EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.01.2024
Hajmi0,67 Mb.
#137234
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EJMTCS0619

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | SJIF = 
5.916
 
www.in-academy.uz 
Volume 3 Issue 6, June 2023 ISSN 2181-2861 
Page 87 
samaradorligi keskin ortishiga olib keladi, ishlarning natijalarini joriy qilish tezlashishiga, 
ilmiy-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning teng huquqlarini va imkoniyatlarini 
ta’minlaydigan ijobiy ijtimoiy samaralarga erishishga yordam beradi. Mana shunday tarmoq 
o‘zaro harakatlar Bulutli texnologiyalar yordamida yetarlicha samarali tarzda tashkil etiladi. 
Zamonaviy AKT o‘zining rivojlanishidagi asosiy vektor sifatida Bulutli texnologiyalardan 
foydalanish yo‘nalishida faol rivojlana borib, zamonaviy ta’lim tashkilotlariga ta’lim tizimini 
tashkil etish hamda uni texnik qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy asosiy komponentlar bilan 
to‘ldirgan holda mavjud ta’lim tizimi doirasida ta’lim jarayonlarini optimal amalga oshirish va 
qo‘llab-quvvatlash uchun integratsion hamda tashkiliy funksional imkoniyatlarning juda ko‘p 
miqdorini taklif qiladi.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta’lim jarayoniga eng zamonaviy AKT 
larni joriy qilishga ora-orada tizimsiz urinishlar fonida ta’lim faoliyatining ilgarigi formati 
endilikda ta’lim faoliyatidagi asosiy komponentlarning zaruriy darajasini samarali va sezilarli 
darajada optimal ta’minlash imkoniyatiga ega emasdir va buning oqibatida ta’lim 
oluvchilarning ta’limiy natijalari o‘sishining biroz susayishi kuzatilmoqda, chunki o‘qitish 
jarayonining asosiy maqsadi bo‘lib nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish, balki yangi bilimlarni 
egallash usullari hamda metodlarini ham o‘zlashtirish, shuningdek, AKT dan foydalanish 
asosida ta’lim oluvchilarning bilishga doir va mustaqil ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish 
kabilar hisoblanmoqda. 
An’anaviy tasavvurlarga mos holda zamonaviy axborot-kommunikatsion ta’lim muhiti 
(AKTM)da asosiy dastakli komponentlar bo‘lib kompyuter va global Internet tarmog‘i sanalib, 
ulardan ta’lim faoliyatida foydalanish pedagog-xodimlarning vaqt fondi sarflarini sezilarli 
holda qisqartirishga va ta’lim jarayonini differensiallashtirish hamda individuallashtirishga 
imkon beradi. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari faoliyatining mavjud modelida ta’lim 
faoliyatini tashkil etish elektron ta’lim resurslari (ETR) va interfaol darsliklar, ta’lim 
muassasasining 
elektron 
hujjatlarini 
shakllantirish 
tizimi, 
shuningdek, 
Bulutli 
texnologiyalarga asoslanadigan AKT ning yangi vositalari imkoniyatlaridan to‘liq 
foydalanishning yuzaga chiqarilishini ko‘zda tutmaydi. 
Metodik nuqtai-nazardan Bulutli texnologiyalar bilan ishlash va ularni ta’lim jarayonida, 
xususan, Biologiya o‘qitish metodikasi fanidan talabalarning mustaqil ta’limi jarayoida 
qo‘llash uchun o‘qitishning yangi metodlarini ishlab chiqish va joriy qilishning o‘z vaqtidaligi 
haqidagi masala yuzaga keladi. Bundan tashqari, ta’lim oluvchilarning Bulutli 
texnologiyalardan foydalanish bilan o‘quv faoliyatini va mustaqil ta’limini tashkil etishning 
eng samarali shart-sharoitlari va shakllarini aniqlash, hamda Bulutli texnologiyalar asosida 
Internet tarmog‘idagi zamonaviy va istiqbolli o‘qitish servislarini tanlab olish ham zarurdir.
O‘quv jarayoniga AKT ni joriy qilish muammolari M.M. Abdurazzoqov, V.P. Bespalko, A.G. 
Geyn, S.G. Grigorev, V.V. Grinshkun, A.A. Kuznesov, I.V. Robert, T.K. Selevko, O.I. Shilova va 
boshqalarning ishlarida keng yoritib o‘tilgandir.
Ta’limni axborotlarshtirish sohasidagi yetakchi olimlarning (M.M. Abdurazzoqov, A.A. 
Andreev, S.A. Beshenkov, Y.A. Vagramenko, I.E. Vostroknutov, S.G. Grigorev, A.R. Yesayan, S.D. 
Karakozov, A.A. Kuznesov, K.K. Kolin, M.P. Lapchik, Z.F. Mazur, V.M. Monaxov, I.V. Robert, N.I. 
Rijova va boshqalar) ishlarida mutaxassislarni o‘qitishda ta’lim sohasini axborot va 



Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish