Биламан
(дарс бошида ёзилади)
|
Билишни хоҳлайман (дарс бошида ёзилади)
|
Билиб олдим (дарс охирида ёзилади)
| | | |
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон «2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида»ги Фармони, 2016 йил 23 декабрдаги ПҚ-2694-сон «2016-2020 йиллар даврида қишлоқ хўжалигини янада ислоҳ қилиш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида», 2017 йил 7 июлдаги ПҚ-3117-сон «Қишлоқ хўжалиги машинасозлиги соҳасида илмий-техникавий базани янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорлари ҳамда мазкур фаолиятга тегишли бошқа меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларда белгиланган вазифаларни амалга оширишга муайян даражада қаратилган.
Қишлоқ хўжалиги озиқ овқат маҳсулотлари етиштирувчи асосий соҳалардан бири ҳисобланади. Дунёнинг кўпчилик давлатларида қишлоқ хўжалигини ривожлантирмасдан туриб мамлакат иқтисодиётини ривожлантириш бирмунча мураккаб ҳисобланади. Ўзбекистонни дунёнинг шундай давлатлари қаторига киритиш мумкин. Бугунги кунда Ўзбекистон республикасида ялпи ички махсулотдаги қишлоқ хўжалигининг улуши тахминан 20-25% ни ташкил этади. Қишлоқ хўжалигида агротехник тадбирларни ўз вақтида бажариш фермер хўжаликларини техника билан таъминланганлиги ёки техникалардан фойдаланиш имконияти мавжудлигига боғлиқ. Ҳозирги кунда тракторлар ва қишлоқ хўжалик машиналаридан ерни шудгор қилишдан бошлаб ҳосилни йиғиштириб олгунча бўлган механизациялашган турли технологик жараёнларни бажаришда кенг фойдаланилади.
Тракторларнинг асосий вазифаси
Трактор - ғилдиракли ва занжирли ўзиюрар машина бўлиб, қишлоқ хўжалик машиналарини кўчиб юришини таъминлаш ва унинг ишчи қисмларини харакатга келтириш учун хизмат қилади.
Тракторлар ҳалқ хўжалигининг турли соҳаларида қўлланилади. Улар қишлоқ ва ўрмон хўжалигида, ерларни ўзлаштириш ва суғориш, юкларни ташиш ва бошқа ишларида фойдаланилади.
Yerga mexanik vosita bilan ishlov berish fikri qadim zam onlarda ham aytilib kelingan. Masalan, 1836- yilda rus muhandisi V.P.Guryev yerni haydashda bug’ kuchi bilan harakatga keltiriladigan zanjirli mexanikadan foydalanish mumkinligi to‘grisida fikr bildirgan. 1878- yilda Rossiya olimi S.Mayevskiy zanjirli tortish vositasini loyihalab patent olgan. Bu loyihalarni amalga oshira olmaslikning yagona qiyinchiligi — mashinani burish muammosi bo‘lib kelgan. Nihoyat 1879- yilda malakaviy ma’lumoti bo‘lmagan F.A.Blinov yurish qismi zanjirli bo ‘lgan mexanik vositaga patent oldi va 1888- yili ushbu vositani tayyorlab, unga bug’ mashinasini o‘rnatdi. 1889-yil Rossiya traktorsozligining tashkil topgan yili hisoblanadi, chunki shu yili jahonda birinchi bor ikkita bug’ dvigateli o'rnatilgan zanjirli traktor tayyorlanib, ommaga namoyish qilingan. 1911- yil Y a.V. Mamin tomonidan quvvati 16 dan 60 ot kuchigacha (OK) bo‘lgan ichki yonuv dvigatellari (IYOD) yaratilib, «Universal» (16 OK), «Posrednik» (30 OK) va «Progress» (60 OK) gildirakli traktorlar yaratilgan (1.1- rasm)
0 ‘zbekiston hududida ishlatiladigan traktorlarni shartli ravishda 5 ta bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich (1924-1929- yillar). 1924- yilda bir silindrli, quvvati 12 ot kuchiga (OK) ega bo‘lgan dvigatel o ‘rnatilgan «Karlik» traktori (1.2- rasm) yaratilgan, undagi dvigatelda yoqilg‘i sifatida neft ishlatilgan.
1923-1924- yillarda Petrograd shahridagi «Krasniy Putiloves» zavodida «Ford» firmasining (A Q S H ) traktoriga o‘xshash «Fordzon—Putiloves» traktori ishlab chiqarilgan. (1.3- rasm).
