• Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi.
  • -2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi




    Download 261.5 Kb.
    bet30/30
    Sana23.05.2023
    Hajmi261.5 Kb.
    #63721
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
    sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari
    2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning manaviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo‘ymoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘laqonli azosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak manaviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida etibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak manaviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Globallashuv bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu obektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.
    Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi. Global muammolarning o‘ziga xos xususiyatlari: jami insoniyat manfaati va taqdiriga tasir ko‘rsatish; iqtisodiy va ijtimoiy sohada inqirozlarga sabab bo‘luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga xavf soluvchi; echimini topishga umumsayyoraviy miqyosdagi hamkorlikni va birgalikda harakat qilishni talab qiluvchi muammolardir.
    Global muammolarning eng muhimlari quyidagilar:

    • rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish;

    • tinchlik va qurolsizlanish;

    • ekologik muammolar;

    • energetik muammolar;

    • xom ashyo muammosi;

    • gumanitar muammolar;

    • oziq -ovqat va b.qlar alohida ajralib turadi.

    Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. SHularning 75 foizi Afrikada, 1 tasi Evropada, 4tasi Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy barqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
    “Dunyoning rivojlangan Ettiligi hamda G‘arbiy Evropaning rivojlangan 24 mamlakatida dunyo aholisining 23 foizi yashaydi. Ammo shu aholi jahon ishlab chiqarilayotgan energiyaning 75 foizini, yoqilg‘ini 79 foizini, o‘rmon mahsulotlarining 95 foizini istemol qiladi. Eng qizig‘i bu ashyolarning asosiy qismi uchinchi dunyo davlatlaridan olinadi”25.
    Tinchlik va qurolsizlanish muammosi, insoniyatning shu paytgacha orttirgan harbiy salohiyati erdagi barcha tiriklikni bir necha marta yo‘q qilish imkonini beradi. SHu sababli bunday holatlarda javobgarlik va masuliyat hukumat rahbarlariga tegishlidir.
    Ekologik muammolar. Ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‘g‘risidagi jarayonlarni qamrab olgan bo‘lib, ularni shartli ravishda quyidagi qismlarga ajratish mumkin: ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof -muhitning degradatsiyalanishi; atrof- muhitning inson faoliyati chiqindilari asosida ifloslanishi; atrof- muhitning ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi.
    Energetik muammolar. 1973 yilda yuz bergan energetika inqirozining oqibatlari hozirgacha sezilmoqda. Jahon va milliy tabiiy zaxiralarning kamayib borishi, atrof -muhitning ifloslanishi, neft -gaz qazib chiqarishning globallashuvi, sanoati rivojlangan davlatlar uglevodorod xom ashyo bilan taminlanganligining pasayishi, neft va gaz narxlarining o‘sib borishi oqibatida to‘lash qobilyatiga ega yirik istemolchilarning paydo bo‘lishi energetik muammolarning kelib chiqishiga olib kelmoqda26.
    Energetika muammosi xom ashyo va uni saqlash, to‘g‘ri taqsimlash, oqilona foydalanish, resurslarni saqlash zaruratini ko‘rsatadi. CHunki buning ortidan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelib, ularni bartaraf etish yo‘li atrof -muhit bilan birgalikda hal etish lozimligi bilan belgilanadi.
    Gumanitar muammolar jiddiy masalaga aylanmoqda. Hozirgi paytda bir milliard aholi o‘ta qashshoq va ochlikda, 4,8 milliard aholi tibbiy xizmatdan mahrumligi, bir yarim milliard aholi yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli hol.
    Oziq- ovqat muammosi insonning bir kunlik normasi 2400- 2500 kkal.dan past bo‘lmasligi lozim, to‘yib ovqat emaslik holati 1800 kkal.dan tushgan paytda sezila boshlaydi. Ocharchilik esa 1000 kkal.dan kam bo‘lganda kuzatiladi. Bu jarayonlarni bartaraf etishning yagona yo‘li sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof- muhitni ifloslantiruvchi insonlar ongini, e’tiqodini, ruhiy tarbiyasini yangilash zaruriyati asnosida mavjudlikning tabiiyligini saqlab qolishdan iborat. Umid qilish mumkinki, insoniyat bu imkoniyatni topa oladi.
    Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvi; umumiy va xususiy manfaatlari. Globallashuv jarayoni kundalik hayotimiz umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni tobora ko‘proq o‘z ichiga qamrab olmoqda: birinchidan, muayyan hodisa va jarayonlarning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzasini qamrab olganini, ikkinchidan esa insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatadi. XX asrning 60 yillariga kelib, global muammolar miqyos va ahamiyatiga ko‘ra keng doirada namoyon bo‘la boshladi. Bu muammolarni o‘rganish bo‘yicha italiyalik Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti Rim klubining rolini alohida qayd etish joiz. SHu klub azolarining say harakatlari natijasida muammoni bartaraf etishning turli yo‘llari yoritildi: dastlabki ishlardan biri umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo‘yish edi. Ushbu model rivojlanishining asosiy parametrlari bo‘lgan aholi, kapital qo‘yilma, qayta tiklanmaydigan resurslar sarflanishi, atrof -muhitning ifloslanishi, istemol mollari ishlab chiqarishni etiborga olgan edi. “Dunyo- 1,2” deb nom olgan modellarning asoschisi kibernetika va matematika fanlari professori Djey Forrestor edi. Bu modelga asosan, kelajakda insoniyat oldida global muammolar yuzaga kelishi bashorat qilindi. Keyinchalik “Dunyo -3” modeli yuzaga keldi. Uning asoschisi dinamika tizimi sohasidagi mutaxasis Denis Medouz bo‘lib, “O‘sish chegarasi” nomli maruzasida 75 yildan so‘ng sayyoraning xom ashyo manbalari tugaydi, istemol mollarining etishmasligi global inqirozga olib keladi deyilgan edi. SHu narsani alohida takidlash jozki, ushbu matematik modellar tanqid ostiga olindi. Ularning asosiy kamchiligi, hozirgi kundagi jarayonlarning murakkabligi bois, ularni bitta modelga joylashtirish ishonchli natija bermaydi, hamda har qanday jarayon ham matematik miqdorlarda o‘z aksini topmaydi.


