Il=xNl=xVkvNk
bu yerda, x - mutanosiblik koeffitsienti. Yutilgan kvantlar soni yutilgan nur intensivligiga mutanosib:
Nk=x’(I0-I)
bu yerda, x' - mutanosiblik koeffitsienti. Ushbu tenglamaga intensivlikning Buger-Lambert-Ber qonunidagi ifodasini qo'yib:
Nq=xI0(l-10-εcl)
tenglamani olish mumkin. Bu tenglamadagi qiymatni yuqoridagi Il= xVkvNk
tenglamaga qo'ysak:
Il= xxVkvI0(l-10-εcl)
hosil bo'ladi. Tegishli o'zgartishlardan keyin εcl <10-2 bo'lganda:
I=2,3xx'VJo εcl
tenglamani olish mumkin. Bu tenglamadagi barcha o'zgarmas qiymatlarni К bilan belgilasak:
Il=Kc
hosil bo'ladi. Bundan, lyuminessensiyaning kvant unumi, qo'zg'atuvchi nurning intensivligi, yutish qatlami va boshqalar doimiy bo'lganda, lyuminessensiyaning intensivligi moddaning konsentratsiyasiga mutanosib boiishi ravshan. Bu tenglama kichik konsentratsiyalar uchun haqlidir.
Lyuminessensiyaning so'nishi
Turli omillar ta'siridan modda chiqaradigan shu'laning intensivligi kamayadi. Bunday hodisaga lyuminessensiyaning so'nishi deyiladi. Eritmalar konsentratsiyalari oshganda lyuminessensiya oldin oshadi, muayyan qiymatdan so'ng to'g'ri chiziqli oshish kuzatilmaydi, katta konsentratsiyalarda esa u keskin kamayadi. Bunday hoi lyuminessensiyaning konsentratsion so'nishi deyiladi. S.I.Vavilov lyuminessensiyaning so'nishini ikki turga ajratdi. Lyuminessensiya so'nishining birinchi turiga hatto molekulalar qo'zg'atilmagan holatda bo'lganda ham uning ichki qayta guruhlanishi kiradi. Bunday holda lyuminessensiyaning so'nishi shu'lalanishning davomiyligi bilan bogiiq boimasdan, u kimyoviy reaksiyalar natijasida shu'lalanuvchi moddaning shuialanmaydigan moddaga aylanishi bilan bogiiq. Bunda yutilish va lyuminessensiya spektrlarining o'zgarishini ko'ramiz. Lyuminessensiyaning ikkinchi tur so'nishida yutilish va lyuminessensiya spektrlari o'zgarmaydi. Ikkinchi tur so'nish tashqi ta'sirlar oqibatida yangi modda hosil boiishi bilan yuzaga keladi. Ko'pchilik hollarda, lyuminessensiya so'nishining sabablari maium emas. Lyuminessensiyaning so'nishiga konsentratsiyadan tashqari, harorat, pH va boshqalar ta'sir qilishi mumkin.
|