-rasm. bio-cloud.uz bulutli-ta’lim muhitining bosh oynasi




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.01.2024
Hajmi0,67 Mb.
#137234
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EJMTCS0619

1 -rasm. bio-cloud.uz bulutli-ta’lim muhitining bosh oynasi 


EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | SJIF = 
5.916
 
www.in-academy.uz 
Volume 3 Issue 6, June 2023 ISSN 2181-2861 
Page 90 
Tadqiqot doirasida yaratilgan bulutli-ta’lim muhiti ochiq foydalanishga mo‘ljallangan 
bo‘lib, bunda ta’lim oluvchi xoxlagan joyda va vaqtda mustaqil ta’lim olishga va o‘zini-o‘zi 
mustaqil ravishda baholab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu muhitning bunday 
imkoniyatlari kechki va sirtdan hamda mustaqil ta’lim oluvchi talabalar uchun zamonaviy 
o‘quv vosita sifatida xizmat qiladi. Mazkur bulutli-ta’lim muhitining tarkibiy tuzilmasining 
ko‘rinishi quyidagi rasmda keltirilgan. 
Biologiyani o’qitish metodikasi fanidan yaratilgan ushbu bulutli-ta’lim muhiti quyidagi 
didaktik vazifalarni bajaradi:
1. Talabalarning biologiyani o’qitish metodikasi fanidan individual ta’lim olishiga muayyan 
darajada xizmat qiladi; 
2. Biologiyani o’qitish metodikasi fanidan auditoriya mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan o‘quv 
ma’lumotlarni individual takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi; 
3. Biologiyani o’qitish metodikasi faniga oid laboratoriya ishlarini mustaqil ravishda bajarish 
imkoniyatini beradi; 
4. Biologiyani o’qitish metodikasi fanidan tahsil oluvchi talabalarning o‘zini-o‘zi mustaqil 
ravishda baholab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. 
Mazkur bulutli-ta’lim muhiti o‘zida turli didaktik elektron ta’lim resurslarini 
mujassamlagan bo‘lib, ular biologiyani o’qitish metodikasi fanidan talabalarning fanga 
bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini oshirishda, tasavvurini shakllantirishda hamda 
kompetentligini rivojlantirishda muhim pedagogik dasturiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu elektron ta’lim resurslari tadqiqot doirasida yaratilgan bulutli-ta’lim muhitining 
“Elektron ta’lim resurslar” bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, bunda video ma’ruzalar, video 
roliklar, taqdimotlar, animatsiyali roliklar mujassamlashgan. 
Bugungi biologiya ta’limini samarali tashkil etishda va talabalarning zamon talabiga 
mos qilib tayyorlashda laboratoriya ishlarini olib borish va ularning tashkil etishga oid yuqori 
darajada malakaga ega bo‘lish talab etiladi. Shuning uchun talabalar ni tayyorlashda 
laboratoriya ishlarini tashkil etish va bajarishga oid kompetentligini rivojlantirish dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi. 
Ushbu muammoni yechimini topish maqsadida, tadqiqotlar jarayonida biologiyani 
o’qitish metodikasi faniga oid laboratoriyalar ishlab chiqilib, tadqiqot doirasida yaratilgan 
bio-cloud.uz bulutli-ta’lim muhitining “Laboratoriya ishlanmalari” bo‘limida joylashtirilgan va 
undan bemalol foydalanish mumkin. 
Joylashtirilgan laboratoriyalardan talabalarning onlayn tartibda bajarish imkoniyatlari 
mavjud va bu bilan ular biologiyani o’qitish metodikasi fanidan haqiqiy laboratoriya ishlarini 
o‘tkazishga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. 
Mazkur bo‘limda, laboratoriyalarni bajarishga oid topshiriqlar to‘plangan. Ushbu 
topshiriqlarni o‘rganish orqali talabalar biologiyani o’qitish metodikasi fanidan laboratoriya 
mashg‘ulotlari mavzularini takrorlashga va mustaqil ravishda turli tajribalar o‘tkazishga oid 
ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 
Taklif etilayotgan axborot ta’lim muhitida “Metodik yordam” bo‘limi ham mavjud bo‘lib, 
unda biologiya o‘qituvchilari uchun metodik ishlanmalar shakllantirilgan. Shu bilan birga 
ushbu axborot ta’lim muhitida talabalarning biologiyani o’qitish metodikasi fanidan o‘zini-
o‘zi baholash uchun testlar va krossvordlar ham joylashtirilgan 



Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 -rasm. bio-cloud.uz bulutli-ta’lim muhitining bosh oynasi

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish