Massa o`tkazish koeffitsienti
Uzatish birliklarining balandligi
= 2,21 м
= 0,25 м
Atrof-muhit muhofazasi
Kimyo sanoati atrof-muxitni ifloslantiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Atrof-muxitni muxofaza qilish - davlat axamiyatiga ega bo'lgan eng dolzarb masalalardan biri bo'lib, u tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xayvonot va o'simlik dunyosini avaylab asrash va ularni kelgusi avlodga etkazib berishga qaratilgan masalalarni xal etishga qaratilgan chora - tadbirlar majmuasidan iborat.
XX asrning o'rtalaridan boshlab insoniyatning tabiatga salbiy ta'siri, tabiiy resurslarga, atmosfera havosi, ichimlik suvi va hosildor tuproqlarga bo'lgan ta'siri tubdan o'zgarib bormoqda. Yiliga yer qa'ridan 100 mlrd tonnaga yaqin turli jins, yoqilg’ilar ajratib olinib, atmosferaga yuz mllionlab tonna uglerod, azot, uglerod (II) oksidi va oltingugurt (IV) oksidi, 400 mln tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, gidrosferaga 600 mlrd tonnaga yaqin sanoat va maishiy chiqndilar, 10 mln. tonnaga yaqin neft mahsulotlari ajralib chiqadi. Еrga 100 mln tonnaga yaqin mineral o'g’itlar solinishi natijasida uning strukturasida keskin buzilishlar sodir bo'lmoqda.
Hozirgi vaqtda atmosfera, tuproq, suv, o'simlik va hayvonot dunyosida keskin o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Biosferaning buzilishi biogesenotik va genetik jarayonlar buzilish darajasida ta'sir etmoqda. Hozirga kelib biosferaning buzilishi shu darajaga etdiki, metabolizmning tabiiy jarayonlari, atmosfera va gidrosferaning serholis qobiliyati insoniyatning faoliyatiga ko'rsatilayotgan zararni to'htatib qolish qobiliyatiga etarli emas.
Ekologik muvozanatning buzilishi o'simlik va hayvonot olamining qisqarib ketishiga sabab bo'lmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan rasional foydalanish sanoatining keskin rivojlanish sharoitida muhim davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masala hisoblanadi.
Xavoni ifloslantirish tabiat va sun'iy yo'l bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy yo'l bilan ifloslanishga chang bo'ronlari, vulqon faoliyati, o'rmonlardagi yong’inlar, dengiz va okeanlar sirtidan suv tomchilarini olib ketish kabilar kiradi. Atmosferada bunday sharoitda qattiq va gazsimon moddalar ajralib chiqadi.
Atmosferaning tabiiy ifloslanishi havo basseynining umumiy ifloslanishida hisobga olinadi.
Kimyo sanoati korhonalari atmosferaga nisbatan kamroq zararli moddalar chiqarsa ham, lekin ishlab chiqarish turlarining xar hil ekanligi va ularning aholi yashaydigan punktlarga yaqinligi bu chiqindilarning havfliligini kamaytirmaydi. Atmosferani eng ko'p zaharlovchilarga СО2, SО2, azot oksdlari, turli hil uglevodorodlar va changlarni kiritish mumkin. Ularning ulushiga umumiy zaharli moddalarning 85 % ni kiritish mumkin. Masalan, organik yoqilg’ilarning yonishi natijasda havodan ko'p miqdorda kislorod ajralib chiqadi, uglerod (IV) oksidi, suv bug’i, zararli azotli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ajratib chiqariladi.
Hisoblashlarga qaraganda, barcha turdagi yoqilg’ilarni yondirish uchun 1860 yili 1,3 mlrd tonna, 1960 yili 12 mlrd tonna, 2000 yilga kelib esa 57 mlrd tonna kislorod sarflandi. hozirgi vavtda 2019 yil bir yilda dunyo bo'yicha 1 mlrd tonna shartli yoqilg’i yonilib, atmosferaga 400 mln tonna qattiq moddalar (zollar, kullar, qurumlar va chang zarrachalari) chiqarib yuborilmoqda.Kimyo sanoati korhonalari tomonidan chiqarib yuborilayotgan zaharli moddalarga organik erituvchilar, aminlar, aldegidlar, xlor va uning xosilalari, azot oksidlari, ftor birikmalari, fosfor, simob, metalloroganik birikmalar va boshqalar kiradi. Juda ko'p miqdordagi zararli moddalar : kislota, ishqorlar, o'g’it va sement ishlab chiqarishda atmosferaga chiqarib yuboriladi.Keng miqyosda tehnologik jarayon va jihozlardagi tehnologik jarayonlarni takomillashtirish muрim masalalardan biri bo'lib, buning uchun hosil bo'lgan gazsimon, bug’ ko'rinishidagi moddalarni batamom tozalash masalasi eng aktual vazifalardan biri hisoblanadi.Atrof-muhitga ta'sir etuvchi ishlab chiqarishning zararini kamaytirishda asosiy mezon sifatida quyidagi sanitar - gigienik normalardan foydalanishni tavsiya etish mumkin :- ruhsat etilgan konsentrasiya qiymati. Ularning asosida ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta'sirining ilmiy-tehnikaviy normativlari (P. D.K.) ishlab chiqiladi. Mamlakatimizda yagona davlat ekspertizasi bo'lib, u ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, yangi tehnika, tehnologiya, material va moddalarni ishlab chiqishda ekologik normalarga amal qilish kerakligini nazorat qiladi. Homashyo materiallaridan foydalanishni tubdan yahshilash maqsadida mamlakatimizda har qaysi korhona, birlashmada atrof-muhitni toza saqlash uchun chiqindi va ikkilamchi homashyo materiallaridan qayta foydalanish ularni qayta ishlash masalalari qo'yiladi. Shu maqsadda chiqindilarsiz tehnologik jarayonlarni yaratish muammosi muhim ahamiyatga ega. Chiqindisiz ishlab chiqarishda optimal yopiq sistemali tehnologik siklni yaratish masalasini hal etish muammosi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Ideal holatda bunday ishlab chiqarishda oqava suvlar, zaharli chiqindilar va qattiq chiqindilar bo'lmaydi. Hozirgi zamonda chiqindisiz ishlab chiqarishni barcha zavod fabrikalarda yo’lga quyishi shartdir. Chiqindi ham boshqa turdagi ishlab chiqarish jarayonlari uchun homashyodir.
Tabiatni muhofaza qilish jarayonida vujudga kelgan muomolarni ilmiy jihatdan xal qilishda tabiat bilan jamiyatning o’zaro ta’sirini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
,, Atrof muhit’’ tushunchasi deganda insonlarning yashash muhiti va ishlab chiqarish faoliyati , ya’ni insonlarga ta’sir etuvchi tabiy iqtisodiy va salbiy faktorlar majmuosi tushuniladi. Tirik organizmlarni mavjudlik sharoitlarini va yashash muhiti bilan tirik organizmlarni o’rtasida bo’liqlikni o’rganuvchi fan ekologiya deb ataladi. (Ekologiya grekcha ,, oykos ’’ – uy, ,, logos “ fan so’laridan tashkil topgan) quyda insonlarni atrof muhit o’rtasidagi bo’g’liqlik aloqalarini ko’rib chiqamiz. Insonlarning vujudga kelishi va ularning tabiatga bo’lgan ta’siri sxemada ko’rsatilganidek turli iqtisodiy, ijtimoiy tuzimlarga borgan sari insonning ongi oshib borish jarayonida tizim mavjudodning yangi prinsipiyal shakkillari tarkib topdi.
Inson tabiatda mavjud bo’lgan tayyor oziq – ovqatlarni iste’mol qilibgina qolmay ularni tayyorlash bilan ham shugullanadi va shu jarayonda ham tabiatga ta’sir ko’rsatadi. Demak inson bilan tabiat bir – biri bilan uzviy bo’liqdir.
