Madaniyatning tarixiy rivojlanishi
O’zbekiston arxeologiyasi — hozirgi O’zbekiston hududidagi arxeologik izlanish va topilmalar birlashmasi. Bugungi kunga kelib hozirgi O’zbekiston hududida tarixdan avvalgi davr va bronza va temir asrining ibtidoiy madaniyati, antik va oʻrta asrga oid koʻp sonli yodgorliklari topilgan.
Eng qadimgi odamlar hozirgi O’zbekiston hududida taxminan eopleystotsen davrida yashagan va ashyoli madaniyatiga oiddir. Eramizdan avvalgi VI asrdan soʻng, eneolit davrida O’zbekiston hududiga ommaviy ravishda odamlar koʻchib kelgan.
1960-yilda esa O’zbekistonlik arxeologlar Guruchay darasining Azix gʻorida paleontologik turar joyni topishgan. Bu yerda gʻorning madaniy plastlarning quyi gorizontlarida ibtidoiy odamlarning toshli qurollari topilgan.
1968-yilda Azix gʻoridagi izlanishlar vaqtida odamning (yosh juvon) preneandeltal — azixantopning pastki jagʻ suyaklari topilgan.
Eramizdan avvalgi 8-5 mingyilliklarda Gobustonda qoyada chizilgan erta rasmlar paydo boʻladi. Qadimgi odamlarning sehrli totemik tushunchalari, ularning diniy marosimlari, turli hayvonlarga ovlarini aks ettiruvchi Gobuston qoyalarida saqlanib qolgan rasmlar O’zbekiston hududida mezolit davridagi ibtidoiy sanʼatdan namunadir.
Eneolit davri eramizdan avvalgi VI mingyillikda boshlangan va e.a. IV mingyillikgacha davom etgan.
Misdan qurollar yasalishi boshlanadi. Lekin, toshdan yasalgan ish qurolllari koʻproq ishlatilgan. Aholi soni oshgan va odamlar yanada kengroq hududlarni egallagan. Aholi yashash joylari asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanish uchun qulay boʻlgan daryo qirgʻoqlarida boʻlgan. Madaniyatning koʻpgina xossalari neolit madaniyatidan Yaqin Sharqni tashkil topganini koʻrsatadi.
Eramizdan avvalgi IV asr oʻrtalarida O’zbekistonda (Agdamda) Leylatapa madaniyati boʻlgan. Sopol idishlarda koʻmish shu madaniyatga mansub. Leylatapa hududida uylarning zich joylashuvi Oldi Osiyo hududidagi uylarga hosdir. Ayrim rus olimlarning fikricha Leylatapa madaniyatlari Maykop madaniyati asoschilari hisoblanadi.
Eramizdan avvalgi IV-III mingyillikda tarkibiga O’zbekiston ham kirgan katta hududda joylashgan Kura-Arak madaniyati mavjud boʻlgan. Bu madaniyat rudalar qatlamining keng qoʻllanilishi va temirchilikning rivojlanishi bilan izohlanadi. Bu davrda shuningdek kulolchilik, bogʻdorchilik, rivojlangan, Messopotamiya va Kichik Kavkazda esa savdo-sotiq rivojlangan.
Bronza asri oxiri va temir asri boshlarida Mugon tekisligida va Talish togʻlarida Mugon madaniyati mavjud boʻlgan. Bu davrda asosiy faoliyat turlari chorvachilik va qishloq xoʻjaligi boʻlgan. Gʻarbiy Osiyo turidagi bronza va temir xanjarlar bu davrga hosdir.
Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi, Akmal Ikromov nomidagi Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi (bugungi kunda - Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi) — notijorat madaniy-maʼrifiy muassasa; Samarqand shahrida. 1982-yildan Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi bosh muzey.
1896-yilda Samarqand statistika qoʻmitasi muzeyi sifatida ochilgan. 1911-yildan Samarqand shahri muzeyi, 1921-yildan Samarqand viloyati muzeyi, 1927-yildan oʻlka muzeyi, 1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy davlat muzeyi, 1937-yildan Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi. 1945-yildan Oʻzbek xalqi madaniyati respublika muzeyi, 1955-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi respublika muzeyi; 1968-yil A.Ikromov nomi berilgan; 1969-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi nomda. 1978-yildan Registon maydonida muzey uchun maxsus qurilgan binoda (meʼmori M.S.Bulatov); umumiy maydoni 10 ming kv.m. ekspozitsiya va koʻrgazma zallari maydoni 5 ming kv.m.
2009-yildan muzey Samarqand shahri Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 148-uyda faoliyatini olib bormoqda.
Ayni paytda muzeyda tarix va etnografiya, san’at boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, muzey binosida Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasining maʼmuriyati va fondi ham joylashgan.
Ekspozitsiya
Muzey ekspozitsiyasining asosiy manbasi bevosita „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh fondi hisoblanadi. Shuningdek, koʻchma koʻrgazmalar zalida boshqa muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan koʻrgazmalar tashkil qilinadi.
Samarqanddagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi yeng yirik muzey boʻlib, Mustaqillik ekspozitsiyasi, Oʻzbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida, Oʻzbekistonda temirchilik tarixi va metallga badiiy shlov berish sanʼati, Markaziy osiyoda yozuvni paydo boʻlishi tarixi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati durdonalari, Nafis matolar jilosi, Oʻzbekistonda anʼanaviy milliy kiyinish madaniyati, Oʻzbekiston kashtachilik sanʼati, Oʻzbekiston zargarlik sanʼati, Amir Temur maqbarasini oʻrganilish tarixidan kabi ekspozitsiyalar tashrif buyuruvchilar uchun xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Muzeyning eng qadimiy eksponatlari neolit davriga (Zarautsoy, Sarmish va boshqalar) oid qoyaga chizilgan, realistik aks ettirilgan hayvonlar rasmlarining namunalari hisoblanadi.
Oʻzbekiston janubi va Samarqand viloyati hududidan topilgan muzey eksponatlari miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillikning birinchi yarmida Baqtriya va Soʻgʻdda kulolchilik, zargarlik sanʼati nihoyatda yuqori bosqichga koʻtarilganligidan dalolat beradi. Jarqoʻton, Sopollitepa shaharchalari va Moʻminobod, Chakka qishloqlaridan topilgan marosim, xoʻjalik va hasham idishlari shular jumlasidandir.
Miloddan avvalgi VI asrda Baqtriya va Soʻgʻd hududlarida ushbu davr sanʼati mumtoz Sharq madaniyati bilan chogʻishtirilgan holda namoyon boʻladi. Bu davrda qadimiy Eron ilohiy Gopatshoh tasviri tushirilgan gemma, Afrosiyob va Pshaktepadan topilgan nafis qilib ishlangan qadahsimon idishlar, Samarqandda topilgan miloddan avvalgi VI asrga oid sak jangchisining dubulgʻasi ekspozitsiyalarda alohida oʻrin olgan.
Ellinizm davriga xos xislatlarning taʼsirini muzeyda namoyish qilinayotgan Oʻrta Osiyo antik kulolchilik mahsulotlari kolleksiyasi oʻzida namoyon etadi. Bular shakl jihatidan yunon kulolchiligiga xos boʻlgan Qoratepa, Tallibarzu, Eski Termiz, Dalvarzintepa va boshqa joylardan topilgan kulolchilik mahsulotlari — amfora, oynaxoyya, lagan, jom, tovoq va h.k.
Muzey jamlanmalarida Oʻrta Osiyo mayda plastikasi — haykalchalar, yopishtirma tasvirlardan iborat eng boy toʻplamlaridan biri hisoblanuvchi — terrakota haykalchalari majmui juda katta qimmat kasb etadi.
Samarqand muzeyi terrakotalari majmui turli milliy anʼanalar aloqalari va oʻzaro taʼsirlari manzarasini aniqlash imkonini beribgina qolmay, terrakota plastikasi Soʻgʻd maktabi xususiyatlarini ham namoyon etadi.
