik xususiyatini kuchaytiradi. Bundan tashqari surma kauchukni vulkanizatsiya qilishda, alangaga chidamli bo‘lgan bo‘yoq ishlab chiqarishda, yonmaydigan matolar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Surma 75ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari: antimonit, burnotit, bulanjerit, stibnit. Surmaning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 1,8 mln t, shu jumladan, 790 ming t Xitoyda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 117,0 ming t surma ma’dani qazib olinadi. Shundan 105,0 ming t Xitoy ishlab chiqaradi.
Surmaning sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi turlardagi konlar
bilan bog‘liq:
Gidrotermal konlar: Bolliviyadagi Chilkobiya, AQSHda Nyu-
Almaden konlari.
Qatlamsimon cho‘kindi konlar: O‘zbekistondagi, Djajikrut, Qa-
damsoy, Terekkon konlari.
|
| |