Tabiat butun jamiyat uchun muhim zaruriy hayot muhiti va moddiy resuruslarning yakkayu – yagona manbasi bo’lib, kishilarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondiradigan barcha boyliklar asosidir. Tabiat bilan jamiyat bir – biri bilan bo’liq holda bir butunlikni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan sari insonning tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’siri kengayib boradi. Moddalarning aylanma harakatini tezlashtiradi va jamiyatning rivojlanishida tabiy omillarga nisbatan ijtimoiy omillarning ro’li yuqori bo’lishi uchun imkon yaratildi. Natijada inson mehnatdan tobora ozod bo’la borib, o’zining tabiatga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi. Atrof muhit ifloslanishining quydagi turlari mavjud. Radiaktiv ifloslanish. Ifloslanishning bu turi muhitdan radiaktiv birikmalar miqdorining tabiiy darajalari bilan bo’liq. Bu birikmalar ifloslanishning manbalari, radiaktiv chiqindilar Atrof muhitni kuchli ifloslanishi xom ashyolarni boyitish va qayta ishlash zavodlari bilan uzviy bo’liq.
Radioksion ifloslanish. Ozuqaviy ifloslanishning bu turi ifloslantiruvchi nurlanish natijasida ro’y beradi. Ionlashtiruvchi nurlanishning ikkita turi ekologik ahamiyatga ega, Ionlantiruvchi nurlanishning organizmga ta’siri turlichadir.
FUQARO MUHOFAZASI
Fuqoro muhofazasiga oid xuquqiy va me’yoriy hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasida Fuqoro muhofazasiga oid quyidagi xuquqiy me’yoriy hujjatlar va Vazirlar mahkamasining qarorlari kuchga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 143 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligini” tashkil etish to‘g‘risidagi qarori 11 aprel 1996y.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Aholi va hududlarning tabiy hamda texnogen xususiyatli Favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” 20 avgust 1999y.
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi FNQIZ” Farg’ona viloyati Qirguli tumanida joylashgan, aholidan (1000)m uzoqlikda. Aholiga zaxarli gaz, chang etmasligi uchun yon atrofi daraxtlar bilan o‘ralgan.
Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil etish.
Fuqoro himoyasining asosiy vazifalari:
1.Aholini umumqirg‘in qurollardan saqlash.
2. Xalq xo‘jaligi korxonalarining urush sharoitida ishlash turg‘unligini oshirish.
3. Qutqaruv va tiklovchi ishlarini olib borish.
Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil qilish omillari yuqoridagilardan iborat.
Fuqoro muxofazasi tashkil etish sxemasi
FNQIZ da sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlar.
Korxona territoriyasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xavfli xodisalarga: zilzila, yong‘in, portlash, kimyoviy zaharlanishlar kiradi.
Ob’ektda chang va zaharli gazlar mavjudligi ularning miqdori saqlanish qoidalari deganda, asosan atrof muhitga kuchli ta’sir qiluvchi va odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tushuniladi. Korxonadagi avariyalar, yong‘in va portlash kabi favqulotda vaziyatlari yuzaga kelgan vaqtida sodir bo‘lgan xavf darajasini ko‘rsatadigan ikkita bildirish rejimini belgilanadi.
Yuqori tayyorgarlik rejimi
Favqulotda rejim
Bunday xollar yuzaga kelgan vaqtida xokimiyatlarga, tuzilmalarga, tibbiy xizmatga, yong‘in xavsizligi xizmatiga xabar berish kerak.
Korxonada mavjud kuchli ta’sir qiluvchi modda. Uning miqdori saqlanish tartibi.
“Dizel fraksiyalarini gidrotozalash jarayonini asosiy tavsifi va jarayonga kichik parametrlar ta’siri (bosim, xarorat, xom ashyo tezligi, vodorodning xom ashyoga nisbati, vodorodning parsial bosimi)” jarayoni past bosim va yuqori xaroratda boradi. Bu esa endotermik jarayon xisoblanadi.
Uglerod (II) oksidi – rangsiz, xidsiz nixoyatda zaxarli gaz. Ishlab chiqarish binolarida SO ning miqdori 11mg ni, xavoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan chiqayotgan tutun gazlarida xayot uchun xavfli miqdorda bo‘ladi. SHu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatilgan bo‘lishi kerak.
Favqulotda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Xammaga” ovozli signal orqali ishchi-xizmatchilarga xabar qilinadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaxarli modda va chang bilan ishlovchissexlarda ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqoro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
Nafas olish organlarini muxofazalovchi shaxsiy ximoya vositalari – gazniqoblar, nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblardan va toksinlardan muhofaza qiladi.
Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:
Filtrlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH);
Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).
Nafas olish organlarning eng oddiy himoya vositalari:
Respirator;
CHangga qarshi matoli niqoblar;
Paxta dokali bog‘gich.
Teri va nafas olish a’zolarinig himoya qilish vositalari.
Filtirlovchi himoyalanish niqoblar.
Inson bir kun davomida o‘rtacha hisobida 800 gr qattiq maxsulot, 2l suv va 40 m3 xavoni iste’mol qiladi. Bajarilayotgan ishning og‘irligi va intensivligiga bog‘liq holda, bu ko‘rsatgich keng ko‘lamda o‘zgaradi.
Kam kislorodli va bir nechta zaharli moddalar saqlangan havo, zaxarlangan hisoblanadi.
Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish.
Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir.
Avariya qutqaruv ishlari quydagi vazifalarni amalga oshirish orqali olib boriladi.
FV ro‘y bergan xududlarida razьvedka ishlarini olib borish hamda xarakatlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish.
Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish.
Jabrlangan insonlarni, guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish.
Boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga quydagilar kiradi:
Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish yo‘llarini ochish hamda xavfli jismlardan tozalash.
Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni to‘xtatish, qutqaruv ishlarini o‘tkazish.
Korxonada yong‘in sodir bo‘lganda xarakatlanish quydagi tartibda amalga oshiriladi.ssexda germetiklik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong‘in chiqqanda OPD turidagi signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan ssexdagi navbatchi korxonaning yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar beriladi va ishchilarning tartibli evakuatsiyasini ta’minlashni nazorat qilinadi. YOng‘in ixavfsizligi bo‘limi etib kelguncha ishchilar o‘zlari OU 2, OU 9,OU 8 birlamchi o‘t o‘chirgichlar yordamida yong‘inni boshqa ob’ektga o‘tib ketmasligini nazorat qiladi.
YOng‘in xizmat xodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko‘rsatish xizmati ham etib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. YOng‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odamlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari bo‘lishi binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. YOng‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya yo‘llari mavjud.
“Dizel fraksiyalarini gidrotatsiyalash jarayonini asosiy tavsifi va jarayonga kichik parametrlar ta’siri (bosim, xarorat, xom ashyo tezligi, vodorodning xom ashyoga nisbati, vodorodning parsial bosimi)” jarayonida ishlatiladigan xom-ashyolar ma’lum talab asosida omborlarda saqlanadi. Quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan, yopiq, quruq joyda, xarorat 30o S dan yuqori bo‘lmagan, namlik 80% dan ko‘p bo‘lmagan joyda saqlanadi
MEHNAT MUHOFAZASI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalariga katta ahamiyat berildi. Bu borada insoniyat zararli moddalar bilan ta’sirlanishini oldini olish uchun fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Mehnat muhofazasi bu insonlarni ishlash vaqtida sog‘lig‘i, ishlash qobilyatini, xavfsizligini ta’minlovchi texnik, sanitar gigienik, uyushgan qonunlashtrilgan tadbirdir.
Mehnat muhofazasini amaliy faoliyati mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasb kasalliklarini va shkastlanishni oldini olishdan iborat.
O‘zbekistonda mehnatnt muhofaza qilish borasida bir qancha qonuniyatlar qabul qilingan. Bu qonunlar faqat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi qoidalarini nazorat qilib qolmay, balki mehnat muhofazasi qonunlari buzulmasligi uchun javobgardir.
“FNQIZ” da ”Mehnatni muhofaza qilish” borasidagi tadbirlar qabul qilingan bo‘lib, ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qo‘llanmalar, instruksiya ko‘rsatmalar, tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 2009 y 47-son 59 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2009 y 16 noyabrda 2042 soni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000 y 267- sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 2000 y 7-son 39 modda bilan tasdiqlangan.
“FNQIZ” da xodimlar xavfli va zararli ishlab chikarish omillari ularning tavsifi, yuzaga kelish ma’nbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavfli darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoning xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risida ma’lumotlar, ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilinishi bilan tasdiqlanadi.
Korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega. Ro‘yxatda, aniq te’nologk jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar xisobga olingan.
Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin, mexnat muxofazasi bo‘yicha yo‘l - yo‘riq olish va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olganlar.
FNQIZ , chiqindi tashlash bo‘yicha SN-245-71 ga asosan 1 kategoriyaga kiradi. Sanitar ximoya zonasi SNIP-2.01.03-96 ga asosan (1000) m “Dizel fraksiyalarini gidrotatsiyalash jarayonini asosiy tavsifi va jarayonga kichik parametrlar ta’siri (bosim, xarorat, xom ashyo tezligi, vodorodning xom ashyoga nisbati, vodorodning parsial bosimi)” jarayoni past bosim va yuqori xaroratda boradi. Bu esa endotermik jarayon xisoblanadi.
Uglerod (P) oksidi – rangsiz, xidsiz nixoyatda zaxarli gaz. Ishlab chiqarish binolarida SO ning miqdori 11mg, xavoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan chiqayotgan tutun gazlarda xayot uchun xavfli miqdorda bo‘ladi. SHu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatiladi.
FNQIZ shamol yo‘nalishi bo‘yicha SNIP 2.01.01.83 ga asosan joylashgan. Bunda zaxarli gaz va changlarni chiqishi xisobga olinib korxona axoli punktiga teskari qilib joylashtirilgan. Bu esa zaxarli gaz va changlarni axoli punkitiga etib kelmasligini ta’minlaydi.
Texnologik jarayon uzluksiz tarzda davom etadi. Ish ikki smenada olib boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK -3-05-98 ga asosan “Texnologik jarayonlarni tashkilashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigenik talablar” ga muvofiq tashkil qilingan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik uskunaning pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxonada SANPIN-0120-01, SANPIN 122-01 ga asosan shovqin, tebranishdan ximoya choralari ko‘rilgan. SHovqin, tebranishdan ximoyalash maqsadida, desorbsiyassexini ishlab chiqarish maydonidan tashqariga joylashtirilgan.ssex, bo‘limlarni eshik, derazalari maxsus tovush o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan.
Korxona bo‘limlarini yoritish asosan tabiiy va sun’iy ravishda amalga oshiriladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yorug‘likdan foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNIP 2-01-05.98 ga asosan qabul qilingan. Kechki smenalarda esa, sun’iy yoritishdan foydalaniladi, yoritilish uchun lyumenissent lampalardan foydalaniladi.
FNQIZssexlrini havosi mo‘‘tadillashtirilib turiladi. SHamollatash qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SanPiN -0058-96 ga asosan amalga oshiriladi. SHamollatish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish, uni to‘liq ishlaydigan holatda bo‘lishi uchun javobgarlik, mexanik zimmasiga,ssexda esassex boshlig‘i va mexanik zimmasiga yuklatilgan.
Elektr uskunalarining nosozligi yoki ularning ishlatish qoida talablariga amal qilmaslik ishchi-xizmatchilarning shkastlanishiga olib keladi. Insonlarni elektr toki ta’sirida shkastlanishidan himoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok usti qoplangan simlar, erga ulangan va neytrallovchi ximoya tizimlarilan foydalanilgan. SHuningdek, elektr uskunalarni tanlash, o‘rnatishda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalar normalariga amal qilingan.
Ishchilar va xizmatchilarni shaxsiy ximoya vostalari bilan ta’minlash.
Ta’sir etuvchi zaxarli gaz va chang bilan ishlovchissexlarda, ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqoro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlanganlar.
Nafas olish organlarini muxofazalash maqsadida shaxsiy ximoya vositalaridangazniqoblar nazarda tutilgan.
Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:
Filьtirlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH);
Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).
Nafas olish organlarining eng oddiy himoya vositalari:
Respirator;
CHangga qarshi matoli niqoblar;
Paxta dokali bog‘gich.
FNQIZda SNIP- 2.08.12.98 ga asosan ishchi-xizmatchilar uchun dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash xonasi, zararsizlantirish, yuvish-yuvinish va boshqa madaniy-sanitariya xizmatlari uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha binolar qurilgan.
Korxonada yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish SNIP-2.01.02-04 ga asosan, “YOng‘in xavfsizligi” umumiy talablariga ONTP 24/86 ga asosan “Portlash xavfi” umumiy talablariga va ushbu qoidalarga muvofiq ta’minlangan. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan modda va materiallar qo‘llanilmaydi.