Muzey ekspozitsiyasida Qoratepa buddaviylik ibodatxonasidan topilgan sanʼat va hunarmandchilik ashyolari taqdim etilgan. Nilufar yaproqlari koʻrinishidagi ziyoratgohning ulkan poydevori bu ekspozitsiyada alohida oʻrin egallagan.
III—IV asrlar haykaltaroshligining ajoyib namunalari va turli tuman sopil buyumlar ekspozitsiyadan oʻrin olgan Yerqoʻrgʻon shaharchasidan topilgan ashyolarda namoyon boʻlgan.
Oʻzida turli mintaqalar sanʼati anʼanalarini biriktiruchi eftalit sanʼatining tipik qonunlaridan biri Samarqand muzeyida saqlanayotgan, IV—V asrlarda Chelakdan topilgan kumush quyma kosadir.
Muzeyda ilk oʻrta asr plastikasi hajmli haykaltaroshlik bilan yogʻoch va ganch boʻrtma tasvirlari orqali taqdim etilgan. Ularni Varaxsha, Kuyovqoʻrgʻon, Afrosiyob kabi yodgorliklardan topilgan ashyolar misolida kuzatish mumkin.
Samarqand muzeyida asosan soʻgʻd ossuariylarining katta toʻplami namoyish etilmoqda, ular toʻgʻri burchakli soʻyri shaklga ega. Soʻgʻd ossuariylari asosan V—VII asrlar bilan davrlangan va ulardagi tasvir sahnalari zoroastrizm dini shohlari va odamlari bilan bogʻliq.
Muzeyda soʻgʻd yozuvining noyob yodgorliklari ham saqlanmoqda — bular Mugʻ togʻidan topilgan, VII—VIII asrlar sanasi qoʻyilgan teridagi yozuv namunalaridir.
VIII asrning oxiri — IX asr boshidan Movoraunnahr shaharlarida sirlangan sopol idishlari paydo boʻladi va keng yoyiladi.
Muzeyda X—XII asrlarga oid, xilma-xil shakl va turli vazifalarni bajarishga moʻljallangan guldor naqshlar orasiga joylashtirilgan hayvon va parrandalar, afsonaviy sfinkslar va takalar, arslon boshli, qanotli maxluq va odam boshli qushlar tasviri bilan bezatilgan bronzadan yasalgan buyumlar namoyish etilmoqda. XII asrga oid noyob bronza quttichada „Shohnoma“dan lavhalar tasvirlangan muzey ashyosi ham namoyish etilmoqda. Muzey ekspozitsiyalarida shular bilan birgalikda bronza va kumushdan yasalgan shu davrdagi zargarlik buyumlari — bilakuzuklar, shokilalar, uzuklar, suyakdan yasalgan buyumlar — taroqlar, tugmalar, antiqa shoxmot donalari, rang-barang shisha buyumlar — koʻzachalar, idishlar, turli tuman attorlik ashyolari ham namoyish etilmoqda.
Shohizinda majmuasining Amir Burunduq maqbarasidan topilgan va muzey ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan XV asrga oid oʻgʻil bola yaktagi Oʻrta Osiyo toʻqimachiligining eng dastlabki namunalaridan biri hisoblanadi.
Muzeyning maxsus ekspozitsiyasida deyarli barcha markazlarning zargarlik sanʼati namunalari keng namoyish etilgan, ular orasida zargarlik taqinchoqlarini ommabop qilishga muvaffaq boʻlgan Buxoro ustalari, shakl jihatidan oʻziga xos va turli maqsadlarga moʻljallangan Xorazm zargarlik buyumlari, Samarqand, Toshkent, Fargʻona zargarlarining betakror sanʼat asarlari namoyish etilmoqda.
Qoʻli gul, Oʻzbekistonlik, chevarlarning badiiy toʻqimachilik buyumlari — kashtachilik, gul bosish, abr nusxali matolar, gilamlar, zardoʻzlik kiyim- kechaklari namoyon etilgan. Ekspozitsiyada nomoyish etilayotgan kashtalar asosan shoyi yoki baxmalga tikilgan. Zardoʻzlikda asosan islimiy, goh-goh handasaviy gullar tikilgan. Ipak, yarimipak abrli matolar — shoyi, atlas, beqasam, olacha va boshqa matolarning boy toʻplami muzeyda jamlangan. Ekspozitsiyada deyarli yurtimizning barcha kashtachilik markazlari: Buxoro, Nurota, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Fargʻona kashtachilik maktablari namunalari oʻrin olgan.
