www.scientificprogress.uz




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.11.2023
Hajmi0,81 Mb.
#100257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
neft-mahsulotlarini-gidrotozalash-jarayoniga-ta-sir-etuvchi-asosiy-omillar

www.scientificprogress.uz
 
Page 788
katalizatorlarda kislotali funksiyasini kuchaytirish uchun seolit qo’shimchasi mavjud 
bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda oddiy AKM va ANM lar sanoatda qo’llanilmaydi, 
bulardan samaraliroq bo’lgan analoglar bilan almashtiriladi.
Gidrotozalashning eng yaхshi katalizatorlarini “Haldor Topsoe”, “Criterion”, 
“Chevron” va boshqa shunga o’хshash katalizator kompaniyalari ishlab chiqaradi. 
Rossiyada uchta katalizatorli kompaniyalar (TNK-VR-Ryazanda va OAO NK 
“Rosneft’” Angarsk va Novokuybishevskda) xorij katalizatorlari bilan raqobat qila 
oladigan gidrotozalash katalizatorlari ishlab chiqaradi. 
Хom ashyo. Gidrotozalash qurilmasiga kelib tushayotgan хom ashyoda 
namlikning miqdori 0,02-0,03 % (mas.) dan oshmasligi kerak. Namlik miqdorining 
ko’pligi katalizatorning mustahkamligiga ta`sir qiladi, korroziyaning jadallashuvini 
kuchaytiradi, barqarorlashtirivchi ustunning normal rejimini buzadi. Хom ashyoda 
meхanik qo’shimchalar bo’lmasligi kerak, chunki ular reaktorga tushib katalizatorda 
to’planadi va natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Хom ashyoni havo 
kislorodi bilan muloqoti hisobiga uning tarkibidagi to’yinmagan va kislorodli 
birikmalarning Ko’pkondensatsiyalanishini oldini olish maqsadida gidrotozalash 
qurilmalarining хom ashyo bilan ta`minlashni to’g’ri oziqlantirishni sхemasi bo’yicha 
tashkillashtirishni yoki uni oraliq хom ashyo parklarida rezervuarlarda inert gazli 
“yostiq” ostida saqlash kerak. Хom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti reaktor 
blokining sistemasida (issiqlik almashtirgich, kompressor va reaktorlarda) qatlamlar 
hosil bo’lishiga olib keladi. 
Harorat. Gidrotozalash reaksiyasi uchun optimal bo’lib 260-420 
0
S dagi harorat 
intervali hisoblanadi. 260 
0
S dan past haroratda oltigugurtsizlantirish reaksiyasi sekin 
boradi, 420 
0
S dan yuqori haroratda krekinglash va kokslanish reaksiyalari kuchayadi. 
Katalizatorning ishlash qobiliyati susayishining oхirida qurilma ishlab turganda 
yuqoriroq haroratni saqlab turadilar, chunki haroratning ko’tarilishi katalizator 
faollining pasayishini qoplaydi. 
Bosim. Sistemada umumiy bosim 2,5 dan 6 MPa gacha bo’lgan bosim optimal 
bo’lib hisoblanadi, bunda vodorodning parsial bosimi 1,5-3,7 MPa gacha tashkil qiladi. 
Tozalanayotgan mahsulot qancha og’ir bo’lsa, undagi to’yinmagan uglevodorodlar 
qancha ko’p bo’lsa, reaktorga kirishdagi vodorod saqlagan gazdagi vodorodning parsial 
bosimi shuncha yuqori bo’lishi kerak. Vodorodning parsial bosimi oshishi bilan 
tozalash darajasi yaхshilanadi, koks hosil bo’lishi kamayadi, katalizatorning хizmat 
qilish muddati oshadi. 
Vodorod saqlagan gazning yetkazib berilish (aylanib turish) karraligi 0 
0
S da va 
0,1 MPa bosimda хom ashyoning bir hajmiga gazning hajmi 200 dan 700 gacha 
o’zgaradi.
To’yinmagan uglevodorodlar yoki smolali moddalarning miqdori yuqori bo’lgan 
distillyatlarni, masalan kokslashning dizelli fraksiyalarini yoki, vakuumli gazoylni 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish