• Kompyuter grafikasi va web dizayn fanidan KURS ISHI Mavzu: Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar. Himoyaga tavsiya etilsin
  • Ilmiy rahbar
  • KIRISH
  • Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin




    Download 341,5 Kb.
    bet1/23
    Sana21.05.2024
    Hajmi341,5 Kb.
    #247712
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    Matematika va Informatika fakulteti
    Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi


    Himoyaga tavsiya etilsin
    Matematika va Informatika
    fakulteti dekani
    _____________U. Berdiyev
    “ ____”_____2024 yil


    Kompyuter grafikasi va web dizayn fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar.

    Himoyaga tavsiya etilsin:
    Informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri _________ p.f.f.d. PhD S.Sattorov
    “___” _______2024- yil
    Ilmiy rahbar: __________________________________
    “___” _______2024- yil
    w
    Talaba MI 401 guruh talabasi Mustafoyeva Jasmina

    Termiz-2024 yil


    MUNDARIJA:


    I BOB. KOMPYUTER GRAFIKASINING TURLARI. 6
    1.1 Kompyuter grafikasining turlari. 6
    1.2 Kompyuter grafikasining texnik – dasturiy va informatsion asoslari hamda uning turkumlari 13
    II BOB. RASTRLI GRAFIKA, VEKTORLI GRAFIKA, MICROSOFT WINDOWS MUHITIDA KOMPYUTER GRAFIKASI. 21
    2.1 Kompyuter grafikasi zamonaviy asoslari 21
    2.2 Rang tushunchasi. Rangni boshqarish sistemalari. 27

    KIRISH:


    Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Yukori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim muassalarining moddiy–texnika va axborot bazasini mustaxkamlash, yuqori sifatli o‘kuv adabiyotlar, darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog‘liqdir.
    Keyingi yillarda Respublikamizda kompyuter va informatsion texnologiyalarini rivojlantirish borasida bir necha chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan respublikamiz maktablari, o‘quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Biroq davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir adabiyotlar yetarli emas. Bu muammo, mavjud kompyuterlardan samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuni nazarda tutib, kompyuter grafikasi bilan ish boshlovchilar uchun yetarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ushbu qo‘llanma foydalanuvchilar ehtiyojini ma’lum darajada qondiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o‘rganishni boshlagan foydalanuvchilar EHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o‘z bilimlarini mustaqil chuqirlashtira olmaydilar.
    Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to‘g‘risidagi fan sifati qaralishi mumkin.
    Kompyuter tasvirlariga bo‘lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tashkil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
    Kompyuter grafikasi dastlab kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoillari sifatida mustaqil yo‘nalish bo‘lib paydo bo‘lgan. Bu yo‘nalish vektorli grafikani rivojlantirishga xizmat qildi. Keyinchalik uch uljovli (3D) grafika yo‘nalishi paydo bo‘ldi.
    Hozirgi kunda kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoillarini ishlab chiqishga bag‘ishlanadi.
    Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko‘rsatgichlarni tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin.
    Kompyuter grafikasi informatika sohasida o‘rganiladigan ko‘pgina fanlar o‘quv rejalarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrda kompyuter grafikasi quyidagi:

    • Informatika, informatsion texnologiyalar

    • Informatika va dasturlash

    • Iqtisodiyotda informatsion texnologiyalar va tizimlar

    • Interaktiv dizayn

    • Kompyuter tarmoqlari

    • Internet asoslari va E–mail (elektron pochta) va boshqa kurslarning predmeti va tarkibiy qismi hisoblanadi.

    Berilgan ma’lumotlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatish va taqdimot (prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta ishlashda, yangi murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter grafikasi keng qo‘llaniladi.
    Kompyuter grafikasi kursining vazifasi quyidagilardan iborat:

    • o‘quvchilarga hozirgi zamon kompyuter grafikasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmasini hosil qilish;

    • foydalanuvchilarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi vositalari va ularni ishlatilishini o‘zlashtirishlariga erishish;

    • kompyuter grafikasining texnologik tuzilishini va har xil taqdimot materiallarini tayyorlash namoyish etishni o‘rganish;

    • hozirgi zamon kompyuter grafikasidan o‘zining o‘quv sohasi va professional faoliyatida foydalanishni bilish;

    • kompyuter grafikasining texnikaviy vositalari va zamonaviy programmalaridan foydalanishni bilish.

    Ushbu qullanmada kompyuter grafikasining nuqtali (rastrli), ob’ektli (vektorli) va fraktal turlari haqida boshlang‘ich tushunchalar keltirilgan.

    Download 341,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 341,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin

    Download 341,5 Kb.