Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin




Download 341,5 Kb.
bet19/23
Sana21.05.2024
Hajmi341,5 Kb.
#247712
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar

Paint grafik muharriri. Paint grafik muharriri oddiy tasvirlarni yaratish, ko‘rib chiqish, tahrirlash uchun xizmat qiladi. U kichik matnlarni qo‘shib qo‘yishi va skanerdan olingan tasvirlarni tahrirlash imkoniyatini beradi. Rasm chizish va taxrirlash uchun ma’lum joyni qirqib olish, lastik, zalivka, rang tanlash, qalam, chutka, purkagich, chiziq, egri chiziq, tug‘ri burchak, ko‘p burchak, ellips uchun namunalar to‘plami bor. Masalan, chiziq asbobida har xil qalinlikdagi chiziqlar chizish imkoniyati mavjud.
Palitra paneli 28 xil rangdan iborat bo‘lib chizish va fonni buyashda foydalaniladi. Bundan tashqari “Palitraning o‘zgartiring” buyrug‘idan foydalanib 48ta rangdan bittasini tanlash hamda shaxsiy rangni chiqarish mumkin.
“Pravka” menyusida quyidagi buyruklar joylashgan: “Ochistit Rabochee pole”, “Otmenit” (oxirgi instrument bilan qilingan ishni bekor qiladi), “Vыdelenie fragmenta” (Fragment ajratish), “Kopirovanie vыdelennogo fragmenta” (ajratilgan fragmentdan nusxa ko‘chirish), “Vstavit” komandasini ishlatib ham bir necha bor ko‘chirish mumkin), “Peremeщenie vыdelennogo fragmenta” (ajratilgan fragmentni qayta joylash), “Udalenie fragmenta” (fragmenti uchirish). “Risunok” menyusi ajratilgan fragmentni rasmda qayta ishlashni va effektlar olishni ta’minlaydi. Unda rasmni qisish, kengaytirish va burish, ranglarini o‘zgartirish va masshtabni o‘zgartirishlar ta’minlangan.
Paint grafik muharririda yaratilgan rasmni boshqa fayllarga nusxa olish va ob’ektlar joriy qilish bilan bog‘liq buyruqlar orqali ko‘chirish mumkin. Boshqa amaliy programmalarga nusxalangan rasmni faqat uchirib tashlash mumkin, lekin o‘zgartirish mumkin emas. Joriy qilingan rasmni amaliy programmalar bilan ishlaganda uchirish mumkin. Boshka dokumentlar bilan aloqa o‘rnatilganda boshlang‘ich fayldan rasmni o‘zgartirish aloqa o‘rnatilgan dokumentda avtomatik yangilanish jarayoniga sabab bo‘ladi.
Paint ni ishga tushirish uchun “Glavnoe menyu” dan “Programmы” ning “Standartnыe” sidan topib ishlatamiz.
Paint ning oynasidan katta qismini chizish maydoni tashkil etadi. Undan chap tomonda - “nabor instrumentov” tugmalari joylashgan “Nabor instrumentov” ning tugmalari yordamida har xil rasm chizish va tahrirlashni ta’minlaydi.
“Parametrы” ning chap tomonida hozirgi tasvirning rangi va foni ko‘rsatilgan. Programmani ishga tushgandan keyin tasvirning rangi qora va oynaning rangi esa oq rangda o‘rnatiladi.
Paint dasturida sichqoncha ko‘rsatkichining shakli qaysi asbobdan foydalanayotganiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Paint dasturi o‘ylangan rasmni chizish imkoniyatini beruvchi bir qator asboblarga ega. Tasvir hosil qilish jarayoni quyidagi boskichlardan iborat.

    1. Oldin asbobni tanlash kerak. Buning uchun asboblar to‘plamidagi mos tugmachani ishlatish yetarli. Har bir asbob ma’lum bir turdagi ob’ektlarni hosil qilishga mo‘ljallangan, masalan, tug‘ri chiziqlarni yasash uchun “liniya” - (line) asbobidan, yoki, agar siz to‘g‘ri to‘rt burchak yasashni hoxlasangiz, “pryamougolnik”- (rectangle) dan foydalaniladi. Tugmaning qaysi maqsadda xizmat qilishi uning ustidagi tasvirdan tushunish mumkin. Agar, asbobga qaralganda, uning nimaga xizmat qilishini aniqlay olmasangiz, uning ustiga sichqonchaning ko‘rsatkichini oborilsa bunda shu zahotiyok kichkina katakchada “podskazka” chiqadi.