Korxona binolarining yong‘in xavfsizligi ularning o‘tga chilamlilik darajasi bilan aniqlangan. SNIP 2.09.12-98 ga asosan qurilish materiallari bo‘yicha yonmaydigan, qiyin yonadigan xillari mavjud.
YOng‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odmlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. YOng‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya yo‘llari mavjud.
Barcha ishlab chiqarishssexlarida, xom ashyo va tayyor maxsulot omborxonalari ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan.
Ventilyasiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan va (SNIP 2.04.02 84., GOST 12.2.2002.89, SNiP 2.04.09.07) bo‘yicha o‘rnatilgan.
Bino va yong‘in suv ma’nbalari yo‘lkalari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘lkalar doimo bo‘sh bo‘lishi ta’minlangan, binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa uzulmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlar taxlashga ruxsat etilmaydi.
FNQIZda yong‘inga qarshi suv ta’minoti SNIP-2.04.02.86 ga asosan belgilangan. Katta miqdorda suv saqlaydigan suv havzasi mavjud.
O‘tni o‘chirish birlamchi vositalaridan xarakatlanadigan, qo‘lda ishlataligan o‘t o‘chirgichlar, gilropulьpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest yopgich, namat va boshqa yonmaydigan buyumlari mavjud.
YOng‘in haqida tez xabar berish uchun yuqori havfli hisoblangan texnologik uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, omborlarda darakchi vositalari SNIP-2.04.02-84, GOST 12.2.2002.89 ga asosan o‘rnatilgan. Bu vositalar yonayotgan manba, joyini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
FNQIZda ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi tashkil qilingan.
Yashinning er ustidagi inshoot, qurilmalarga to‘g‘ri urilishi buzilishga, yonuvchi modda va materiallarni alangalanishiga olib keladi. YAshinni ikkilamchi ta’siri, ximoyalanuvchi bino va inshootlarni metall konturiga yashin urilish vaqtida, zaryadlarni elektrostatik va elektromagnitli induksiyalanishi bilan boradi. Natijada, uchqunlanish bilan bog‘liq xavfli vaziyat vujudga keladi. SHu sababli yashinda ximoya choralari SNIP 2 .01.03 96, SNIP 2.01.02.85 ga asosan ko‘rilgan.
IQTISODIY BO’LIM
Iqtisodiy qism quyidagilardan iborat:
1.Ishlab chiqarish dasturi-loyiha bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotning yillik hajmi.
2.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxidagi to’g’ri moddiy sarflarini ochib xom-ashyo va asosiy materiallar,yordamchi materiallar,quvvatlar va yoqilg’i sarflarining hisobi.Bumahsulotlar korxonaning texnologik reglamenti yoki loyihaning moddiy balansidan olinadi.
3.Mahsulot tannarxidagi boshqa to’g’ri,yondosh sarflar,asosiy fondlarning amartizatsiyasi va qolgan shu jumladan,ustama sarflar asosida mahsulot tannarxining (1-o’lcham va yillik) hisobi-korxona ma’lumotlari asosida o’lcham mahsulot ishlab chiqarish tannarxining koagulyatsiyasi.
4.Mahsulot tannarxining asosida loyiha bo’yicha foydasi mahsulotning ulgurji bahosi,rentabelligi,erkin sotish bahosining hisobi.
5.Asosiy ko’rsatkichlar hisobi.Ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari,mahsulotning yillik hajmi (natural va qiymat ifodasi bo’yicha) 1 o’lcham va yillik mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi,foyda ko’rsatkichlari, 1 o’lcham mahsulotning erkin bahosi,1 ishchi va sex hodimining tannarxdagi ulushi.
Ishlab chiqarish dasturi – mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmi.
(Natural va qiymat ifodasi)
№
|
Mahsulot nomi
|
O’lcham
|
Bir o’lcham narxi so’m
|
Natural ifodasi
|
Qiymat ifodasi m.so’m
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
|
Dizel fraksiyasi
|
T
|
1000000
|
350000
|
350000000
|
Ushbu jadvalda loyiha bo’yicha ishlab chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot turi,uning o’lchami,natural ifodadagi va qiymati bo’yicha mahsulotning hajmi va 1 o’lcham mahsulotning sotiladigannarxi qayd etiladi.
