Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin




Download 341,5 Kb.
bet8/23
Sana21.05.2024
Hajmi341,5 Kb.
#247712
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar

Grafik formatlar
GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati – kompyuter tarmog‘idagi eng keng tarqalgangrafik format, u tarmoqda birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‘p qismi GIF formati fayllaridir (1-rasm)

1.2.1-rasm
GIF tasvirni zichlashga imkon beradi, tasvirlarni rang palitrasi 256 yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlash jarayoni sifatga ta’sir qilmaydi, ya’ni zichlashdan keyin olingan tasvir boshlang‘ich tasvir kabi bo‘ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‘lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni takidlash lozimki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar yetkazilishi mumkin.
GIF da boshlang‘ich tasvirni zichlashda faylning o‘lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralangan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgangrafik fayllarni zichlashda qo‘llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega.
GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab chiqaruvchilar Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birinchi harflari bilan nomlangan LWZ zichlash usulini qo‘llaydi.
GIF89a formati GIF87a formati standartiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, rangning tiniqligi (transparency), satrlararo yuklanish (interlased) va animatsiya kabi yangi imkoniyatlar bilan tuldirilgan.
Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo‘ysa bo‘ladigan ixtiyoriy tasvirlar yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatsiyaning qo‘llanilishi tasvirlar ketma – ketligini berilgan vaqt oralig‘ida siklik qaytarishi mumkin.

Download 341,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 341,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin

Download 341,5 Kb.