Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin




Download 341,5 Kb.
bet17/23
Sana21.05.2024
Hajmi341,5 Kb.
#247712
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar

Skanerlar. Raqamli nuqtali tasvirlarni asl nusxadan olish qurilmalarga asosan skanerlar va raqamli fotokameralar kiradi. Tasvirlarni “qo‘lning o‘zidan” olish uchun maxsus grafik planshetlar qo‘llaniladi. Ularda foydalanuvchi maxsus elektron qalamlarda tasvirni chizadi.
Skanerlar tasvirni qabul qilib olishiga qarab 2 guruhga bo‘linadi. Ulardan birinchisi elektron fotoko‘paytuvchi (FEU), ikkinchisi qurilmalar bilan zaryadli aloqa qiluvchi (PZS) skanerlar. Fotoko‘paytuvchi skanerlarni barabanli ham deyiladi. Bu qurilma ichida shaffof baraban bo‘lib, unga asl nus’ha o‘rnatiladi. Keyin baraban katta tezlikda aylanadi. Skanerlovchi golovka aylanuvchi baraban o‘qigacha harakatlanib o‘zidan nur taratadi. Qaytuvchi va o‘tib ketuvchi yorug‘lik ko‘paytuvchiga tushadi. Fotoko‘paytuvchida yig‘ilgan zaryadlar (raqamli qiymat) yuqori zaryadli almashtirgich yordamida raqamli shaklga almashtiriladi. (Shunday qilib suratlar skanerlanadi). Shu turdagi skanerlarda shu xilda skanerlash amalga oshiriladi.
PZS skanerlarida esa FEU dan farqli ravishda bir qatorga tizilgan kremniy elementlaridan tashkil topgan foto qabul qiluvchi bo‘ladi. Undagi har yorug‘lik sezuvchi elementlar unga tushgan fotonlarni yig‘uvchi hisoblanadi. Skanerlash vaqtida joriy tasvirning yorqinligiga proporsional sondagi zaryadlar matritsa hosil bo‘ladi. PZS da bir qatorga tuzilgan elementlar tasvirga parallel qadamma-qadam harakatlantiriladi. PZS ning dinamik diapozoni FEU dan kichik bo‘ladi. Kompyuter grafikasida skanerning dinamik diapozoni muhim hisoblanadi.
Raqamli fotokameralar asosida PZS 2 o‘lchovli elementlardan tuzilgan matritsa yotadi. Elektron nashrlar va fotokamerani professional darajada qo‘llanmasa, matritsada 1,5 million elementlar bo‘lsa yetarli. Proffesional kameralarda esa matritsa elementlari 2 milliondan kam bo‘lmasligi kerak. Proffessional qurilmalarda esa 2,5-3 million element ishlatiladi. Ular yordamida raqamlashtirilgan tasvirlarni poligrafik nashrlarni tayyorlashda ishlatish mumkin.
Grafik planshetlar asosida 2 o‘lchovli koordinatlashtirilgan elektron tur yotadi. Undagi har bir element elektron qalamdan signal olib qurilmaga signal yuboradi. Bunday signallarga nuqta koordinatalari, qalam bosimi, chizish tezligi va boshqalar kiradi. So‘ng signallardan dasturiy almashtirish orqali olingan ma’lumotlar ekranda o‘z aksini topadi. Grafik planshet qalam, aerograf, ya’ni qalamlar orqali chizish va boshqa ko‘pchilik imkoniyatlarni beradi

Download 341,5 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Download 341,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin

Download 341,5 Kb.