|
Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin
|
bet | 13/23 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 341,5 Kb. | | #247712 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi turlari va zamonaviy grafik formatlar Dinamik diapozon. Tonli tasvir sifatini dinamik diapozon (D) degan tushuncha orqali aniqlash mumkin. Bu tushunchani optik zichlik ham deb atash mumkin.
Odatda optik muhitlar uchun (yorug‘lik o‘tkazuvchi) dinamik diapozon 0 dan 4 gacha, yorug‘likni qaytaruvchi tekislik uchun 0 dan 2 gacha bo‘ladi.
Tasvir parametrlari va fayl hajmi orasidagi bog‘lanish. Rastrli grafika bo‘yicha hosil qilinadigan tasvirlar yuqori aniqlikda va ranglar jilosidan foydalangan bo‘lishligini talab qilinadi. Ammo bunday tasvirlarni aniqligini oshiruvchi “ijozat”ning kattalashuvi fayl hajmini keskin oshishiga olib keladi. Masalan, 10x15 santimetrli fotosurat 200-300 dpi ijozatli tasvir TIFF formatda 4 mbayt hajmga ega. A4 formatli rangli surat 120-150 mbayt bo‘ladi.
Rastrli tasvirlarni masshtablashtirish. Agar maxsus choralar ko‘rilmasa rastrli tasvirlarni kattalashtirish tasvirni asl holatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Chunki rastrli grafikada tasvirni aniq sondagi nuqtalar (piksellar) hosil qiladi. Shaklni kattalashtirganda nuqtalar sonini oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli ba’zi bir buzilishlar hosil bo‘lishi mumkin. Bu xol ro‘y bermasligi uchun ma’lum sonli ijozatli aslni oldindan raqamlashtirish kerak bo‘ladi. Bu usulga uxshash boshqa usul, ya’ni ma’lum diapozonda piksellashtirish effektini kamaytiruvchi staxastik rastrlashni qo‘llash kerak bo‘ladi va nihoyat masshtablashtirishda interpolyatsiya usuli, oraliq nuqtalarni qo‘shish orqali tasvir kattaligini ko‘paytirish, keng qo‘llaniladi.
Vektorli grafika. Rastrli grafikada tasvir elementi sifatida nuqta (piksel) olinsa, vektorli grafikada ham chiziq tushunchasi mavjud, ammo unda chiziq ketma-ket joylashgan nuqtalar yig‘indisi hisoblanadi. Rastrli grafikada chiziq uzunligi qancha katta bo‘lsa undagi nuqtalar soni hamda fayl hajmi kattalashadi. Vektorli grafikada esa chiziq kattaligi (uzunligi) fayl hajmiga ta’sir etmaydi, chunki vektorli grafikada chiziq har qanday ob’ekt kabi o‘z xossasiga ega va bu xossalar kompyuter xotirasida saqlanadi. Chiziq hossalari:
formasi (to‘g‘ri, egri);
qalinligi;
rangi;
chizish shakli (uzlukli, uzluksiz) va hokazo.
Agar chiziq yopiq bo‘lsa uni to‘ldirilishi, sohani boshqa ob’ekt bilan qoplanishi (tur, karta,) hamda soha rangi kabi hossalari mavjud.
Tugun deb ataluvchi ikki nuqta orasidagi chiziq kesma bo‘ladi. Tugun ham o‘z hossasiga ega.
|
| |