• K u n t a r t i b i: 2. Monografiya, risola va ilmiy uslubiy tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va chop etishga tavsiya etish. 2.1. Mualliflar
  • ESHITILDI: “
  • SO‘ZGA CHIQDILAR
  • QAROR QILINDI
  • Rais: Sh.R.Turdiyev Kotib: L.N. Oripova
  • Neft va gaz




    Download 33 Kb.
    Sana19.01.2023
    Hajmi33 Kb.
    #38687
    Bog'liq
    Monografiya
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

    QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
    NEFT VA GAZ” FAKULTETI
    NEFT VA GAZ KOMPLEKSIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR” NOMLI
    ILMIY SEMINARI
    __ BAYONNOMASIDAN


    KO`CHIRMA


    «__ » _________2023 y Qarshi sh


    Qatnashdilar: “NG” fakulteti dekani dots.Sh.R.Turdiyev, “Neft va gaz ishi” kafedrasi mudiri dots.L.X.Sattorov, “Neft va gaz ishi” kafedrasi professorlari N.X.Ermatov, katta o‘qituvchi B.Y.Nomozov, “TMJ” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.A.Saloxiddinov va boshqalar.


    K u n t a r t i b i:


    2. Monografiya, risola va ilmiy uslubiy tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va chop etishga tavsiya etish.
    2.1. Mualliflar M.J.Maxmudov, F.I.Murtazayev, Sh.A. Rizayev, B.O.Jumaboyevlar tomonidan “Mahalliy avtomobil benzini tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning miqdorini Evro-5 standartlari me’yorlarigacha kamaytirish” nomli yozilgan monografiyaning muhokamasi.
    ESHITILDI: “Neft va gaz” fakulteti ilmiy seminari raisi, dots, Sh.R.Turdiyev so‘zga chiqib mualliflar Mualliflar M.J.Maxmudov, F.I.Murtazayev, Sh.A. Rizayev, B.O.Jumaboyevlar tomonidan “Mahalliy avtomobil benzini tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning miqdorini Evro-5 standartlari me’yorlarigacha kamaytirish” nomli monografiyani tayyorlanganligi hamda keltirilgan mavzularning mazmuni va ularning ketma-ketliklari bilan tanishtirdi. Monografiyada hozirgi kundagi neft va gaz sohasining dolzarb muammoli mavzular yoritganligi va monografiyaning ilmiy yangiliklari xususida to‘xtalib o‘tdi.
    Monografiyadan neft va gaz xodimlari doktorantlar, magistrlar va oliy ta’lim talabalari foydalanishlari kelgusidagi kasbiy faoliyatida kerakli bilimlarni olishi va undan ilmiy ishlar ko‘lamida ham foydalanishlari mumkinligi aytildi.
    Monografiyaga QarMII “Sanoat texnologiyasi” fakulteti dekani k.f.f.d., dotsent U.R.Panjiev va Buxoro Muhandislik texnologiya instituti “Gazni kimyovi qayta ishlash texnologiyasi” dotsenti, t.f.f.d. Sh.B.Mavlonovlar tomonidan berilgan ijobiy taqrizga ega ekanligini aytdi.
    Monografiyaga bo‘lgan ehtiyojning zarurligi tufayli, ilmiy seminarda ko‘rib chiqish zarur ekanligi to‘g‘risidagi fikrni bildirdi.
    Shuning uchun kafedraning qarorini qo‘llab-quvvatlash fikrini bildiraman.
    SO‘ZGA CHIQDILAR: Proffesor v.b. E.Do‘stqobilov, katta o‘qituvchi M.T.Raxmonqulov va M.T.Qarshiyevlarlar so‘z olib mualliflarning «Mahalliy avtomobil benzini tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning miqdorini Evro-5 standartlari me’yorlarigacha kamaytirish» nomli monografiyaning ilmiy mavzusi bugungi kundagi dolzarb mavzu ekanligini, Neft va gaz kimyo fanining asosiy vazifalaridan birini bajarishga qaratilganligi va ushbu monografiya ularning ilmiy izlanishlarining uzviy davomi ekanligini bildirib o‘tdi hamda yig‘ilish a’zolaridan uni chop etishga ruxsat olish uchun fakultet ilmiy kengashidan so‘rashni tasdiqlab ovoz berishlarini so‘radi.
    Yig‘ilish a’zolari mualliflar tomonidan tayyorlagan monografiyasini chop etish uchun fakultet ilmiy kengashidan so‘rashni bir ovozdan ma’qullashdi.
    Taklif bir ovozdan ma’qullandi.


    QAROR QILINDI:


    1. M.J.Maxmudov, F.I.Murtazayev, Sh.A.Rizayev, B.O.Jumaboyevlar tomonidan tayyorlangan "Mahalliy avtomobil benzini tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning miqdorini Evro-5 standartlari me’yorlarigacha kamaytirish" nomli monografiya ko‘p nusxada chop ettirish va ruxsat berish Institut Kengashi tomonidan ko‘rib chiqishga tavsiya qilinsin.
    2. Fakultet Ilmiy seminarining ushbu qarorini qo‘llab quvvatlash institut Kengashidan so‘ralsin.


    Rais: Sh.R.Turdiyev


    Kotib: L.N. Oripova
    Download 33 Kb.




    Download 33 Kb.