|
EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICALBog'liq EJMTCS0619EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL
THEORY AND COMPUTER SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
UIF =
8.3
| SJIF =
5.916
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 6, June 2023 ISSN 2181-2861
Page 88
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nazariyasi, texnologiyasi va amaliyoti bilan
ta’minlashning maqsadga yo‘naltirilgan tashkiliy jarayoni zarurligi ta’kidlab o‘tiladi.
O‘qitish jarayoniga, xususan, ta’lim oluvchilarning o‘zaro tarmoq harakatlarini tashkil
etish uchun tarmoq servislarini joriy qilish metodikasi bilan Ye.K. Gerasimova, N.Y.
Goncharova, S.V. Zenkina, A.A. Kuznesov, O.L. Mnasakanyan, M.M. Nimatulaev, G.M.
Nurmuxamedov Y.D. Patarakin, M.A. Surxaev, M.V. Fedoseeva va boshqa olimlar
shug‘ullanganlar. Biroq, ta’lim jarayonida Bulutli texnologiyalar asosida tarmoq servislaridan
foydalanish, Bulutli servislarni ulardan ta’lim oluvchilar va pedagog-xodimlarning ta’lim
faoliyatiga kelgusida joriy qilinishi uchun tanlab olish hamda Bulutli servislar bilan ishlashda
axborot xavfsizligini ta’minlash bugungi kunlarda hali to‘la yetarlicha holda yoritib
berilmagan.
ASOSIY QISM
Internet orqali onlayn ta’limni tashkillashtirish uchun bugungi kunda bir qator
texnologiyalardan foydalaniladi. Bulutli hisoblash texnologiyasi internet orqali ta’lim tizimini
tashkillashtirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bulutli texnologiya taqsimlangan
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlaridan tashkil topib, bir vaqtda juda ko‘plab
o‘quv materiallaridan tashkil topgan onlayn ma’sofaviy ta’lim tizimini tashkillashtirish, butun
ta’lim faoliyatini yagona platformada tashkillashtirish imkonini beradi.
Bulutli ta’lim xizmatlarini tashkillashtirish boshqa usullarga nisbatan quyidagi
ustunliklarga ega:
- Ulanishning qulayligi va amalga oshirilishi soddaliligi;
- Platforma narxining arzonligi va universalligi;
- Xavfsizlikning yuqoriligi;
- Ishonchliligi;
- Tizimning tarmoq platformasiga oson moslashuvchanligi;
Bulutli tizimlarni tashkillashtirishning bir qator kamchiliklari ham mavjud. Ulardan
asosiysi, doimiy tarmoq bilan ulanish turish talab etiladi.
Bulutli hisoblash tizimlarini tashkillashtirishning bir qator ustunliklari mavjud:
- abonent qurilmasida maxsus dasturiy ta’minot talab qilinmaydi, faqat internetga ulanish
talab qilinadi;
- barcha o‘quv ma’lumotlari va ta’lim tizimlari dasturiy ta’minotlari yagona platformada
joylashadi.
- Internet mavjud bo‘lgan dunyoning istalgan joyidan tizimga kirish mumkin;
- Barcha xizmatlar onlayn bo‘lib, yuklab olib foydalanish kabi muammolar yo‘q;
- Butun universitetni elektron universitetga aylantirish va uni internet orqali boshqarish
imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunda bulutli hisoblash texnologiyalari asosida ta’lim tizimini tashkillashtirish
bo‘yicha ko‘plab ishlanmalar ishlab chiqilgan.
Bulutli tarmoq platformasini tashkillashtirish uchun ko‘plab serverlar bugungi kunda
dunyo bo‘ylab tashkil etilgan. Masalan, ommalashgan bulutli tizimlarga Yandeks Disk va Disk
Google kabilar misol bo‘lishi mumkin. Ushbu bulutli serverlar orqali dunyoning istalgan
joyidan serverga ma’lumot joylash, saqlash va boshqarish mumkin.
|
| |