Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin




Download 341,5 Kb.
bet12/23
Sana21.05.2024
Hajmi341,5 Kb.
#247712
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar

Rastrli (nuqtali) grafika.Rastrli (nuqtali) grafikada tasvirlar nuqtalardan hosil qilinadi. Shuning uchun uning asosiy tushunchasi – “ruxsat” (bir birlik uzunlikka to‘g‘ri keladigan nuqtalar soni) bo‘lib, uni quyidagi shakllari mavjud:

Original (asl)ga ruxsat 1 dyuymdagi nuqtalar bilan o‘lchanib, kompyuterga kiritilayotgan tasvir sifati shartlariga, fayl kattaligiga, raqamlashtirish (kodlashtirish, otsifrovka) usuli (tayanch shaklni hosil qilish usuli) va boshqa parametrlarga bog‘lik bo‘ladi. Tasvirlash sifatiga quyilgan talab qancha katta bo‘lsa original (asl)ga ruxsat katta bo‘ladi.
Ekran tasviriga ruxsat deganda biz monitor (ekran) da hosil bo‘ladigan tasvirning parmetrlarini tushinamiz. Tasvir nusxasini ekranda hosil qiluvchi oddiy nuqta piksel deyiladi.
Piksel kattaligi ekran tasviriga ruxsat, original (asl)ga ruxsat va ular orasidagi masshtabga bog‘liq.
Diagonali 20-21 dyuymli ekranlarga 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, 1600x1280, 1920x1200, 1920x1600 nuqtali standart ekran tasviriga ruxsat berilgan.
Ekrandan nusxa olish uchun (qog‘ozga oddiy printerda chiqarish uchun) 72 dpi, rangli yoki lazerli printerda tasvir hosil qilish uchun 150-200 dpi fotoeksponentlovchi qurilma uchun 200-300 dpi ruxsat berish kifoya.
Liniatura, dinamik diapazon. Qattiq qog‘oz hamda ekranda hosil qilinadigan rastrli tasvir nuqtalari kattaligi aslni rastrlash parametriga bog‘lik. Aslni rastrlashda chiziqlar setkasi o‘tkaziladi va hosil bo‘lgan yacheykalar rastralar elementlarini xosil qiladi. Rastr setkasi chastotasi 1 dyuymdagi chiziqlar soni bilan o‘lchanib, liniatura deb ataladi.
1 dyuymdagi chiziqlar soni =lpi. Rastr nuqtasi kattaligi har bir element uchun alohida bo‘lib, yorug‘lik toni intensivligiga bog‘liq. Intensivlik qancha katta bo‘lsa, rastra elementi zichroq to‘ldirilgan bo‘ladi, ya’ni yacheykaga absolyut qora rang tug‘ri kelsa u rastr nuqta kattaligi rastr elementi kattaligi bilan bir xil bo‘ladi. Demak, 100% tuldirilgan. Absalyut oq rangli 0% to‘ldirilgan bo‘ladi. Amalda to‘ldirish 3% dan 98% gacha bo‘lishi mumkin.
Rastr elementlari markazlari orasidagi bo‘shliklarni kamaytirish orqali bir xil rangli, masalan, qora rangni hosil qilish mumkin. Bu usulni amplitudali modulyatsiyalash deb atashadi.
Chastotali modulyatsiyalash usulida ton intensivligi yonma-yon joylashgan bir xil o‘lchamli nuqtalar orasidagi masofa o‘zgarishi bilan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, chastotali modulyatsiyalangan rastrlarda har xil intensivlik rastr yacheykalarda boshqa-boshqa sonli nuqtalar mavjud bo‘ladi. Chastotali modulyatsiya usuli optimal usul bo‘lib, tasvirlar aniqroq hosil bo‘ladi.
Staxastik rastrlar usuli deb ataluvchi rastrlashda tasvir chastotali modulyatsiyaga qaraganda aniqroq hosil bo‘ladi.
Bu usulda muayyan rastr yacheykasida talab qilinadigan tasvirni hosil qilish uchun nuqtalar soni hisoblanadi. Keyin esa yacheyka ichida shu nuqtalar oraliqlari bir xil bo‘lmagan xolda joylashtiriladi. Shuning uchun bu usulda rastr liniaturasi tushunchasi o‘z kuchini yuqotadi. Bu usul bilan ishlash uchun maxsus resurslar mavjud bo‘lishi kerak va u poligrafiyada qo‘llaniladi.
Ton intensivligi (yorug‘ligi) 256 bosqichdan iborat bo‘ladi. Yuqori bosqich inson ko‘ziga ta’sir qilsa, past bosqichda tasvir yaxshi hosil bo‘lmaydi. 256 bosqichga erishish uchun rastr yacheykasi kattaligi 256=16x16 nuqta bo‘lishi kerak.
Grafikada quyidagi bog‘lanishlar ko‘p qo‘llaniladi;
N- ton intensivligi bosqichi soni, dpi-chiqaruvchi qurilma ruxsati, lpi-rastr liniaturasi. Odatda lazerli printerlar uchun 65-100 lpi, gazetalar uchun 65-85 lpi, jurnal va kitoblar uchun 85-133 lpi, tijorat-reklamalar uchun 133-300 lpi liniatura o‘rnatiladi.

Download 341,5 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Download 341,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin

Download 341,5 Kb.