Bu traktorda kerosin yoqilg‘isida ishlaydigan, quvvati 19 OK bo‘lgan 4 silindrli dvigatel o‘rnatilgan. 1927- yilda Rossiyada xorijiy mamlakatlardan keltirilgan beshta turli rusumli zanjirli va 22 ta turli rusumdagi g’ildirakli traktorlar sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlar natijalariga ko‘ra International (AQSH) firmasining ikki rusumli g‘ildirakli traktorlari (15/30 va 10/20) va Katerpiller firmasining (AQSH) 50/60 rusumli bitta zanjirli traktorlari tanlangan va ularni kelajakda Rossiya zavodlarida ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 1927- yilning oxirlarida Rossiyada 26000 ta g‘ildirakli va 900 ta zanjirli traktorlar mavjud bo‘lgan. Ikkinchi bosqich (1930-1941- yillar). 1930- yilda Stalingrad traktor zavodi (STZ) ishga tushirildi va STZ-1 (A Q S H ning 15/30 rusumli traktoriga o ‘xshash) g‘ildirakli traktori ishlab chiqarila boshlandi. 1931- yildan boshlab shu rusumli traktor Xarkov traktor zavodida ham ishlab chiqarilib, unga SXTZ deb nom berildi
SXTZ-NATI traktorida kerosin yoqilg‘isida ishlaydigan 4 silindrli, quvvati 52 OK bo‘lgan karburatorli dvigatel o’rnatilgan. Shuni aytish kerakki, bu traktorlarning yurish qismida qo’llanilgan balansirli osma zamonaviy zanjirli traktorlarda ham qo’llanib kelinmoqda (DT-75M, DT-175S, T-150). 1935- yilda sobiq ittifoqda birinchi quvvati 75 OK bo’lgan dizel tayyorlangan va bu dizel S-65 rusumli zanjirli traktorga o’rnatilgan. Leningrad— Kirov zavodi (avvalgi «Krasniy Putiloves») «Universal» rusumli chopiq traktori bilan birga gazogenerator moslamali o‘rmon xo‘jaligida ishlatiladigan 45 OK ga ega bo’igan zanjirli traktorlar ham ishlab chiqargan.
Harbiv bosqichda (1941— 1945- yillar) barcha zavodlar harbiy mashinalar chiqarishga moslashtirilgan. 1943- yilda Lipesk va Vladimir shaharlarida yangi zavodlar qurish to lg‘risida qaror qabul qilindi. 1944- yilda Vladimir traktor zavodidan 260 ta «U niversal-1» rusumli 0 ‘zbekistonda ishlatiladigan chopiq traktorlari ishlab chiqarilgan. To’rtinchi bosqich (1945-1949- yillar), asosan, avval ishlagan zavodlarni tiklash va traktorlarni urushdan avvalgi ishlab chiqarilgan soniga yetkazishga bag‘ishlangan. Undan tashqari zamon talablariga javob bermaydigan traktorlarni almashtirish ishlari amalga oshirilgan. Masalan, 1946- yilda CHTZ zavodida chiqarilayotgan S-65 traktori o‘rniga 90 OK ga ega bo‘lgan S-80 zanjirli traktori ishlab chiqarila boshlangan. 1949- yildan boshlab SXTZ-NATI va XTZ traktorlari o’rniga dvigatel quvvati 54 OK ga ega bo‘lgan DT -54 zanjirli traktori chiqarilgan, bu traktor 1970- yillargacha chiqarilib kelindi (1.7- rasm).
(1950-1965- yillar) — bu bosqichda, asosan, yangi va ishlab turgan zavodlarda qurilish ishlarini jadallashtirish hamda yangi rusumlarni yaratish ishlari olib borilgan. 1954- yilda Dnepropetrovsk shahrida joylashgan «Yujniy» mashinasozlik zavodida (YUMZ) universal chopiq traktorlari avval MTZ-2, keyinchalik esa MTZ-5A/5M , MTZ-5LS/5M S va YUMZ-6AKL/6AKM rusumlari chiqarilgan.
