|
1-mavzu. Kompyuter grafikasining roli, qo`llanilish sohalari. Asosiy tushunchalar. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 92 Kb. | | #135207 |
Bog'liq 1-nazariy
1-MAVZU. KOMPYUTER GRAFIKASINING ROLI, QO`LLANILISH SOHALARI. ASOSIY TUSHUNCHALAR.
REJA:
1. Kompyuter grafikasi haqida ma’lumotlar.
2. Kompyuter grafikasining turlari.
3. Rastrli grafika.
4. Vektorli grafika.
5. Fraktal grafika.
1. Kompyuter grafikasi haqida ma’lumotlar.
Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarining matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to‘g‘risidagi fan sifatida aniqlash mumkin.
Kompyuter tasvirlariga bo‘lgan qiziqish, ularda juda katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bu tamoyillarga ko‘ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‘ldi.
EHMlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarni quyidagi uchta guruhni ajratish mumkin:
kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko‘rgazmali namoyish etish;
harakatdagi holatlar tasavvurini (imitatsiya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o‘yinlari va boshqalar);
kino va televideniya uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar.
2. Kompyuter grafikasining turlari.
Grafik tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining uch turda – rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (ob’ektli), fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz.
Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
|
| |