Lyuminessensiyaning kvant va energetik unumlari
Lyuminessensiyaning eng muhim qonuniyati qo'zg'atuvchi elektromagnit nurlar intensivligi bilan lyuminessent shu'lalanish intensivligining bog’liqligidir. Lyuminessent nur energiyasining yutilgan nur energiyasiga (Ek) nisbati lyuminessensiyaning energetik unumini:
Be=E1/Ek
Shu'lalanuvchi kvantlar sonining (N) yutilgan kvantlar (Nk) soniga nisbati lyuminessensiyaning kvant unumini:
Bkv=N1/Nk
tashkil etadi. Lyuminessensiyaning energetik va kvant unumlari yutilgan nurning qancha qismi lyuminessent energiyaga aylanganligini ko'rsatadi. Bu qiymatlar o'zaro quyidagicha bogiangan:
Be=E1/Ek=hν1N1/ hνkNk= ν1Bkv/ νk=λ1/λk
S.I.Vavilov lyuminessensiya energetik unumi bilan uni hosil qiluvchi qo'zg'atuvchi nurning to'lqin uzunliklari orasidagi bog'lanishni o'rganib, quyidagi qonunni ta'rifladi: «Yutilish spektrining qisqa to'lqinli qismi ta'siridan lyuminessensiya qo'zg'atganda, uning energetik unumi qo'zg'atuvchi nurning to'lqin uzunligiga mos ravishda o'sadi, so'ngra yutilish spektri to'lqin uzunligining o'sishiga qaramasdan, muayyan spektral oraliqda lyuminessensiya unumi o'zgarmaydi va yutilish hamda chiqarish spejjtrlarining ustma-ust tushish sohasida keskin kamayadi» Shunday qilib, spektrning muayyan sohasida lyuminessensiyaning kvant unumi to'lqin uzunligiga bogiiq emas chizma. Boshqacha qilib aytganda, lyuminessensiya molekulaning energetik pog'onalari to'plamiga bogiiq bo'lib, molekulani qo'zg'atishda aynan qaysi yorug'lik kvantlari qatnashganiga bog'liq emas. Shuning uchun ham, ko'pincha, spektrning katta energiyaga ega bo'lgan ultrabinafsha sohasi ishlatiladi. Bu tabiiyki, energiyaning yorugiikka emas, issiqlikka aylanadigan ulushini ko'paytiradi. Analitik maqsadlarda bu ahamiyatga ega emasligi uchun analizga amalda ta'sir ko'rsatmaydi. Lyuminessensiyaning kvant unumi usulning sezuvchanligini ifodalaydi. Kvant unum qancha katta bo'lsa, usulning sezuvchanligi shuncha yuqori bo'ladi.
Lyuminessensiyaning intensivligi shu'lalanuvchi zarrachalar soniga mutanosibdir:
|