    1 Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б.

    1 Г.Хакен. Синергетика, М., 1980. 31 бет.

    2 Ўша жойда, 15-бет.

    2 Пригожин И. От сушествующего к возникающему: Время и сложность в физических науках. М. 1985. 16-17-б.

    3 Пригожин И., Стенгерс И. Время, хаос, квант. М.,1994; Haken H. Information and self-organization: a makroscopic approach to complex systems. Berlin, 2000

    1 Человек: Мыслители прошлого и настоящего о его жизни, смерти и бессмертии. XIX век/ Редкол.: И.Т. Фролов (отв. ред.) и др. - М.: Республика, 1995. - С. 511.

    2 Қаранг: Ўша манба. С. 512

    1 Хашимова И.С., Рузавин Г.И.,Иванова К.И. , Методология и методы научного познания в условиях научно-технической революции. - Тошкент: Фан, 1986. – С.79.

    4 William A.Haviland. Cultural antropologi. - Vermont: Universiti of Vermont.1999. 514 p.

    5 Садохин А.П. Этнология.Учебник. – М.: Гардарика, 2000.- С.19. Қаранг бу иқтибос қуйидаги манбадан олинди: .Аширов А.А. Замонавий ўзбек этнологияси: ютуқлар, муаммолар ва ривожланиш истиқболлари. // Марказий Осиёда анъанавий ва замонавий этномаданий жараёнлар. «Карим Шониёзов ўқишлари» туркумидан халқаро илмий анжуман материаллари. – Тошкент: 2005. 1-қисм.

    6 Sulla specificita della storia orale // Prima Maggio. Milano, Italy, 13. 1979, s54-60.

    7 On the peculiarities of oral history // History Workshop Journal. Oxford, England. #12, Spring, 1981, 96-107.

    8 Pulatova D.A., Ro‘zmatova G.M. G‘arb falsafasi tarixi. –T.:TDShI.,2013. –B.169-170.

    9 O‘sha joyda. –B.216.

    10 Сорокин П.А. Социальная и культурная динамика. М.:Астрель, 2006.

    11 Qarang: Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. –T.:O‘zbekiston milliy endiklopediyasi.Davlat ilmiy nashriyoti. 2010. –B.88.

    12 Философия. Учебник. Под ред.С.А.Лебедева. – М.:ЭКСМО. 2011. – С.411-412.

    13 Qarang: Pulatov X. Inkorni emas, ko‘proq idrokni o‘rgansak-chi...//Sizni yaxshi ko‘rar edim,odamlar. –T.:Fan.1994. –B.68.

    14 Qarang: Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. –T.:O‘zbekiston milliy endiklopediyasi.Davlat ilmiy nashriyoti. 2010. –B.298.

    15 Философия. Учебник. Под ред.С.А.Лебедева.– С.433.

    16 Умаров Б. Глобаллашув зиддиятлари. – Тошкент: Маънавият, 2006. – 8-б.

    17 Гринин Л.Е.. Глобализация и национальний суверенитет. История и современность. -М.: №1, 2005. -С. 811.

    18 Чумаков А.Н. Глобализация. Контуры целостного мира. М., Проспект.2005.С.259

    19 Богомолов Б.А Глобализация: некоторые подходы к осмыслению феномена. Вестн. Моск. Ун-та Сер. 12. Политические науки. 2004. №3.

    20 Peters, B. G., and D. J. Savoie. 1996. Governance in a Changing Envi­ ronment. Montreal & Kingston : McGill-Queen's University Press.

    21 Миллий истиқлол ғояси. Дарслик. Тузув.: И.Эргашев ва бошқ. -Т.: Академия, 2005. –Б.80.

    22 Отамуротов С. Глобаллашув ва миллат (сиёсий фалсафий таҳлил) -Т.: Янги аср авлоди, 2008. Б.11.

    23 Қаранг: Чумаков А.Н.Философия глобальнқх проблем. - М.: Знание, 1994. С.77-80.

    24 Қаранг: Бузгалин А.В. Альтерглобализм: к теории феномена// Наука. Общество.Человек. - М., 2004.

    25 Исаджанов.А.А. Жаҳон иқтисодиётининг глобаллашуви. Ўқув қўлланма. –Т.: ЖДИУ, 2008., 9б.

    26 Сергеев П.А. Проблемы мировой энергетической безопасности // Мировая экономика и международные экономические отношения.2007.№ 12. с.24.

    Download 261.5 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 261.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi

    Download 261.5 Kb.