|
Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin
|
bet | 15/23 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 341,5 Kb. | | #247712 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar Beze chiziqlari. Uchinchi tartibli egri chiziqlarni berilgan hossalarga asosan chizish unchalik qiyin bo‘lmagan zerikarli ish.
Vektorli grafikada ular o‘rniga Beze chiziqlari (egriliklari) degan shakllar ko‘p ishlatiladi. Chunki Beze chiziqlari uchinchi tartibli egri chiziklarning eng sodda holidir. Beze egriliklarida 8 ta parametr qatnashadi. Beze egriliklari bir juft o‘rinma deb ataluvchi chiziqlarga asoslangan. Bu chiziqlar uziga xos richag rolini o‘ynaydi.
Vektorli va rastrli grafika orasidagi munosabat. Rastr grafikasida 2 ta kamchilik mavjud:
Ma’lumotlarning haddan tashqari ko‘p joy egallashi;
Sifat buzilishiga olib kelinuvchi masshtablashtirish;
Uning yaxshi tomoni- yuqori darajali, badiiy tasvirni hosil qilish.
Vektorli grafikada rastrli grafikadagi har ikkala kamchilik bartaraf etilgan bo‘lib, tasvirning darajasi ancha pastdaligidadir. Yuqori darajali tasvirni vektorli grafikada hosil qilish ancha qiyinchiliklarga ega.
Ancha murakkab bo‘lgan shakllar ham (minglab ob’ektlar mavjud bo‘lgan) tezkor xotirada bir necha un yoki yuz Kbaytni hosil qilishi mumkin. Masshtablashtirishda chiziklarning uzunligi o‘zgargan bilan uning qalinligi o‘zgarmay qoladi. Qalinligi chiziq xossasi sifatida mashina xotirasida joylashgan. Demak, kattalashtirganda xotira o‘zgarishsiz koladi.
Vektorli grafika kartografiya, SAPR, avtomatlashtirilgan arxitektura proektlari va boshqalarda ko‘proq ishlatiladi.
2.2 Rang tushunchasi. Rangni boshqarish sistemalari.
Kompyuter grafikasida rang malumot tushunuvchanligini oshirish uchun vositadir. Rangni inson miyada yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida xis qiladi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Ya, K - qizil, yashil, ko‘k) kombinatsiyalarining taralishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasining elementlarini yaratish va qayta ishlashda grafik ma’lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida ranglarning mos tushishini rangni boshkarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday tizimlardan biri CMS (CMS-Color Management System) dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta’minlash uchun ular shaxsiy profiliga ega bo‘lishi kerak, qaysiki qurilmalar va aniq bir rang modullarida rangning farqini ifodalaydi.
Kolibrovka. Har bar platformalar va dasturlarda bir xil ishlovchi, har xil qurilmalarda bir xil ishlovchi rangni boshqarish sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin hisoblanadi. Ilk bor colerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion sistemaga kiritdi. U Macentosh kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli xizmat qildi. Window operatsion sistemalarida Kodak firmasining Color Matchung Module nomi ostida CMS tizimlari ishlatiladi.
|
| |