Hisob tartibi:
5 grafada loyiha bo’yicha mahsulotning 1 yillik hajmi qayd etiladi.
6 grafada = 4 grafa x 5 grafaga.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxining kalkulyatsiyasi
Yillik ishlab chiqarish hajmi – 350000 t/y
Mahsulotning kalkulyatsion o’lchami – 1t.
№
|
Sarf moddalar
|
Sarflar qiymati
|
1 o’lcham mahsulot uchun,so’m
|
Yillik hajmi,m.so’m
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.
|
To’g’ri moddiy sarflar
|
562500
|
478125000
|
2.
a)
b)
|
Mehnatga doir to’g’ri sarflar,shu jumladan:
|
45000
|
38250000
|
Ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi
|
34200
|
29070000
|
Sug’urta ajratmalari (yagaona ijtimoiy to’lov-25%)
|
10800
|
9180000
|
3.
|
Materialga doir yondosh sarflar
|
30000
|
25500000
|
4.
|
Mehnatga doir yondosh sarflar
|
22500
|
19125000
|
5.
|
Asosiy fondlar amortizatsiyasi
|
75000
|
63750000
|
6.
|
Boshqa (shu jumladan ustama) sarflar
|
15000
|
12750000
|
|
Ishlab chiqarish tannarxi
|
750000
|
63750000
|
Davr harajatlari
|
700000
|
59500000
|
Umumiy sarflar
|
820000
|
697000000
|
Foyda
|
180000
|
153000000
|
Mahsulot rentabelligi
|
21
|
|
Korxonaning ulgurji bahosi
|
1000000
|
850000000
|
Aksiz
|
|
|
Kelishilgan (erkin-sotish) baho-20% QQS bilan
|
1200000
|
1020000000
|
Xulosa
Hozirgi texnika texnologiyalar rivojlanayotgan bir paytda yoqilg’iga bo’lgan talab ortib bormoqda. Yoqilg’i resurslaridan unumli foydalanish yoqilg’i ishlab chiqarish jarayonida isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik va xarajatlarni kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir nechta neft va gazni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Ular zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash Farg’ona neftni qayta ishlash korxonasini ratsional joylashtirishga ko’p jihatlar ta’sir ko’rsatishi keltirilgan. Ishlab chiqarish kuchlari to’g’ri joylashtirilgan holda qurilish mablag’ iqtisodiga tegishli ishlab chiqarish rentabilligini oshirishga olib keladi. Loyihalanayotgan ishlab chiqarish korxonasi shunday joylashishi kerakki, u har tomonlama qulay bo’lishi ya’ni hom-ashyo , energiya, suv resurslariga iloji borija yaqin bo’lishi kerak va mahsulotni tashib ketishda temir yo’lga yaqin bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish hozirgi kun talabi bo’lib qolmoqda. Zero, texnologik jarayonni avtomatlashtirish ishchi kuchini tejash, qurilmaning aniq ishlashi, qurilmaning xavfsizligi muhim bo’lib hisoblanadi.
Keyingi qism mehnat muxofazasi bo’limi bo’lib, ishlash chiqarish jarayonida ishchi xizmatchilarni bemalol ishlashi uchun har tomonlama qulay bo’lishi kerakligi haqida yozilgan. Jarayon to’la yoritilganlik, tebranish me’yori, shovqin me’yorida bo’lishi va biz loyiha qilayotgan jarayon dizel yoqilg’isi bilan bog’liq bo’lgani uchun dizel bug’ining xavodagi konsentratsiyasi belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi nazarda tutilgan.
Atrof-muhitni muhofazasi. Ishlab chiqarish jarayonid atrof-muhitga chiqarilayotgan gazlar miqdori va kanalizatsiyaga tasklanayotgan chiqindilar miqdori belgilangan konsentratsiyadan oshib ketmasligi maqsaqga muvofiq.
Navbatdagi qism muhofazasi haqida bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ishchi xizmatchilar favqulodda vaziyatlarga tayyor bo’lish, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda ularga tayyor va ularga qarsgi choralr ko’rishni bilishi kerak.
|