Xarkov traktor zavodida DSSH-14, keyinchalik DVSSH-16 va T-16/16M o ‘ziyurar traktor shassilari chiqarilgan. 1956- yilda Onejsk traktor zavodi ishga tushirildi va o ‘rmon ishlarini bajarishga mo'ljallangan TDT-40/40M , TDT-55 rusumli traktorlar ishlab chiqardi. 1956- yilda sobiq ittifoq ishlab chiqarilgan traktorlar soni bo'yicha jahonda 1- o'ringa chiqib oldi va bu ko'rsatkich 1987- yilgacha saqlanib qoldi. Barcha traktorlarga dizellar o'rnatilishi munosabati bilan (1956) ittifoqda dvigatel ishlab chiqaradigan zavodlar birin-ketin qurila boshlandi. Minsk motor zavodi (1962), Xarkov m otor zavodi (1962), Oltoy m otor zavodi (1966) va Volgograd motor zavodlari (1986) shular jumlasidandir. 1960- yilda O'zbekistonda VTZ bilan birgalikda paxtachilikda keng foydalanadigan T-28X3 va T-28X4 traktorlari ishlab chiqarila boshlandi. 1962- yilda Kishinyov traktor zavodida T-50V va T-54V zanjirli traktorlari, 1969- yildan esa lavlagichilikda ishlatiladigan T-54S zanjirli traktorlari tayyorlangan. 1968- yildan Qozog'istondagi Pavlodar traktor zavodi Volgograd traktor zavodining DT-75M traktorini ishlab chiqara boshladi.
QO’SHIMCHA MA’LUMOT
Birinchi avtomobil 1896- yili Rossiyaning Peterburg shahrida yaratilgan, ammo sanoat ishlab chiqarishda avtomobillarni tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha birinchi urinish Peterburg shahridagi «G.A. Lesner» zavodi tomonidan amalga oshirilgan. Salkam 6 yil davomida 100 ga yaqin yengil va yuk avtomobillari tayyorlangan ushbu zavodda 1909- yildan ishlab chiqarish to ‘xtatilgan. 1909- yilda Riga shahrida joylashgan «Russko-Baltiyskiy» vagon zavodida avtomobil ishlab chiqarish tashkillashtirilib, 1909-1915- yillarda 625 ga yaqin yengil va yuk avtomobillari tayyorlandi
1893-1895 йилларда ички ёнув двигатели нефтда ишлайдиган ўзиюрар тележкани (Кулибин, Янкеевич Блинов ва Мамин ) каби бир гуруҳ рус олимлари томонидан яратилди. Кейинчалик 1910 йилда Мамин томонидан ички ёнув двигателининг қуввати 25 от кучига тенг бўлган ғилдиракли тракторлар яратилди. 1969 йилдан бошлаб Марказий Осиёда биринчи бўлиб Тошкент трактор заводи пахтачиликка ихтисослаштирилган Т-28х4, Т-28х4М, Т-28х4МА, универсал-чопиқ тракторларини ишлаб чиқара бошлади. 1976 йилдан бошлаб Минск трактор заводи билан ҳамкорликда МТЗ-80Х уч ғилдиракли пахтачиликка мўлжалланган универсал-чопиқ тракторларини ишлаб чиқара бошлади. Сўнгги йилларда Республикамиз қишлоқ хўжалигида Американинг «Кейс» фирмаси томонидан чиқарилган «Магнум» тракторлари қўлланила бошлади. Двигатель қуввати 42…315 от кучига тенг бўлган «Кейс» фирмаси 3200, 5120, 7200 русумли тракторлари «Магнум» номи билан ишлаб чиқарилган. Тракторларга «Камминс» фирмаси ишлаб чиқарган двигателлар ўрнатилган. Бу двигателлар жуда ихчам, массаси кичик, ёнилғи сарфи камлиги билан фарқ қилади. 1976 йилдан бошлаб Минск трактор заводи билан ҳамкорликда МТЗ-80Х уч ғилдиракли пахтачиликка мўлжалланган универсал-чопиқ тракторларини ишлаб чиқара бошлади. Сўнгги йилларда Республикамиз қишлоқ хўжалигида Американинг «Кейс» фирмаси томонидан чиқарилган «Магнум» тракторлари қўлланила бошлади. Двигатель қуввати 42…315 от кучига тенг бўлган «Кейс» фирмаси 3200, 5120, 7200 русумли тракторлари «Магнум» номи билан ишлаб чиқарилган. Тракторларга «Камминс» фирмаси ишлаб чиқарган двигателлар ўрнатилган. Бу двигателлар жуда ихчам, массаси кичик, ёнилғи сарфи камлиги билан фарқ қилади.
|