Muzey zallarida Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi davrida iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar madaniyat, sanʼat, ilm-fan, qishloq xoʻjaligi, qurilish va sanoat soxasida erishilgan yutuqlar hamda shu davrda yaratilgan boy madaniy ashyolar namunalari ham namoyish etilmoqda.
XULOSA
Hulosa qilib aytganda avvalo xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g‘oya har qanday yot g‘oyalarning ta’siriga berilib qolmaslikni ta’minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish kо‘nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrab-avaylashga undaydi. Shu nuqtai nazardan, yoshlar bilan bog‘liq muammolarni hal etishda milliy qadriyatlardan, ilg‘or taraqqiyotga xizmat qiluvchi diniy qadriyatlardan foydalanish, ularni zamonaviy demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, yosh avlodni har omonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash masalasiga bugun yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Ayni paytda yoshlarni ma’naviy himoyalash tizimining mexanizimini ishlab chiqishga ham e’tibor qaratilmoqda.
Chunki hozirgi globallashuv sharoitida, bir tomondan, milliy qadriyatga, ikkinchi tomondan, zamonaviy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy- huquqiy yangilish jarayonlarini amalga oshirish alohida dolzarb bо‘lib qolmoqda. О‘zbek xalqining ibratnomuz, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda katta ta’sir eta oladigan urf-odatlari, an’analari, rasm-rusumlari va marosimlari borki, bularni bugungi kunda oilada balalar ongiga, kundalik hayot tarziga singdirish yoshlarning ma’naviy taxdidlar ta’siriga tushib qolishining oldini olishdag muxum vazifalarimizdan biri xisoblanadi
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo’lib kelmoqda. Zero, dunyodagi zo’ravon, tajovuzkor kuchlar bugun niyatlari hamda maqsadlarini emas, balki harakat uslublarini o’zgartirdilar.
Ularning nishoni bugun millat qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqi, ma’naviyatidir. Bunday g‘arbcha «demokratiya»ni niqob qilib, yurtimizga turli yo‘llar bilan kiritilayotgan har qanday tahdidlarga ongli ravishda to‘siq qo‘yish, o‘z millatimizning buyuk o‘zanlaridan kuch olgan ma’naviy immunitetimizni hosil qilishimiz bugungi kun talabidir.Shuning uchun quyidagi jixatlarga e'tibor qaratmog'imiz lozim: – milliy qadriyatlarimizni bola ongiga singdirib borish; – yoshlarning o'z oldilariga aniq maqsad qo'yishlari, o'z istiqbolini yaratishlariga ota-ona kichik yoshdan e'tibor berishi; – ota-onalar bolalar bilan informasion manbalardan foylanayotgan vaqtda birgalikda axborotlarni taxlil etib borishga o'rgatish, shu yo'l bilan mafkuraviy immunitetni hosil qilish;
– bolalarda OAVdan, mobil telefonlardan foydalanish madaniyatini shakllantirib borish; – internetomaniyaning oldini olish; – yoshlarni bo'sh vaqtini nazorat qilish, foydali ishlarga, to'garaklarga jalb qilish; – bolalarni badiiy adabiyotlarni o'qishga o'rgatish; – OAVlardagi ko'rsatuvlar, eshittirishlar, ma'lumotlarni muntazam nazorat qilishni, saralashni yo'lga qo'yish; – internet kafe kabilarning faoliyatini chegaralash va nazorat qilish.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi butun millat oldidagi ulkan mas'uliyatli vazifa ekanligini ta'kidlab: “Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo'yishimiz hech gap emas”, deya takidlaydilar. Axborot ta'sirida yoshlar mustaqil ravishda tafakkur qilish va ularning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari ular ongida axborot olamini tartibga solish yo'llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko'nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda.
|