|
Kompyuter grafikasi zamonaviy asoslari
|
bet | 11/23 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 341,5 Kb. | | #247712 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar
50-yillarda katta EHM li kompyuterlarda monitorga grafika va shakllarni bera boshlangan. Shundan boshlab informatikaning maxsus bo‘limi kompyuter grafikasi fani paydo bo‘ldi. Bu fan dasturiy apparatli komplekslar yordamida tasvirlarni xosil qilish, qayta ishlash usullarini o‘rganadi. U tasvirlarning barcha ko‘rinishlari hamda ekranda hosil bo‘ladigan har xil forma (shakl)larni o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy kompyuterlarni grafikasiz tasavvur etish qiyin. U kompyuter texnologiyasining barcha sohalariga (tabobat–meditsinada kompyuter tomografiyasi), ilmiy izlanishlarga – jismlar tuzilishlarini vizuallashtirish (abstraktlashtirish), vektor maydonlari, kompyuter algebrasi va hokazolarga kirib kelgan. Kompyuter grafikasini tasvirlarini hosil qilishning usullariga qarab 3 guruhga ajratilishini ko‘rib o‘tgandik:
Nuqtali, rastrli (rostrovaya) grafika
vektorli grafika
fraktal (fraktalnaya) grafika
Zamonaviy kompyuterlarda 3 o‘lchamli (fazoviy) grafika mavjud bo‘lib, u nuqtali va vektorli grafika chatishmasiga asoslangan. Kompyuter grafikasini monitorning rangli yoki rangli emasligiga karab, oq-qora yoki rangli grafikaga ham ajratish mumkin. Shuningdek, uning funksional jihatdan ishlatilishiga qarab:
Muhandislik grafikasi; Ilmiy grafika; WEB grafika; Kompyuter bosmaxonasi; Uyinlar grafikasi kabi bo‘limlarga ajratish mumkin.
Kompyuter va tele–kino texnologiyasi natijasida yangi soha kompyuter grafikasi va animatsiyasi paydo bo‘ldi.
Kompyuter grafikasi natijasida ma’lumotlarni tasvirlashning grafikasi degan tushuncha hosil bo‘lmokda.
Fundamental fanlar - matematika, fizika, ximiya, statistika, dasturlash va boshqalar fanlar natijalarining eng ilg‘or g‘oyalariga asoslangan kompyuter grafikasi ma’lumotlarni foydalanuvchiga qulay va qiziqarli qilib yetkazishda bir instrument bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun kompyuter grafikasini yangi informatsion texnologiyalarning bir qismi deb tushunish kerak.
|
| |