C*C
jarayon ham kuzatiladi. Xemilyuminessensiyaning intensivligi xemilyuminessent reaksiyaning tezligiga (v) bog'liq:
I=hν
Bu tenglamadagi mutanosiblik koeffitsienti xemilyuminessensiyaning kvant unumini tashkil etadi:
η=N1/N0
bu yerda, No— shu'lalanuvchining umumiy molekulalari soni. r\ ning maksimal qiymati ayrim biokimyoviy reaksiyalar uchun 1 ga yaqinlashsa-da, ko'pchilik boshqa hollarda, u bir necha o'n foizdan oshmaydi. Xemilyuminessent reaksiyalarning mexanizmi juda murakkab, ularda komplekslanish, katalitik va radikal reaksiyalarning ahamiyati katta. Xemilyuminessent reaksiyalardan oksidlanish-qaytarilish, komplekslanish reaksiyalari va qo'zg'atilgan molekulalarni o'rganishda foydalaniladi. Bu usul 10-l0-10-4 g/ml miqdordagi moddalarni 5 ml eritmadan aniqlash imkonini beradi. Bu aniqligi yuqori, tezkor va sodda usuldir.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL
VA MASALALAR
1.Molekulyar spektroskopiya usullari qanday spektrlarni tekshirishga asoslangan?
2.Spektrofotometriya va fotokolorimetriya usullarining o'xshashligi va farqlari nimalarda ko'rinadi?
3.Buger-Lambert-Ber qonunining mohiyati nimadan iborat va qanday ifodalanadi?
4.Eritmalarning о 'tkazish koeffitsienti va optik zichlik nima ? Ular qanday oraliqda o'zgaradi?
5.Buger-Lambert-Ber qonunining bajarilish chegaralari nima bilan belgilanadi?
6.Molyar yutish koeffitsientining ma'nosi nimada? Unga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?
7.Elektron (UB, ko'rinadigan) spektrlar asosida struktur, funksional va miqdoriy analiz qanday amalga oshiriladi?
8.Agar tekshiriladigan modda eritmasining yutilish spektrida bir nechta maksimumlar bo'lsa, ishchi to'lqin uzunligini tanlashda qanday omillar hisobga olinishi kerak?
9.Darajalash chizmasi usuli yordamida konsentratsiya qanday aniqlanadi?
10. Lyuminessensiyaning qanday turlarini bilasiz? Ularning o'zaro o'xshashlik tomonlari va farqlari nimalardan iboratligini asoslang.
11.Fotolyuminessensiya nimaga asoslangan? Lyuminessent shu'laning hosil bo'lishini tushuntiring.
12.Lyuminessensiyaning energetik va kvant unumlari nima va ular orasida qanday bog'lanish mavjud?
13.Xemilyuminessensiyaning mohiyati nimada va qayerlarda qo'llaniladi?
14.Xemilyuminessent shu'lalanish qanday paydo bo'ladi?
15. 0,2134 g massali po'lat namunasi sulfat va nitrat kislotalarda eritildi. Eritmaning hajmi 100 ml ga yetkazildi. Shu eritmadan 25 ml olinib, unga vodorodperoksid vafosfat kislota qo'shildi. So'ngra eritmaning hajmi 50 ml ga yetkazildi va optik zichligi o'lchanganda и 0,24 ga teng bo'ldi. Shu eritmaning ikkinchi 25 ml ulushiga tarkibida 0,1932 mg titan bo'lgan eritma, vodorod peroksid va fosfat kislotalar (yetarli miqdorlarda) qo'shildi. Eritmaning hajmini 50 ml ga yetkazgandan so'ng uning optik zichligi o'lchanganda, и 0,52 ekanligi ma'lum bo 'Idi. Po 'latdagi titanning massa ulushini toping.
16. Temir (III) ni Na-EDTA ning 0,1 N eritmasi bilan pH=2,4 bo 'Iganda fotometrik titrlash natijasida quyidagilar olingan bo'lsa, eritmadagi temirni aniqlang:
Vml
|
0
|
2
|
4
|
6
|
8
|
A525
|
0,71
|
0,45
|
0,19
|
0
|
0
|
|