• Mos kelishlik
  • Holat diagrammalarini о‘rganish sistema komponentlarining о‘zaro ta’sirini, kimyoviy tarkibini va fazalar mavjudlik chegaralarini aniqlashga imkon beradi




    Download 2.14 Mb.
    bet2/5
    Sana26.02.2024
    Hajmi2.14 Mb.
    #162817
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    15 FKM
    GLOSSARIY, talimda-axborot-texnologiyalari-fanining-predmeti-maqsadi-va-vazifalari (1), 2-dars.MS Word matn protsessori interfeysi, aqliy-hujum-va-keys-study-metodlari-yordamida-funksiya-hosilasi-mavzusini-o-qitish, Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, 3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur, titul, Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga, ЖК режа 2023, Startap ariza, 3498-Article Text-6447-1-10-20230808, 496-Article Text-1054-1-10-20220131 (1), mathcad-dasturida-ikki-va-uch-o-lchamli-grafik-qurish-hamda-turli-xil-masalalar-yechishda-qo-llash, portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, Aliberdiyeva M kechki ta\'lim
    Holat diagrammalarini о‘rganish sistema komponentlarining о‘zaro ta’sirini, kimyoviy tarkibini va fazalar mavjudlik chegaralarini aniqlashga imkon beradi.
    Diagrammalarni о‘rganish N.S. Kurnakovning uzluksizlik va mos kelishlik tamoyillariga (prinsiplariga) asoslangan.
    Uzluksizlik tamoyiliga asosan sistema holatini belgilovchi parametrlar (P,T,S) uzluksiz о‘zgarishida sistemaning alohida fazalar xossalari ham uzluksiz о‘zgarib boradi, bu о‘zgarish yangi faza paydo bо‘lishi yoki bor fazalardan biri yoki bir nechtasini yо‘qolishi sodir bо‘lguncha davom etadi. Bu hodisalar bо‘lishi bilan sistema xossasi о‘zgarishida sakrash kuzatiladi.
    Mos kelishlik tamoyiliga muvofik, har bir fazaga yoki fazalar majmuiga diagrammada ma’lum geometrik shakl mos keladi.
    Hozirgi kunda fizik-kimyoviy analiz kimyo va ozik-ovqat sanoatida keng qо‘llaniladi.
    Fizik kimyoviy tahlilning turlaridan biri – termik tahlildir. Bu (analiz) tahlillar asosida holat diagrammasi (eruvchanlik diagrammasi) hosil qilinadi. Oddiy kо‘rinishda olinadigan bо‘lsa, sistema sovushi yoki isishiga qarab sistema holat diagrammalari chiziladi. Quyida tajribada olingan sovush egrilari asosida holat diagrammasini hosil bо‘lishi kо‘rsatilgan:


    1. (b)



    9.2-rasm. Ikki komponentli sistemalarning suyuqlanish holat diagrammasi (termik tahlil)

    Chizmadagi 1 – 6 egrilarsovush egrilari hisoblanadi (9.2. a). Bu egrilarni olish uchun ma’lum tarkibdagi ikki komponentli aralashma yoki toza modda oldin suyuqlanguncha (tо‘la) isitiladi va keyin bir maromda sovitilib, harorat о‘zgarishi yozib boriladi. Uzluksizlik tamoyiliga binoan sistemadagi fazalar soni о‘zgarmay tursa xossa ham bir tekis о‘zgarib boradi; yangi faza paydo bо‘lishi bilan sovush egrilarida sinish paydo bо‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, toza modda bir turg‘un haroratda erib, shu haroratda qotadi (misol uchun 1 – sovush egrisi, a-b gorizontal chiziq); aralashmalar esa ma’lum haroratlar oralig‘ida (intervalida) eriydi va qotadi. Toza modda sovutilganida qotish haroratida, sovush egrisida keskin sinish (absissa о‘qiga deyarli parallel chiziq) kuzatiladi. Shularni nazarda tutib, sovush egrilaridan foydalanib holat diagrammasi (9.2. b) chiziladi.



    Download 2.14 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Holat diagrammalarini о‘rganish sistema komponentlarining о‘zaro ta’sirini, kimyoviy tarkibini va fazalar mavjudlik chegaralarini aniqlashga imkon beradi

    Download 2.14 Mb.