    2. Kerakli asbobni tanlashdan keyin chiziqning qalinligini , muyqalam shaklini yoki to‘g‘ri to‘rt burchakning turini tanlash kerak bo‘ladi. Buni asboblar to‘plamining tagida joylashgan maxsus sohada qilish mumkin.

    3. Keyin tasvir rangini tanlash kerak. Buning uchun sichqonchani palitradagi kerakli rang ustida ishlatiladi.

    4. Fonning rangini tanlash; ayrim asboblar, masalan, to‘g‘ri to‘rt burchak yoki ellips chizilayotgan shakl fonining rangi bilan to‘ldirishi mumkin. Fonning rangini tanlash uchun sichqoncha ko‘rsatigichini kerakli palitra ustiga joylashtirib “sichqoncha” ning o‘ng tugmasini bosiladi.

Paint dasturida hujjatni hujjatga kiritish yo‘llari
Paint programmasini birinchi bor saqlab qo‘yish uchun, “Fayl” menyusining “soxranit” yoki “soxranit kak” buyrug‘ini tanlanadi. Shundan so‘ng ekranda “soxranit kak” ning muloqot oynasi chiqadi. Bu oynada kengayuvchi ruyxat orqali tasvirni saqlab qo‘yish formatlaridan birini tanlash mumkin. Kerakli formatning nomida so‘ngra esa “soxranit” tugmasida sichqonchani bosiladi, tasvirni oq-qora holatda saqlab qo‘yish uchun “monoxromnыy risunok” ni tanlanadi, “16 svetnoy risunok” formati tasvirni chegaralangan ranglarda saqlab kuyish imkonini beradi
“356 svetnoy risunok” formati mumkin bo‘lgan ranglarni sezilarli kengaytiradi, lekin rasm diskda 16 xil rang formatida saqlashga qaraganda 2 marta ko‘p joy egallaydi.
16 rasmning xonalik formati surat ranglarning keng spektrida saqlash imkoniyatini beradi. Bunday suratlar diskda juda ko‘p joy oladi, lekin rang berishni yuqori sifatini ta’minlaydi.
Xatolarni tuzatish “Otmenit” va “Povtorit” buyruqlari
Agar siz keraksiz narsani chizib quygan bo‘lsangiz, yoki qandaydir noo‘rin tuzishlar kiritib quygan bo‘lsangiz, Paint dasturi bir, ikki va xattoki uch qadam orqaga qaytish imkoniyatini beradi.
Oxirgi ishni bekor qilish uchun “Pravka” menyusidan “Otmenit” buyrug‘ini tanlanadi. Agar shungacha bo‘lgan operatsiyani bekor qilish lozim bo‘lsa, “otmenit” buyrug‘idan ikki marta foydalaning. Uchinchi ishni bekor qilishda ham shunga amal qilish kerak.
“Povtorit” buyrug‘i. Paint dasturida “Pravka” menyusidan “Povtorit” buyrug‘ini tanlab “Otmenit” buyrug‘i bajarilishi natijasini ham qaytarib quyishi mumkin.
Yangi rasm uchun sozlash. Yangi rasm ustida ish boshlashni oldidan rejalashtirmay shunchaki boshlash mumkin. Yangi tasvirni yaratishga kirisha turib quyidagi hollarni nazarda tutish kerak:
fon rangi, surat qanday fonda joylashi kerak bo‘lgan jilva;
rasm o‘lchamlari;
rasm qanday bo‘lishi kerak - ranglimi yoki rangsiz.
Rasmni o‘lchami va shakli. Suratni o‘lchamini yaratish uchun “risunok” menyusidan “atributы” buyrug‘ini tanlang. Ekranda muloqot darchasi hosil bo‘ladi. Rasmni kengligi va balandligini sizni ko‘prok qoniqtiradigan birliklarda ko‘rsating.
Rangli yoki oq-qora rasm. Rasm parametrlarini atributlar muloqot oynasida sozlanayotgan rasm oq-qora yoki rangli bo‘lishligi ko‘rsatiladi. Paint grafik muharriri rasmning ishchi maydondan ham kattaroq qismini ko‘rish imkoniyatini beradi. Buning 3 ta yuli bor:
1.“Prosmotret risunok” buyrug‘idan foydalanish. “Vid” menyusidagi bu buyruq ekrandan darchaning barcha detallarini vaqtincha olib tashlaydi, natijada rasmni mumkin bo‘lgan darajada ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Agar rasm ekrandan kichik bo‘lsa, tasvir markazga mo‘ljallaniladi, agar u ekranga to‘laligacha sig‘masa Paint uni shunday joylashtiradiki, rasm ekranning yuqorigi chap burchagidan to‘g‘ri keladi.
2. Asboblar to‘plami, palitra va holat satrini ekrandan olib tashlash. Tasvir uchun iloji boricha ko‘proq joy ajratish uchun, shu bilan birga uni tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, “Vid” menyusining asboblar to‘plami. “Palitra” va holat satri buyruqlaridan foydalaning. Asboblar to‘plamini olib tashlash rasm chizish sohasini darchaning chap burchagigacha, palitrani holat satrigacha, chiziladigan joyni darchaning ostki chegarasigacha kengaytiradi.
3. Darcha chegarasida aylantirish polosasi yordamida tasvirni surib ko‘rish. Tasvir ekranga sig‘may qolganda, Paint dasturi ekranga surib ko‘rish polosasini chiqarib, uning yordamida katta rasmning istalgan joyini ko‘rib chikish mumkin. Asboblarni tanlash uchun asboblar panelida uning tugmasiga shiqillatish kifoya. Paint sizning ixtiyoringizga 16ta asbob taqdim kiladi. Ixtiyoriy sohani ajratish, lastik va masshtab asboblari tasvirni tahrirlash vositalari, boshqa barcha asboblar rasm solish asboblaridir.
4. Paint dasturi taxrirlash vositalariga ega bo‘lib, ular yordamida tasvirning ayrim qismlarini o‘chirish, hamda rasm qismlarini ko‘rib chiqish va tahrirlash uchun tanlash mumkin. Ajratish va ixtiyoriy qismini ajratish asboblari rasm qismlarini ajratish imkoniyatini beradi.
Rasm bo‘lagi tanlagandan so‘ng, uni ustida quyidagi operatsiyalarni bajarish mumkin:

  1. almashuv buferiga kesib olish;

  2. almashuv buferiga nusxalash;

  3. alohida disk fayliga nusxalash;

  4. joriy rasmni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish;

  5. berilgan rasm chegarasida nusxalash;

  6. uni rasm bo‘yicha nusxalab ko‘paytirish;

  7. shakl va o‘lchamini o‘zgartirish;

  8. rasm rangini o‘zgartirish;

  9. rasm masshtabini o‘zgartirish yoki uni tuzatish;

  10. agdarish, ochish va o‘chirish.

Ko‘pchilik amallarni ob’ekt menyusining buyruklaridan foydalanib bajarish mumkin. Buning uchun ob’ektga ung tugma yordamida shiqillatish kerak.
Ranglarni tahrirlash. Kundalik masalalar uchun 28 rangli zamonaviy palitra yetarli. Ammo ijodiy ishlar qilish uchun Paintda istalgan standart rangni 48 xil bazaviy palitraning birortasi bilan almashtirish imkoniyati mavjud.
Rasmni chop qilish. Rasmni chop qilish uchun “fayl” menyusining “pechat” buyrug‘idan foydalanishi kerak. “Pechat” qismida qanday betlar chop qilinishi, nechta nusxa olinishi ko‘rsatilib, OK tugmasiga sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
Quyida PAINT dasturi oynasini va asboblar paneli va menyusi tarkibini keltiramiz.


Download 341,5 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 341,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin

Download 341,5 Kb.